Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Yagona soliq to‘lovi 
bo‘yicha to‘lovni ke-
chiktirish tartibi ham-
da uning ahamiyati


104
Korxona arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi 
(haqqoniyligi) uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. 
To‘lash muddatini kechiktirish huquqi korxonaga korxona davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilgan oyning 1-kunidan boshlab bir yilga beriladi. 
Misol uchun, agar korxona davlat ro‘yxatidan 15- yoki 25-yanvarda 
o‘tkazilgan bo‘lsa, mazkur korxonaga soliqni to‘lash muddatini 
kechiktirish huquqi joriy yilning 1 yanvaridan keyingi yilning 1-
yanvarigacha bo‘lgan davrga beriladi. 
Korxonaning xohishiga ko‘ra soliqni to‘lash muddatini kechiktirish 
huquqi uning yozma arizasiga asosan bir yildan kam bo‘lgan muddatga 
berilishi mumkin. Korxona to‘lash muddatini kechiktirish huquqi 
berilgan davrda boshqa soliq rejimiga o‘tganida, o‘tgan paytidan 
boshlab korxona to‘lash muddatini kechiktirish huquqidan mahrum 
bo‘ladi va unda qonunga muvofiq soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlar vujudga keladi. 
To‘lash muddatini kechiktirish yoki muddati kechiktirilgan to‘lov 
summasini so‘ndirish huquqi berilgan davrda korxona tugatilsa, to‘lash 
muddati kechiktirilgan to‘lov summasi qonunda nazarda tutilgan tartibda 
to‘lanadi. 
To‘lash muddatini kechiktirish huquqi berilgan korxona tuman 
(shahar) davlat soliq inspeksiyasiga belgilangan tartibda, hisobot 
choragidan keyingi oyning 25-kuniga qadar yagona soliq to‘lovining 
hisob-kitobini taqdim etadi. Bunda korxona yagona soliq to‘lovi hisob-
kitobining o‘ngdagi yuqori burchagiga «O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi PF-3620-sonli farmoniga muvofiq 
to‘lash muddati kechiktirilgan» belgisini qo‘yadi. Agar to‘lash 
muddatini kechiktirish huquqini berish muddati chorak oxiriga qadar 
tugasa, ushbu davrlar uchun yagona soliq to‘lovining summasini 
aniqlash uchun korxona davlat soliq xizmati organlariga yagona soliq 
to‘lovi hisob-kitobining belgilangan shakli bo‘yicha yagona soliq to‘lovi 
bo‘yicha ma’lumotnoma-hisob-kitobni taqdim etadi. 
Misol uchun, agar to‘lash muddatini kechiktirish huquqining 
muddati 1 iyunda tugasa, korxona tuman (shahar) davlat soliq 
inspeksiyasiga aprel va may oylari uchun yagona soliq to‘lovining 
ma’lumotnoma-hisob-kitobini taqdim etadi, iyun oyi uchun yagona soliq 
to‘lovining hisob-kitobi esa 25-iyulga qadar taqdim etadi. 
Muddati kechiktirilgan to‘lov summasini so‘ndirish 12 oy 
davomida, to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berishning 
belgilangan muddati tugashidan so‘ng boshlanadigan oyning 1-kunidan 
boshlab, keyingi yilning o‘sha oyi 1-kunigacha teng ulushlar bilan 
(to‘lanadigan yagona soliq to‘lovining hisoblab yozilgan yillik 


105
summasining kamida o‘n ikkidan bir qismi hisobida) amalga oshiriladi. 
Bunda muddati kechiktirilgan to‘lovni to‘lash har bir oyning 25-kuniga 
qadar bajariladi. 
To‘lovchining xohishiga qarab qarz summasi muddatidan avval 
so‘ndirilishi mumkin. Bunda to‘lash muddati kechiktirilgan to‘lovni har 
oyda to‘lash miqdori to‘lanadigan yagona soliq to‘lovi hisoblab yozilgan 
yillik summasining o‘n ikkidan bir qismidan kam bo‘lmasligi kerak. 
Yagona soliq to‘lovining hisob-kitobi taqdim etilmagan yoki o‘z vaqtida 
taqdim etilmagan taqdirda, shuningdek, muddati kechiktirilgan to‘lov 
summasi o‘z vaqtida so‘ndirilmaganda korxonaga nisbatan qonunga 
muvofiq moliyaviy jazo qo‘llanadi.

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin