Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

 


275
 
V BOB. DAVLAT BYUDJETINING SOLIQSIZ 
DAROMADLARI 
 
 
5.1. Davlat byudjeti soliqsiz daromadlarining zarurligi, 
mohiyati va turkumlanishi 
 
Davlat byudjetining soliqsiz daro-
madlari tarkibiga davlatga tegishli mulklarni 
sotishdan va xususiylashtirishdan kelgan 
daromadlar, tashqi iqtisodiy faoliyatdan 
kelgan daromadlar, xorijiy davlatlardan olingan moliyaviy yordamlar 
kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksiga muvofiq davlat 
byudjetining soliqsiz daromadlariga yuridik va jismoniy shaxslardan, 
shuningdek, chet davlatlardan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari
rezident - yuridik shaxslarga va chet davlatlarga berilgan byudjet 
ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to‘lovlar va davlatning 
moliyaviy va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga 
berilishi va sotilishidan olingan daromadlar kiritilgan. 
Rossiya Federatsiyasida yuqorida qayd etilgan uchta asosiy daromad 
turidan tashqari, Federal yo‘l jamg‘armasining mablag‘lari, markazlashgan 
ijtimoiy rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari ham byudjetning 
soliqsiz daromadlari tarkibiga kiritilgan. 
Davlatning maxsus maqsadli jamg‘armalari pul mablag‘larini soliqsiz 
daromadlar tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Buning sababi 
shundaki, birinchidan, mazkur jamg‘armalarga qilingan ajratmalar soliq 
xarakteriga ega bo‘lib, bunda soliq to‘lovchilar bilan davlat o‘rtasida tovar-
pul munosabatlari mavjud emas; ikkinchidan, maqsadli jamg‘armalarga 
qilingan ajratmalar soliqlarga xos bo‘lgan muhim xususiyatga, ya’ni 
to‘lovni amalga oshirishda subyektlar mulk shaklining o‘zgarishi 
xususiyatiga egadir. 
Soliqsiz daromadlarning ko‘pchiligi doimiy, qat’iy belgilangan 
stavkada undiriladigan xazina (byudjet) daromadlari ko‘rinishiga ega 
bo‘lmaydi. Byudjetning soliqsiz daromadlari qat’iy rejalashtirilmasligi 
kerak, lekin amaliyotda ko‘p hollarda ular, odatda ilgarigi yildagi 
tushumlar darajasida rejalashtiriladi. Soliqsiz daromadlar soliq daromadlari 
kabi O‘zbekiston Respublikasining vakillik organlari tomonidan jismoniy 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin