Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

 
Izoh: *) mol-mulkini moliyaviy ijara (lizing)ga beradigan korxonalar 
uchun moliyaviy ijara (lizing) bo‘yicha foizli daromad summasi. 
**) haq summasiga (yalpi daromadga) nisbatan foizlarda. 
Yagona soliq to‘lovini to‘lashdan nogironlarning jamoat 
birlashmalari, «Nuroniy» jamg‘armasi va «O‘zbekiston 
chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy 
sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941–1945-yillardagi urush va 
mehnat fronti faxriylari tashkil etadigan yuridik shaxslar ozod qilinadi, 
bundan savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati hamda 
lotereyalar tashkil etish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar 
mustasno. Ushbu imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda 
xodimlarning umumiy soniga shtatda bo‘lgan xodimlar kiritiladi. 
2005-yil 1-iyuldan boshlab yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar 
hisoblangan mikrofirmalar va kichik korxonalarga quyidagi 
preferensiyalar nazarda tutilgan: 
1)
ilgari kichik biznes subyektlariga yagona soliq bo‘yicha berilgan 
imtiyozlardan foydalanish huquqi. Bu uni to‘lashdan to‘liq ozod qilishga 
nisbatan ham, soliq stavkasini pasaytirishga nisbatan ham belgilanadi;
2)
yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini bir yilga kechiktirish 
huquqi, ya’ni yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar yagona soliq to‘lovi 
to‘lash muddatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir 
yil muddatga kechiktirish huquqiga ega, kechiktirilgan summalar qonun 


102
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda imtiyozli davr tugaganidan so‘ng 
o‘n ikki oy ichida teng ulushlar bilan to‘lanadi, ushbu me’yor savdo va 
umumiy ovqatlanish korxonalari, lotereyalar tashkil qilish bo‘yicha 
faoliyatni amalga oshirish doirasidagi yuridik shaxslarga nisbatan 
qo‘llanilmaydi;
3)
qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga olingan yer maydonlari uchun 
byudjetga ijara haqini to‘lamaslik huquqi, ya’ni yagona soliq to‘lovini 
to‘lovchilar - yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy 
davlat hokimiyati organlarining qarorlari bo‘yicha ijaraga olingan yer 
uchastkalari uchun byudjetga ijara haqi to‘lashdan ozod qilinadi, 
umumbelgilangan soliqlar to‘lanadigan faoliyat turlarida foydalanilayotgan 
yer uchastkalari bundan mustasno. 
Soliq amaliyotiga yagona soliq to‘lovining kiritilishi kichik biznes 
subyektlarini va mikrofirmalarni soliqqa tortish uslubiyatini yanada 
soddalashtirdi.
Yagona soliq to‘lovi soliq solinadigan 
bazadan va belgilangan stavkalardan kelib 
chiqqan holda hisoblab chiqariladi. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar 
uchun yagona soliq to‘lovi summasi byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan 
qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga, lekin yagona soliq to‘lovi 
summasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorga kamaytiriladi. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini ixtiyoriy ravishda to‘lashga kalendar yil 
boshidan e’tiboran o‘tmagan to‘lovchilar yagona soliq to‘lovi 
summasini qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblab chiqarilgan hisobot 
davriga to‘g‘ri keladigan summaga kamaytiradi. 
Yagona soliq to‘lovining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish 
joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan 
yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan 
kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot 
topshiriladigan muddatda taqdim etiladi (2-ilova).
Yagona soliq to‘lovi quyidagicha to‘lanadi:

mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - hisob-kitobni 
taqdim etish muddatidan kechiktirmay;

mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq 
to‘lovchilar tomonidan - har oyda, keyingi oyning 25-kunidan 
kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim 
etiladigan muddatdan kechiktirmay. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin