Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya
– Dividendlar – 
taqsimlashga mo‘ljallangan aksionerlarning sof foydasi (daromadi); 


355
aksionerlik jamiyati yoki korxona sof foydasidan har bir aksiya 
uchun aksionerlarga ma’lum davrdan so‘ng (har yili, ayrim hollarda 
– har chorakda) to‘lanadigan daromad. 
Daromad solig‘i bo‘yicha jarimalar
– Ushbu soliq 
to‘lanmaganda, noto‘liq to‘langanda yoki to‘lash tartibi buzilganda 
(rioya qilinmaganda), pulni undirish, moddiy ta’sir ko‘rsatishdan 
iborat. O‘z vaqtida ushlab qolinmagan, noto‘liq ushlangan yoki 
tegishli byudjetga o‘tkazilmagan soliq summalari jismoniy 
shaxslarga daromad to‘laydigan korxona, tashkilot va 
muassasalardan undirishga mo‘ljallangan summaning 10 foizi 
hajmidagi jarimani birgalikda qo‘shib, soliq organlari tomonidan 
so‘zsiz undirib olinadi. Korxona, tashkilot, muassasalar va tadbirkor 
sifatida ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslardan soliq o‘z vaqtida 
tegishli byudjetga o‘tkazilmasa, har bir kechiktirilgan kun uchun 
to‘lov muddatidan keyingi kundan boshlab to‘langan kungacha (bu 
kun ham qo‘shiladi) 0,33 foiz miqdorida penya undiriladi. 
Penyaning undirilishi ularni javobgarlikning boshqa turlaridan ozod 
etmaydi. 
Doimiy muassasa - 
norezidentning O‘zbekiston Respublikasidagi 
doimiy muassasasi deganda norezident O‘zbekiston Respublikasi 
hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan, shu jumladan 
faoliyatni vakolatli shaxs orqali amalga oshirayotgan har qanday joy 
e’tirof etiladi. Norezidentning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy 
muassasasi deganda O‘zbekiston Respublikasi hududida har qanday 
ketma-ketlikdagi o‘n ikki oylik davr ichida bir yuz sakson uch 
kalendar kunidan ortiq davom etadigan tadbirkorlik faoliyatining 
amalga oshirilishi ham e’tirof etiladi. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin