Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Belgilangan muddatlarda tu-



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Belgilangan muddatlarda tu-
gallanmagan qurilish obyekt-
lari va me’yoriy muddatlarda 
o‘rnatilmagan uskuna uchun 
mol-mulk solig‘ini to‘lash 
tartibi
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi 
organning ma’lumotlari asosida to‘lov xabarnomasini yozib beradi.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq O‘zbekiston 
Respublikasining norezidentlari tomonidan yilda bir marta, soliq 
hisoboti davridan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay to‘lanishi 
kerak. 
Normativ muddatlarda tugallan-
magan qurilish obyekti uchun mol-
mulk solig‘ini to‘lovchilar bo‘lib 
qurilishni amalga oshiruvchi yuridik 
shaxslar, ya’ni buyurtmachilar 
hisoblanadi. 
Soliqqa tortish obyekti bo‘lib, 
normativ muddatlarda tugallanmagan qurilish obyektining qiymati, ya’ni 
buyurtmachi tomonidan F-3 shaklida (bajarilgan ishlar va xarajatlar 
hajmi to‘g‘risida ma’lumotnoma) rasmiylashtirilgan statistika hisobiga 
obyekt bo‘yicha kiritilgan va tugallanmagan qurilish hisobvarag‘ida 
hisoblanadigan barcha ishlar va xarajatlar hajmi hisoblanadi. 
Qurilishning me’yoriy muddati deb qurilishni tashkil qilish loyihasi 
(QTQL) tarkibida 1.04.03-85-son QMQ «Korxonalar, binolar va 
inshootlarni qurish muddati me’yorlari»ga muvofiq loyihalash tashkiloti 
tomonidan aniqlanadigan obyekt qurilishining me’yoriy muddati 
hisoblanadi. Loyihalash tashkilotlari loyiha-smeta hujjatlarida tayyorlash 
muddatlarini ajratgan holda qurilish muddati me’yorini ko‘rsatishlari shart. 
Loyiha-smeta hujjatlarida qurilish muddati me’yori ko‘rsatilmagan 
taqdirda, buyurtmachi loyihalash tashkilotidan muayyan obyekt bo‘yicha 
qurilish muddatining me’yori to‘g‘risida xulosa olishga majbur. 
Belgilangan muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalar uchun mol-mulk 
solig‘ini to‘lovchilar bo‘lib kapital mablag‘lar hisobiga qayta 
jihozlanadigan obyektlarda montaj qilish talab qilinadigan va 
o‘rnatishga belgilangan texnologik, energetik va ishlab chiqarish 
uskunalari bo‘lgan yuridik shaxslar hisoblanadi. 
Belgilangan muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalar uchun soliq 
solish obyekti bo‘lib o‘rnatishga belgilangan uskunalar qiymati 
hisoblanadi, ular qatoriga montaj qilishni talab qiladigan, faqat 
qismlarini yig‘ish va poydevorga yoki ustunlarga, polga, qavatlararo 
to‘siqlarga va boshqa bino va inshootlarni ko‘tarib turuvchi 
konstruksiyalarga o‘rnatiladigan uskunalar hamda uskunalarni hisobga 
olish hisobvarag‘ida hisoblanadigan shunday uskunalarning ehtiyot 


173
qismlar to‘plami (belgilangan muddatda o‘rnatilmagan uskunalar 
qismida) hisoblanadi. Ushbu uskunalar tarkibiga o‘rnatiladigan 
uskunalar qatorida montaj qilish uchun belgilangan nazorat-o‘lchov 
apparaturasi yoki boshqa asboblar ham kiradi. 
Korxonalar, binolar va inshootlar qurilishida tasdiqlangan qurilish 
muddati va tayyorlab qo‘yilgan zaxiralar me’yoriga muvofiq har bir 
obyekt bo‘yicha texnologik yoki boshqa uskunalarni yetkazib berish va 
montaj qilish jadvali belgilangan bo‘lishi lozim. 
Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va import qilingan uskunalarni 
yetkazib berish va montaj qilish jadvalida quyidagi muddatlarda 
topshirish hisobga olinadi: 

yirik texnologiya va energetika uskunalari - ularni nomma-nom 
ro‘yxatlari bo‘yicha montaj qilish va yetkazib berish jadvallarining 
rejadagi muddati o‘tib ketgandan keyin; 

texnologiya uskunalari, texnologiya liniyalari, qurilmalar va 
boshqa umumzavod uskunalari - uskunalarni montajga topshirishining 
rejadagi muddati o‘tgandan keyin, lekin olti oydan ortiq bo‘lmagan 
muddatda; 

komplekt import uskunalari - ularni montajga topshirishning 
rejadagi muddati o‘tib ketgandan keyin, lekin bir yildan ortiq bo‘lmagan 
muddatga, agar texnik shart-sharoitlariga ko‘ra uskunani qismlar 
bo‘yicha montaj qilish mumkin bo‘lmasa, ularni montajga topshirish 
muddati uskunalar butun komplektining kelib tushishi paytidan 
hisoblanadi; 

qismlarga ajratilgan import uskunalari, shuningdek, kabel 
mahsulotlari, simlar va troslar - ularni montajga topshirishning rejadagi 
muddati o‘tgandan keyin, lekin olti oydan ortiq bo‘lmagan muddatda. 
Uskunalarni montaj qilish va o‘rnatish uchun me’yorlar va jadvallar 
bo‘lmaganida soliq quyidagi muddatlarda to‘lanadi: 

ishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlar bo‘yicha 
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va import qilingan uskunalarning 
o‘rnatilmaganligi uchun - sotib olinganiga bir yillik muddat to‘lganidan 
keyingi oydan boshlab; 

noishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlar bo‘yicha - sotib 
olinganiga olti oy tugagandan keyin; 
Uskunalarni yetkazib berish va montaj qilishning yuqorida 
ko‘rsatilgan muddatlarini buzganligi uchun korxona va tashkilotlar, 
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan 


174
tashqari, mol-mulk solig‘ini ikki baravar ko‘paytirilgan stavka bo‘yicha 
to‘laydilar. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin