Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Kameral nazorat - 
soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan 
tartibda taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotini, shuningdek 
soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida davlat soliq xizmati 
organidagi mavjud boshqa hujjatlarni o‘rganish hamda tahlil etish 
asosida amalga oshiriladigan nazorat. 
Moddiy xarajatlar - 
xom ashyo va asosiy materiallar, 
yordamchi materillar, yoqilg‘i, energiya va boshqa xarajatlardan 
iborat. Moddiy resurslarning qiymati ularni sotib olish bahosi 
(qo‘shilgan qiymat solig‘isiz), ta’minot va tashqi iqtisodiy 
tashkilotlarga to‘lanadigan ustamalar, komission mukofotlar, boj 


357
to‘lovlari, tovarlar birjasining xizmat qiymatlari, tashish, saqlash va 
etkazib berish haqlarining yig‘indisidan tashkil topadi. 
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar –
mahalliy byudjetga 
olinadigan jismoniy va yuridik shaxslarning majburiy to‘lovlari. 
Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, 
benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, 
ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi 
xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im 
Mahalliy byudjet - 
Davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, 
shahar pul mablag‘lari fondini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib, unda 
daromad manbalari va ularning tushumlari miqdori, shuningdek, 
moliya yili davomida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar 
sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. 
Ma’muriy javobgarlik – 
ma’muriy huquqbuzarlikni sodir 
etganligi uchun fuqarolar va mansabdor shaxslar yuridik 
javobgarligining shakllaridan biri.
Moliyaviy sanksiyalar
- soliqqa oid huquqbuzarlik uchun 
javobgarlik chorasi bo‘lib, pul undirish (jarimalar va penya) tarzida 
qo‘llaniladi. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin