Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Aksiz markalari
bo‘lgan aksiz solig‘ining haqiqiy summasidan kelib chiqib penya 
hisoblagan holda qayta hisoblashga haqli. 
Aksiz solig‘ini to‘lash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan 
kechiktirmay amalga oshiriladi. 
Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘ini to‘lash bojxona 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga 
oshiriladi.
Aksiz markalari bilan tamg‘alanishi lozim bo‘lgan import 
qilinadigan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i aksiz 
markalari olinguniga qadar to‘lanadi. 
Dam olish (ishlanmaydigan) yoki bayram kuniga to‘g‘ri keladigan 
aksiz solig‘ini to‘lash muddatlari, tegishincha, hisob-kitobni taqdim 
etish muddatlari ham dam olish yoki bayram kunidan keyingi birinchi 
ish kuniga ko‘chiriladi. 
Hisobot davri mobaynida o‘n kunlik to‘lovlar bilan kiritilgan aksiz 
solig‘i summalari tegishli hisobot davri uchun hisob-kitob bo‘yicha 
hisoblab chiqarilgan soliq summasida hisobga olinishi kerak. 
Ortiqcha kiritilgan aksiz solig‘i summalari bo‘lg‘usi to‘lovlar 
hisobiga kiritiladi yoki uning yozma arizasi olingan kundan boshlab 
Davlat soliq xizmati organi tomonidan 30 kun ichida to‘lovchiga 
qaytariladi (agar byudjetga boshqa soliq turlari bo‘yicha qarz mavjud 
bo‘lmasa). 
Tamaki mahsulotlari va alkogolli 
ichimliklar ishlab chiqarilishi, import 
qilinishi, saqlanishi, tashilishi va sotilishi 
ustidan davlat nazoratini o‘rnatish, shuningdek, aksiz solig‘i to‘liq 
undirilishi, ko‘rsatilgan tovarlarni yashirincha ishlab chiqarish yoki 
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelishning oldini olish 
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 
14 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlari 
va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini joriy etish tartibi 
to‘g‘risida»gi 285-sonli qaroriga muvofiq 1996 yil 1 oktabrdan boshlab 
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga 
olib kelinadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni, pivodan 
tashqari, majburiy tarzda belgilangan namunadagi aksiz markalari bilan 
markalash joriy etildi va ularni aksiz markalarini yopishtirmasdan 
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelish, tashish (xalqaro 
tranzitdan tashqari), saqlash va sotish ta’qiqlandi. 
Aksiz tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar respublika 
byudjetiga nominal qiymati bo‘yicha buyurtma berilayotgan aksiz 


161
markalari miqdorining butun summasini to‘lagach, davlat soliq 
inspeksiyalariga turlari bo‘yicha aksiz markalarining zarur miqdorini 
xarid qilishga buyurtmanoma topshiradilar. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat 
soliq boshqarmalari soliq inspeksiyalarining aksiz markalariga doir kelib 
tushgan buyurtmanomalarini hudud bo‘yicha umumlashtiradilar va 
qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim 
etadilar, bunda ishlab chiqaruvchi korxonalar ular buyurtirgan miqdorda 
aksiz markalarining nominal qiymatini to‘plashganini tasdiqlaydilar. 
Kelayotgan yilga buyurtmanoma umuman yil bo‘yicha, choraklarga 
taqsimlagan holda beriladi.
Aksiz markalarini bosish uchun buyurtmanomani «Davlat belgisi» 
Davlat ishlab-chiqarish birlashmasi (DIChB)ga joylashtirishni 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi amalga oshiradi. 
Importchilar, shu jumladan aksiz tovarlarini O‘zbekiston 
Respublikasiga olib keladigan jismoniy shaxslar buyurtmanomani 
Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar 
va Toshkent shahar hududiy organlariga topshiradilar. Bu organlar 
taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida, yuqorida keltirilgan tartibga 
o‘xshab, aksiz tovarlari uchun aksiz markalariga yig‘ma buyurtmanoma 
tuzadilar va belgilangan tartibda Davlat bojxona qo‘mitasiga taqdim 
etadilar. 
Davlat soliq inspeksiyalari va Davlat bojxona qo‘mitasining 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi 
hududiy organlari aksiz markalarini sotishni belgilangan shaklga binoan 
ana shu markalarni xarid qilishga doir buyurtmanoma – hisob-kitobga 
muvofiq «Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining mintaqaviy 
bo‘linmalari orqali amalga oshiradilar. 
«Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining mintaqaviy bo‘linmalari 
aksiz markalarini: 

alkogolli ichimliklarning mahalliy ishlab chiqaruvchilariga – 
aksiz markalarining nominal qiymatining 50 foizi to‘langanidan keyin; 

tamaki mahsulotlarining mahalliy ishlab chiqaruvchilariga – aksiz 
markalarining nominal qiymati to‘liq to‘langanidan keyin; 

tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar importchilariga – 
nominal qiymati bo‘yicha aksiz markalari to‘liq to‘langanidan va aksiz 
solig‘i to‘liq hajmda to‘laganidan keyin beradilar. 
Ishlab chiqaruvchilar va importchilar nominal qiymati bo‘yicha 
xarid qiladigan aksiz markalari uchun pul mablag‘lari respublika 


162
byudjetiga kiritiladi va aksiz solig‘ini to‘lash chog‘ida aksiz 
markalarining qiymati hisobiga olinmaydi. 
Aksiz markalarining nominal qiymatini O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi «Davlat belgisi» DIChB hisob-kitoblari bo‘yicha 
tasdiqlaydi. 
«Davlat belgisi» DIChBning aksiz markalarini ishlab chiqarishga 
doir xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika 
byudjeti mablag‘lari hisobiga ularning nominal qiymati doirasida 
qoplaydi. 
Quyidagi aksiz tovarlarni markalash majburiy emas: 

Respublikadan tashqariga eksport qilinadigan: 

respublika hududiga bojsiz savdo do‘konlari uchun olib 
kelinadigan; 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ruxsati bo‘lganda 
ko‘rgazmalar o‘tkazish uchun olib kelinadigan; 

O‘zbekiston Respublikasi hududiga xalqaro tranzit bo‘yicha olib 
kelinadigan va olib chiqish uchun mo‘ljallangan; 

jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga 
O‘zbekiston Respublikasining qonunida belgilangan aksizsiz olib kirish 
me’yorlari doirasida keltirilayotgan. 
Respublika hududida ishlab chiqariladigan va import qilinadigan 
pivo O‘zbekiston Respublikasining aksiz markalari bilan 
markalanmaydi. 
Respublikaga ko‘rgazmalar o‘tkazish uchun olib kelingan aksiz 
tovarlari, ular ko‘rgazmalar yakunlanganidan keyin O‘zbekiston 
Respublikasi hududida sotilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi aksiz 
markalari bilan majburiy tarzda markalanishi kerak va ular bo‘yicha 
umumiy belgilangan tartibda aksiz solig‘i to‘lanadi. 
Aksiz markalari ishlab chiqariladigan va import qilinadigan aksiz 
tovarlarining turlariga bog‘liq ravishda harfiy va raqamli belgilar bilan 
markalanadi hamda quyidagi turlarga bo‘linadi: 

IM – mahsulot O‘zbekiston Republikasi hududiga import 
bo‘yicha olib kelingan; 

O‘Z – mahsulot O‘zbekiston Republikasi hududida ishlab 
chiqarilgan; 

98 – dastlabki ikki belgi – aksiz markasi bosib chiqarilgan yil; 

01 yoki 001 – keyingi ikki yoki uchta belgi – ishlab chiqaruvchi 
korxonalarga (importchilarga) tegishlicha tamaki mahsuloti yoki 
alkogolli ichimlik bo‘yicha beriladigan kod raqamlari; 


163

4 raqam belgisi aksiz markalarida tamaki mahsuloini bildiradi; 

5 raqam belgisi aksiz markalarida alkogolli mahsulotni bildiradi; 

98 bilan tugaydigan oxirgi raqamlar O‘zbekiston Respublikasi 
hududiga aksiz tovarlari mayda turkumlar bilan olib kelinganligini 
anglatadi; 

99 bilan tugaydigan oxirgi raqamlar musodara qilingan aksiz 
tovarlari anglatadi. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin