116
brouzerlari, Internet Explorer va Netscape Communicatorlar uchun elementlar
Plug-In yaratildi. Bu esa, o`z navbatida Flash texnologiyasini Internetda yana ham
keng tarqalishiga olib keldi. Natijada ushbu web-brouzerlar yaratuvchilari swf
formatini o`z dasturlarini asosiy formatlar bazasiga qabul qildi. Bunday usulni
boshqa yirik dasturiy ta’minot yaratuvchilar (masalan, Adobe firmasi) ham qo`llay
boshladi. Macromedia kompaniyasi swf formatini juda oddiy va qulay uskunalar
bilan ta’minlaganligi bu formatdan ko`p muxlislarning foydalanishiga olib keldi.
Shuni aytish kerakki, hozirgi vaqtda ushbu uskunalarni bir qancha to`liq
to`plamlari ham mavjud. Ushbu uskunalarni bir turi Macromedia Director
Shockwave Studio - multimediya taqdimotlarni yaratish, Macromedia FreeHand va
Macromedia Fireworks - grafik tasvirlar muharriri, Macromedia Authorware va
Macromedia CourseBuilder - interfaol o`rgatuvchi kurslarni yaratish muharriri va
boshqalarni misol qilib olish mumkin. Web-sahifa yaratuvchilar orasida eng ko`p
ishlatiladigani bu Macromedia Flash dasturidir, chunki ushbu dastur ixtiyoriy
Web-sahifaga mashhurlik olib keluvchi banner va animatsiya, interfaol lavhalar
yaratish imkonini beardi. Balki shuning uchundir swf formatini oddiy qilib Flash
deb atalish odatga kirib kolgan. Flash texnologiyalar tarkibining elementlari: ·
vektorli grafika; · animatsiyani bir qancha usullarda ishlash; · interfeysda interfaol
elementlarini yaratish; · sinxron ovoz qo`shish; · HTML formati va boshqa
internetda foydalaniladigan barcha formatlarga o`tkazishni ta’minlash; · mustaqil
platformali; · Flash-roliklarni avto rejimda ham, Web - brouzer yordamida ham
ko`rish imkoniyati mavjud; · vizual uskunalari mavjudligi Flash-rolik
yaratuvchilarini ko`plab murakkab amallardan xalos etadi, shuningdek Flash-
texnologiyalarning texnik asnektlarni o`rganishni talab etmaydi.
Topshiriqlar:
1. Komyuterda animatsion roliklar tayyorlash dasturlari va ular bilan
ishlash?
2. Smartfonlarda animatsion roliklar tayyorlash dasturlari va ular bilan
ishlash?
Dostları ilə paylaş: