Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Soliq hisobini taqdim 
etish va soliqni 
byudjetga to‘lash 


103
Yuridik shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan tushum soliq 
to‘lovchining yalpi tushumiga to‘liq miqdorda qo‘shiladi. 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan foyda solig‘ining 
summasi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq 
yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida yagona soliq 
to‘lovini to‘lash chog‘ida hisobga olinadi. 
To‘lov xabarnomasi, chet davlat soliq organining ma’lumotnomasi 
yoki chet elda soliq to‘langanligi faktini tasdiqlovchi boshqa hujjat chet 
elda to‘langan foyda solig‘ining summasini hisobga olish uchun asos 
bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti-
ning 2005-yil 20-iyundagi «Mikrofirmalar 
va kichik korxonalarni rivojlantirishni 
rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-3620-sonli 
farmoniga muvofiq yangi tashkil etilgan 
mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq to‘lovini to‘lash 
muddatini kechiktirish huquqini berish tartibi belgilangan. To‘lashni 
kechiktirish yagona soliq to‘lovi bo‘yicha soliq majburiyatini to‘lash 
muddatini muayyan muddatga ko‘chirishni anglatadi. 
To‘lash muddatini kechiktirish huquqini olish uchun korxona, 
yagona soliq to‘lovini to‘lashning birinchi muddati boshlanishiga ko‘pi 
bilan 15 kun qolganda, unga to‘lash muddatini kechiktirish huquqini 
berish to‘g‘risida tegishli tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga 
belgilangan shaklda ariza topshiradi. 
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi to‘lash muddatini 
kechiktirish huquqini berish to‘g‘risidagi arizani ariza kelib tushgan 
kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi, so‘ngra to‘lash 
muddatini kechiktirish yoki rad etish to‘g‘risida qaror chiqarib, 
korxonaning taqdim etilgan arizasiga qabul qilingan qaror natijasining 
tegishli belgisini qo‘yadi. 
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining rad etish to‘g‘risidagi 
qarori quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin: 

to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish to‘g‘risidagi ariza 
belgilangan shaklda taqdim etilmagan bo‘lsa; 

to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish to‘g‘risidagi ariza 
belgilangan muddatdan keyin topshirilsa; 

korxona yagona soliq to‘lovining to‘lovchisi hisoblanmasa. 
Yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini kechiktirish huquqini 
boshqa sabablarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin