Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Soliq hisob-kitobini taq-



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Soliq hisob-kitobini taq-
dim etish va hisoblangan 
soliq summasini 
byudjetga to‘lash 

yangi tashkil etilgan korxonalar - davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan 
paytdan e’tiboran ikki yil mobaynida. Mazkur imtiyoz qayta tashkil 
etilgan yuridik shaxslar negizida tashkil etilgan korxonalarga, 
shuningdek, boshqa korxonalar hududida shu korxonalardan ijaraga 
olingan asbob-uskunalardan foydalangan holda o‘z faoliyatini amalga 
oshirayotgan yuridik shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi;

ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektlarini - yuridik 
shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish 
to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan 
e’tiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda 
tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to‘xtatilgan va faoliyat qayta 
tiklangan taqdirda, ushbu imtiyoz qo‘llanilmaydi hamda soliq summasi 
imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun to‘liq miqdorda undiriladi. 
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga 
solinadigan soliqni hisoblab chiqarish 
soliq solinadigan baza va belgilangan 
stavkadan kelib chiqqan holda soliq 
to‘lovchi – O‘zbekiston 
Respublikasining rezidenti tomonidan amalga oshiriladi. 
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning hisob-
kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati 
organiga yilda bir marta, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan 
muddatda taqdim etiladi (6-ilova). 
Soliq davri mobaynida soliq to‘lovchilar yuridik shaxslarning mol-
mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha joriy to‘lovlar to‘laydilar. 
Joriy to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to‘lovchilar 
joriy soliq davrining 10 yanvarigacha, yangi tashkil qilinganlari esa 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan 
kechiktirmay, soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati 
organlariga mo‘ljallanayotgan soliq solinadigan bazadan (tegishli yil 
uchun mol-mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatidan (o‘rtacha yillik 
qiymatidan) va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblangan 
joriy soliq davri uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan 
soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etadilar. 
Hisoblab chiqarilgan joriy to‘lovlar quyidagicha to‘lanadi: 

mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - yuridik shaxslar 
mol-mulkiga solinadigan soliq yillik summasining to‘rtdan bir qismi 
miqdorida yilning har choragi uchinchi oyining 25-kunidan 
kechiktirmay;


171

mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq 
to‘lovchilar tomonidan - yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq 
yillik summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida har oyning 10-
kunidan kechiktirmay.
Soliq davri mobaynida mo‘ljallanayotgan soliq solinadigan baza 
o‘zgargan taqdirda soliq to‘lovchi yuridik shaxslarning mol-mulkiga 
solinadigan soliq summasi to‘g‘risida aniqlashtirilgan ma’lumotnoma 
taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun joriy 
to‘lovlarga yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning 
o‘zgarish summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi.
Soliq davrida to‘lanishi lozim bo‘lgan yuridik shaxslarning mol-
mulkiga solinadigan soliq summasi joriy to‘lovlar hisobga olingan 
holda, hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay byudjetga 
o‘tkaziladi.
Soliq davrida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 
bo‘yicha joriy to‘lovlar summasi hisob-kitobga ko‘ra byudjetga 
to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq 
kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy to‘lovlarni 
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning haqiqiy 
summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblab 
chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘yicha yuridik 
shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish soliq 
solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda 
davlat soliq xizmati organlari tomonidan quyidagi tartibda amalga 
oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga 
oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidenti doimiy 
muassasaning soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati 
organiga soliq solinadigan mavjud mol-mulk to‘g‘risidagi 
ma’lumotnomani hisobot yilidan keyingi yilning 25 yanvaridan 
kechiktirmay taqdim etishi shart. Taqdim etilgan ma’lumotnoma asosida 
davlat soliq xizmati organi yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan 
soliq summasi hisob-kitobini o‘n kun ichida amalga oshiradi va to‘lov 
xabarnomasini yozib beradi;
O‘zbekiston Respublikasining ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan 
norezidentlariga ko‘chmas mulk joylashgan yerdagi O‘zbekiston 
Respublikasi davlat soliq xizmati organlari soliq to‘lovchining yoki 


172

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin