Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


-diagramma. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning davlat



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

 
3.9.1-diagramma. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning davlat 
byudjeti daromadlaridagi salmog‘i dinamikasi (foizda)
47
47
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 2003-2016 yillardagi «O‘zbekiston 
Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi 
qarorlari asosida tayyorlangan. 


199
Ushbu ko‘rsatkichlar yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning 
byudjet daromadlari tarkibida ahamiyatli ekanligidan darak beradi. 
Respublikamizda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq yer osti 
boyliklarining 53 turiga nisbatan belgilangan bo‘lsada, byudjetga soliq 
tushumi faqatgina 4-5 turdagi yer osti boyliklariga mutloq ravishda 
bog‘liq bo‘lib qolmoqda. 
So‘nggi yillarda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning 
tushumlari tarkibida oltin 43.1 foizni, tozalangan mis 38.3 foizni, neft 
4.4 foizini, tabiiy gaz va gaz kondencati 10.4 foizini, kumush 1.7 foizni 
tashkil etmoqda. 
Agarda hududlar bo‘yicha tahlil qilinganda yer qa’ridan 
foydalanganlik uchun soliq jami tushumining 38.4 foizi Toshkent 
viloyatiga, 46.3 foizi Navoiy viloyatiga, 13.2 foizi Qashqadaryo 
viloyatiga to‘g‘ri kelgani holda qolgan 2.1 foizi respublikamizning 
boshqa hududlari zimmalariga to‘g‘ri keladi. 
 
O‘zbekiston Respublikasi hududida 
konlarni aniqlash va qidirish, foydali 
qazilmalarni kavlab olish, mineral xom 
ashyodan va (yoki) texnogen mineral 
hosilalardan foydali komponentlarni ajratib 
olishni amalga oshirayotgan, shuningdek, foydali qazilmalardan foydali 
komponentlarni ajratib olgan holda ularni qayta ishlashni amalga 
oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq solish maqsadida yer 
qa’ridan foydalanuvchilardir.
Yer qa’ridan foydalanuvchilar quyidagi soliqlar va maxsus 
to‘lovlarni to‘laydilar: 

yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;

qo‘shimcha foyda solig‘i;

bonus (imzoli va tijoratbop topilma bonuslar). 
Soliq kodeksining 243-moddasiga ko‘ra, yer qa’ridan 
foydalanganlik uchun soliqni to‘lovchilar quyidagilardir: 

yer qa’ridan foydali qazilmalarni kavlab olayotgan, mineral xom 
ashyodan va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali 
komponentlarni ajratib olayotgan yer qa’ridan foydalanuvchilar;

foydali qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda 
ularni qayta ishlashni amalga oshirayotgan yer qa’ridan 
foydalanuvchilar. 
Soliqqa tortish maqsadida yer osti boyliklari deganda yer 
qobig‘ining yuqori qismini qamrab oladigan hamda foydali qazilmalarni 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin