Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


-diagramma. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

 
3.2.2-diagramma. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan 
olinadigan yagona soliq to‘lovining davlat byudjeti daromadlaridagi 
salmog‘i dinamikasi (foizda)
29
O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha asosiy (soha) faoliyat turi savdo 
faoliyati va umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat bo‘lgan yuridik 
shaxslar belgilangan tartibda hisobot yili boshidan boshlab yagona soliq 
to‘lovini to‘lashi kerak. 
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sifatida ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar yagona soliq to‘lovini 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran joriy yil tugaguniga 
qadar, 1-oktabrdan keyin ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslar esa 
keyingi yil tugaguniga qadar to‘laydi. 
29
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 2003-2016 yillardagi «O‘zbekiston 
Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi 
qarorlari asosida tayyorlangan. 


109
Agar yagona soliq to‘lovi to‘lovchilarda joriy soliq davrining 
ketma-ket keluvchi ikki choragi davomida savdo faoliyati va umumiy 
ovqatlanish sohasidagi faoliyat asosiy faoliyat turi bo‘lmasa, ular 
umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tishga haqli. 
Hisobot yili yakunlari bo‘yicha savdo faoliyati, umumiy ovqatlanish 
sohasidagi faoliyat o‘tgan hisobot yili yakunlari bo‘yicha asosiy faoliyat 
turi bo‘lmagan yuridik shaxslar ular kelgusi yil boshidan e’tiboran 
umumbelgilangan soliqlar to‘lashga o‘tishi kerak, bundan soliq solish 
tartibini tanlash huquqi saqlab qolinadigan mikrofirmalar va kichik 
korxonalar mustasno.
Hisobot yili yakunlari bo‘yicha savdo faoliyati, umumiy ovqatlanish 
sohasidagi faoliyat o‘tgan hisobot yili yakunlari bo‘yicha asosiy faoliyat 
turi bo‘lmagan yuridik shaxslar (bundan mikrofirmalar va kichik 
korxonalar mustasno) yagona soliq to‘lovini to‘lash huquqidan mahrum 
bo‘lgan o‘tgan hisobot yili uchun umumbelgilangan soliqlar bo‘yicha 
hisob-kitoblar asosida yagona soliq to‘lovi yuzasidan qayta hisob-
kitobni amalga oshiradi.
Hisobot yili tugaganidan keyin hisobot yili yakunlari bo‘yicha 
savdo faoliyati, umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat o‘tgan hisobot 
yili yakunlari bo‘yicha asosiy faoliyat turi bo‘lmagan mikrofirmalar va 
kichik korxonalar 1 fevraldan kechiktirmay soliq bo‘yicha hisobga olish 
joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliq solish tartibi tanlanganligi 
to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 
tasdiqlangan shakl bo‘yicha yozma bildirish taqdim etishi shart. Soliq 
to‘lovchi tomonidan yozma bildirishning belgilangan muddatda taqdim 
etilmaganligi uning umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga berilgan 
roziligi deb hisoblanadi. 
Ishchilar sonidan qat’iy nazar ulgurji, chakana savdo va umumiy 
ovqatlanish korxonalari (shu jumladan kichik korxonalar va 
mikrofirmalar) yagona soliq to‘lovini to‘lovchilari hisoblanadi. 
Yagona soliq to‘lovi to‘lovchisini aniqlashda asosiy mezon bo‘lib, 
yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi 
guvohnomada ko‘rsatilgan korxona faoliyatining kodi hisoblanadi. 
Bunda korxonaning ixtisoslashishi xalq xo‘jaligining umumdavlat 
tasniflagichi (XXTUT) bo‘yicha tarmoq kodiga to‘g‘ri kelishi kerak. 
Agar korxonaning faoliyati XXTUT bo‘yicha tarmoq kodiga to‘g‘ri 
kelmasa, o‘z faoliyati kodini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
davlat statistika organlarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga va ushbu 


110
toifadagi korxonalar (faoliyati turlari) uchun belgilangan tegishli 
soliqlarni to‘lashga majbur. 
Agar joriy yil yakuni bo‘yicha realizatsiya (tovaroborot)ning 
umumiy yillik hajmida tushum ulushi faoliyati turlari bo‘yicha bir xil 
miqdorni tashkil etsa, asosiy faoliyat turi o‘tgan hisobot yil yakuni 
bo‘yicha aniqlanadi. 
Yagona soliq to‘lovini hisoblashda soliq solish obyekti bo‘lib savdo 
va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun tovar oboroti hisoblanadi. 
Bundan tashqari savdo korxonalarining asosiy faoliyatdan tashqari 
boshqa daromadlari, moliyaviy faoliyatdan daromadlari va O‘zbekiston 
Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan boshqa 
daromadlar yalpi tushum tarkibiga kiritiladi. 
Shuningdek, yagona soliq to‘lovi hisob-kitob bazasini aniqlashda 
tushumdan quyidagilar chegirib tashlanadi: 

davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar; 

to‘lov manbayida soliq solinadigan dividendlar va foizlar 
tariqasida olingan daromadlar; 

dividendlar tariqasida olingan va qaysi yuridik shaxsdan olingan 
bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) 
yo‘naltirilgan daromadlar. Muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan 
chiqilayotganda (chiqib ketganda) yoxud tugatilayotgan yuridik 
shaxsning mol-mulki imtiyoz qo‘llanilganidan so‘ng bir yil ichida uning 
ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanganda ilgari soliq solinadigan bazadan 
chegirilgan daromadlarga to‘lov manbayida umumiy asoslarda soliq 
solinadi; 

hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi daromadlar. Mazkur 
daromadlarga ular qaysi davrda paydo bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha davrdagi 
qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar 
bo‘yicha o‘tkazilgan hisob-kitoblar inobatga olingan holda soliq 
solinishi kerak. 

mahsulot yetkazib beruvchilarning siylovi (skidka) tariqasida va 
asosiy vositalarni tugatishda ularning ilgari qayta baholashlardagi 
qiymatining kamayishi summasidan ortgan qismi hisobiga olingan 
boshqa daromadlar; 

ko‘p oborotli qaytariladigan taraning qiymati, agar uning qiymati 
tovarlarni (ishlar va xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan 
tushumning tarkibiga ilgari kiritilgan bo‘lsa; 


111
Savdo va umumiy ovqatlanish 
korxonalari uchun yagona soliq to‘lovi 
stavkalari O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qarori bilan 
tasdiqlanadi. Jumladan, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 
29-dekbrdagi 3454-sonli qaroriga muvofiq 2018-yildan boshlab savdo 
va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun ishchilari sonidan qat’iy 
nazar yalpi tushumdan (tovar aylanmasi hajmidan) quyidagi stavkalarda 
yagona soliq to‘lovi to‘lash joriy qilingan (3.2.3-jadval).
3.2.3-jadval 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin