Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


 Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

4.4. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy 
belgilangan soliq 
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim 
turlarini amalga oshiruvchi yuridik va 
jismoniy shaxslar uchun qat’iy 
belgilangan soliq O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 26-dekabrdagi «Asosiy 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va 2001-yilga bo‘lgan 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi 
500-sonli qarori va boshqa qonun hujjatlariga binoan 2001 yil 1 
yanvardan boshlab joriy etildi. 
Ushbu soliq umumdavlat soliqlari tarkibiga kirib, respublika 
byudjetining daromad manbalaridan biri hisoblanadi. Tadbirkorlik 
faoliyatining ayrim turlarini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy 
shaxslar uchun qat’iy belgilangan soliqning davlat byudjeti 
daromadlaridagi salmog‘i 2004-2006 yillarda 1.4 foizni tashkil etgan 
bo‘lsa, 2012 yilda 1.1 foiz bo‘lgan. 2017 yilgi davlat byudjeti 
parametrlari bo‘yicha ushbu soliq davlat byudjeti daromadlarining 1.9 
foizini, to‘g‘ri soliqlardagi salmog‘i esa 7.8 foizni tashkil etmoqda 
(4.4.1-diagramma). 
Qat’iy belgilangan soliq-
ning joriy etilishi va soliq 
to‘lovchilar tarkibi.


261
 
4.4.1-diagramma. Qat’iy belgilangan soliqning davlat byudjeti 
daromadlaridagi salmog‘i dinamikasi
57
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi 
3454-sonli qaroriga asosan ushbu soliqdan tushumlar mahalliy 
byudjetlarning Davlat byudjetidagi ulushini ko‘paytirish maqsadida 
to‘liq miqdorda mahalliy byudjetlar daromadiga o‘tkazilmoqda. 
Qat’iy belgilangan soliqni to‘lovchilar quyidagilardir: 
- faoliyatning ayrim turlarini tavsiflovchi fizik ko‘rsatkichlardan 
kelib chiqqan holda soliq solinadigan ayrim faoliyat turlarini amalga 
oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar; 
- yakka tartibdagi tadbirkorlar, bundan ushbu qismning ikkinchi 
xatboshisida ko‘rsatilgan tadbirkorlar mustasno. 
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida 
faoliyatni amalga oshirishda oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ish 
ko‘radigan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila 
a’zosigina qat’iy belgilangan soliqni to‘lovchi bo‘ladi. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin