Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Aktsiz solig‘ining iqtiso-



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Aktsiz solig‘ining iqtiso-
diy mohiyati va byudjet 
daromadlarida tutgan 


152
Aksiz solig‘i to‘lovchi-
lar. Soliq obyekti va 
bazasi
korxonalarning o‘z ixtiyorlarida qoldiriladigan bo‘ldi. Bundan tashqari 
respublikamizda ishlab chiqarilayotgan ayrim tovarlarning (guruch, 
mebel, atir sovun va boshqa tovarlar) aksiz osti tovarlari ro‘yxatidan 
chiqarib tashlandi. Shuning hisobiga hozirgi vaqtda aksiz solig‘ining 
ulushi davlat byudjeti daromadlari tarkibida kam salmoqni egallamoqda. 
Aksiz solig‘i to‘liq respublika byudjetiga kelib tushadi va soliq yuki 
iste’molchilar zimmasida bo‘ladi. 
3.4.1-diagramma. Aksiz solig‘ining davlat byudjeti
daromadlaridagi salmog‘i dinamikasi
35
Aksiz solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib, 
mulk shaklidan va soliqqa tortishning 
qanday tartibi o‘rnatilganligidan qat’iy 
nazar O‘zbekiston Respublikasi hududida 
aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni (aksiz to‘lanadigan tovarlarni) ishlab 
chiqaruvchi, O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz 
to‘lanadigan tovarlarni import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar 
hisoblanadi. Bundan tashqari oddiy shirkat aksiz to‘lanadigan tovarlarni 
ishlab chiqarganda oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini 
yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi aksiz solig‘ini to‘lovchi bo‘lib 
hisoblanadi.
35
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 2003-2016 yillardagi «O‘zbekiston 
Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi 
qarorlari asosida tayyorlangan. 


153
Aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari bo‘yicha aksiz 
to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan aksiz solig‘ini to‘lovchi etib 
belgilanishi mumkin (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2011 yil 30 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari 
to‘g‘risida»gi PQ-1675-sonli qaroriga muvofiq 2012 yilning 1 yanvaridan 
boshlab chakana savdo tarmog‘ida sotiladigan oltindan ishlangan zargarlik 
mahsulotlariga 1 gramm zargarlik buyumi uchun 10 AQSh dollari 
ekvivalentida aksiz solig‘i joriy etildi). Mazkur tartib O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi PQ-3199-son qarori 
asosida 2018 yil 1 yanvardan boshlab bekor qilindi. 
Soliqqa tortish maqsadida yuridik shaxslar deganda O‘zbekiston 
Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, o‘z mulkida, 
xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega 
bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob 
beradigan, mustaqil balansiga yoki smetasiga ega bo‘lgan, o‘z nomidan 
mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan hamda ularni 
amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va 
javobgar bo‘la oladigan tashkilot tushuniladi
36

Soliq kodeksining 230-moddasiga ko‘ra quyidagi operatsiyalar aksiz 
solig‘i solinadigan obyekt hisoblanadi: 

aksiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan: 

tovarni sotish (jo‘natish);

garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga 
qo‘yilgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni garovga qo‘yuvchi tomonidan 
topshirish;

aksiz to‘lanadigan tovarlarni bepul topshirish;

aksiz to‘lanadigan tovarlarni ish beruvchi tomonidan ish haqi 
hisobiga yollangan xodimga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda 
topshirish yoki hisoblangan dividendlar hisobiga yuridik shaxsning 
muassisiga (ishtirokchisiga) topshirish;

aksiz to‘lanadigan tovarlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
hollarda boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun 
topshirish;
36
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. –T.: «Adolat», 2018. 16-modda


154

aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav 
kapitaliga) hissa yoki pay badali tariqasida yoxud oddiy shirkat shartnomasi 
bo‘yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida topshirish;

aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ishtirokchisiga 
(muassisiga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda 
yoki yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi, tugatilganligi (bankrotligi) 
munosabati bilan topshirish, shuningdek, oddiy shirkat shartnomasi 
doirasida ishlab chiqarilgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni mazkur shartnoma 
sherigiga (ishtirokchisiga) uning shartnoma ishtirokchilari umumiy 
mulkidagi mol-mulkdan ulushi ajratib berilgan yoki bunday mol-mulk 
taqsimlangan taqdirda topshirish;

aksiz to‘lanadigan tovarlarni ulush qo‘shish asosida qayta ishlashga 
topshirish, shuningdek, ulush qo‘shish asosida xom ashyo va materiallarni, 
shu jumladan aksiz to‘lanadigan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash 
mahsuli bo‘lgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan 
qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga 
topshirish;

ishlab chiqarilgan va (yoki) qazib olingan aksiz to‘lanadigan 
tovarlarni o‘z ehtiyojlari uchun topshirish;

aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona 
hududiga import qilish. 
Quyidagilarga aksiz solig‘i solinmaydi: 

aksiz to‘lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari 
tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan O‘zbekiston Re-
spublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz 
to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;

keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib 
chiqib ketilishi sharti bilan «bojxona hududida qayta ishlash» bojxona 
rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli 
bo‘lgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni topshirishga;

O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan bel-
gilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida;

davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya 
yordami maqsadida, shu jumladan texnik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha 
xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan 
zayomlar (kreditlar) mablag‘lari hisobiga, shuningdek, grantlar hisobiga 


155
yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan, aksiz to‘lanadigan tovarlarni 
import qilishga. 

aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona 
hududiga aksiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari 
doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilishga. O‘zbekiston 
Respublikasining bojxona hududiga aksiz solig‘i solinmaydigan tovarlarni 
jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish normalarining eng yuqori chegarasi 
qonun hujjatlarida belgilanadi;

vakolatli davlat organining yozma tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda, 
telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining 
texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan 
olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarini import 
qilishga. 
Aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlar uchun soliq solish bazasi bo‘lib 
quyidagilar hisoblanadi: 

aksiz solig‘ining stavkalari mutlaq summada (qat’iy) belgilangan 
aksiz to‘lanadigan tovarlar (etil spirti, vino, konyak, aroq, pivo, o‘simlik 
(paxta) yog‘i, sigaretalar) bo‘yicha aksiz to‘lanadigan tovarlarning naturada 
ifodalangan hajmi; 

aksiz solig‘ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan ishlab 
chiqarilayotgan aksiz to‘lanadigan tovarlar (zargarlik buyumlari, 
kumushdan ishlangan oshxona anjomlari, qimmatbaho metallar, neft 
mahsulotlari, tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, paxta tolasi) bo‘yicha realizatsiya 
qilingan aksiz to‘lanadigan tovarlarning aksiz solig‘i hamda qo‘shilgan 
qiymat solig‘i kiritilmagan qiymati; 

ish haqi hisobiga, hisoblab chiqarilgan dividendlar hisobiga, bepul 
yoki boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun 
beriladigan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha, shuningdek, tovarlar 
tannarxidan past narxlarda realizatsiya qilingan taqdirda soliq to‘lovchi 
tovarlarni topshirish paytida uning haqiqiy tannarxidan kam bo‘lmagan 
darajada belgilaydigan narx asosida hisoblangan qiymat;

qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan ishlab 
chiqarilgan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aksiz to‘lanadigan 
tovarlarni ishlab chiqarishga doir ishlar qiymatini hamda qayta ishlashga 
berilgan xom ashyo va materiallar qiymatini o‘z ichiga olgan qiymat; 

aksiz solig‘ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan import 
qilinayotgan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha bojxona to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymati. 


156
Soliq solinadigan bazaga quyidagi hollarda soliq to‘lovchida 
tuzatish kiritiladi:

tovarlar to‘liq yoki qisman qaytarilganda; 

bitim shartlari o‘zgartirilganda; 

baholar o‘zgarganda, sotib oluvchi siylovdan (skidkadan) 
foydalanganda. 
Aksiz solig‘i stavkalari tovarning 
qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor) va 
(yoki) naturada ifodalangan o‘lchov birligiga 
mutlaq summada (qat’iy) belgilanadi. Aksiz 
solig‘i stavkalari va aksiz to‘lanadigan 
tovarlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan 
belgilanadi va soliq to‘lovchilarga Moliya vazirligi va Davlat soliq 
qo‘mitasining quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda yetkaziladi. 
2018 yilda aksizosti tovarlarga belgilangan soliq stavkalari 
quyidagilardan iborat:

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin