Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Advalor soliq – 
tovar qiymatiga nisbatan qat’iy foiz stavkasida 
o‘rnatilgan to‘lov. Inflyatsiya sharoitida o‘zining funksiyalarini 
avtomatik ravishda saqlab qoladi. Bu soliqning tarkibiga savdo 
soliqlari, imoratga nisbatan ko‘pgina poshlinalar va boshqalar 
kiritilishi mumkin. Tovarlarni (import tovarlarni ham) jismoniy va 
yuridik shaxslarning mulklarini soliqqa tortishda qo‘llaniladi. 
Asosiy ish joyi
– ish beruvchi mehnat to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlariga muvofiq xodimning mehnat daftarchasini yuritishi shart 
bo‘lgan ish joyi. 
Asosiy faoliyat turi
– yuridik shaxsning hisobot davri yakunlari 
bo‘yicha umumiy realizatsiya qilish hajmidagi tushum ulushi 
ustunlik qiladigan faoliyati 


352
Balans qiymati - 
buxgalteriya balansida asosiy fondlar va 
aylanma mablag‘larning pulda ifodalangan bahosi. 
Balans foyda – 
mahsulot tannarxiga kiritiladigan barcha 
harajatlar va chiqimlar hamda majburiy to‘lovlar chegirilganidan 
so‘nggi korxona yalpi daromadining qismi. Balans foyda soliqqa 
tortulguncha qadar bo‘lgan yalpi foydadir. 
Byudjetdan tashqari jamg‘armalar – 
a) ijtimoiy: Byudjetdan 
tashqari Pensiya jamg‘armasi, Byudjetdan tashqari Umumta’lim 
maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot 
muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va 
jihozlash jamg‘armasi; b) noijtimoiy: yo‘l jamg‘armasi va boshqa 
jamg‘armalardan iborat bo‘lib, ularning barchasi byudjet tizimida 
konsolidatsiyalanadi. 
Byudjet profitsiti - 
muayyan davrda byudjet daromadlarining 
byudjet xarajatlaridan ortiq bo‘lgan summasi. 
Byudjet tizimi – 
turli darajadagi byudjetlar va byudjet 
mablag‘lari oluvchilar yig‘indisini, ularni tashkil etishni va tuzish 
prinsiplarini, shuningdek byudjet jarayonida paydo bo‘ladigan ular 
o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni o‘zida ifodalaydi. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin