Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Mol-mulk solig‘i stavka-
lari, soliqdan imtiyozlar
nazarda tutilmagan faoliyat turlari amalga oshirilgan taqdirda, soliq 
solinadigan baza soliq solinadigan va soliq solinmaydigan mol-mulk 
hisobini alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida 
hisob yuritish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, soliq solinadigan baza 
faoliyatdan olinadigan sof tushumning umumiy hajmida yuridik 
shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lash nazarda tutilgan 
sof tushumning solishtirma salmog‘idan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga 
solinadigan soliqning stavkalari 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
qarori asosida belgilanadi. 2015 yil 
uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning stavkasi 
quyidagi miqdorlarda belgilangan (3.5.1-jadval):
3.5.1-jadval 
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning 
STAVKALARI
41
 
T/r
To‘lovchilar
Soliq stavkasi, soliq 
solinadigan bazaga 
nisbatan foizda
1. Yuridik shaxslar

Belgilangan muddatlarda o‘rnatilmagan asbob-uskunalar uchun 
mol-mulk solig‘i ikki baravar miqdorda to‘lanadi. Bundan tashqari 
tugallanmagan qurilish va belgilangan (meyoriy) muddatlarda ishga 
tushirilmagan asbob-uskunalar qiymatiga pasaytirilgan stavkalar 
qo‘llanilmaydi. 
Amaldagi soliq qonunchiligiga ko‘ra yuridik shaxslarning mol-
mulkiga solinadigan soliq hisoblab chiqarilayotganda soliq solinadigan 
baza quyidagilarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatiga (o‘rtacha yillik 
qiymatiga) kamaytiriladi: 

kommunal xo‘jaligi obyektlarining. Kommunal xo‘jaligi 
obyektlariga quyidagilar kiradi: vodoprovod tarmoqlari (suv chiqarish 
inshootlari bilan), kanalizatsiya tarmoqlari (tozalash inshootlari bilan), 
gaz va issiqlikni taqsimlash tarmoqlari (ulardagi inshootlar bilan), 
kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun qozonxonalar (shu jumladan asbob-
uskunalar);

madaniyat va san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va 
sport, ijtimoiy ta’minot sohasiga kiradigan ijtimoiy-madaniy soha 
obyektlarining;
41
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-3454-sonli qaroridan 
olindi. 


169

sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari obyektlarining;

tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-tozalash maqsadlari, 
yong‘in xavfsizligi uchun foydalaniladigan obyektlarning. Obyektlarni 
tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadlari va yong‘in 
xavfsizligi uchun foydalaniladigan obyektlarga kiritish tegishli tabiatni 
muhofaza qilish yoki davlat yong‘in nazorati organining 
ma’lumotnomasi asosida amalga oshiriladi;

umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari, 
magistral truboprovodlar, aloqa va elektr uzatish liniyalarining
shuningdek, ushbu obyektlarning ajralmas texnologik qismi bo‘lgan 
inshootlarning;

konservatsiya qilinishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan asosiy ishlab chiqarish 
fondlarining;

soliq to‘lovchining balansida bo‘lgan hamda tadbirkorlik 
faoliyatida foydalanilmayotgan, fuqaro muhofazasi va safarbarlik 
ahamiyatiga molik obyektlarning. 
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan quyidagilar 
ozod qilinadi: 

sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya hamda ijtimoiy ta’minot, 
ta’lim, madaniyat va san’at tashkilotlari;

uy-joy-kommunal xo‘jaligi va boshqa umumfuqaroviy 
ahamiyatga molik shahar xo‘jaligi korxonalari. Uy-joy-kommunal va 
boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo‘jaliklari jumlasiga 
uy-joy fondini bevosita boshqarish, saqlash hamda undan foydalanishni 
amalga oshiruvchi tashkilotlar, sanitariya tozalash va yig‘ishtirish, 
obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, shaharlar hamda 
shaharchalarni tashqi yoritish, vodoprovod suv olish inshootlaridan, 
taqsimlanadigan tarmoqlardan (tozalovchi inshootlari bilan) foydalanish 
va suvni taqsimlash, kanalizatsiya tarmoqlaridan foydalanish (tozalash 
inshootlari bilan), gaz taqsimlanadigan tarmoqlardan foydalanish hamda 
gazni taqsimlash, qozonxona, issiqlik taqsimlanadigan tarmoqlardan 
foydalanish va kommunal-maishiy ehtiyojlarga hamda aholiga issiqlikni 
taqsimlashni bevosita amalga oshiruvchi tashkilotlar, xizmat 
binolarining xo‘jalik boshqarmalari, o‘t o‘chirish komandalari, uy-joy-
kommunal xo‘jaligining xo‘jalik boshqarmalari, uy-joy-kommunal 
xo‘jaligi va shahar xo‘jaligining umumfuqaroviy ahamiyatga molik 
boshqa korxonalari kiradi;


170

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin