B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

1.4. AMALIY SAN’AT
Tasviriy san’atning eng qadimiy turlaridan yana biri — 
amaliy
s a n ’a t
b o ‘lib, 
aso san
bezash s a n ’ati
deyiladi. Bu s a n ’at 
kishilarning amaliy va kundalik hayotida, turm ushida, uy-joy 
qurilishi faoliyatida, oilada, uy -ro ‘zg‘or buyumlarini bezashda 
qo‘llanadigan san’at turidir.
Amaliy san’at so‘zana-palaklarga, idish-tovoqlarga, gilam- 
poloslarga, ro ‘zg‘or-mebel buyumlariga, kiyim-kechaklarga, bosh 
va oyoq kiyimlariga, attorlik buyumlari, m ehnat qurollari, o ‘yin- 
choqlarga beriladigan badiiy-bezak kompozitsiyalaridan iborat. 
M e’morchilik san’ati darvoza, uy-joy, jamoat binolari, madaniyat 
va san’at saroylari qurilishlarida qo ‘llaniladigan badiiy va amaliy 
bezaklar, shuningdek, qurilishning o ‘ziga xos tuzilishdagi m uta- 
nosiblik ham da shakllar uyg‘unligini ifodalaydi.
Amaliy san’atning materiallari asosan oltin, kumush, mis, 
bronza, ganch, tosh, yog'och, suyak, loy, ip, gazlama va bo ‘yoq 
kabilardan iborat bo ‘ladi.
Amaliy san’at ko‘proq badiiylikka, ijodiylikka amal qiladi. 
Shu boisdan bezaklarning aksariyati takrorlanmas, tabiat ele- 
m entlaridan nusxa olib yaratilgan b o ‘lsa-da, albatta unga ijodiy 
ruh, ko‘rinish va turli elem entlar kiritiladi.
Amaliy san’at ham tasviriy san’atning boshqa turlari kabi 
ju d a qadim dan rivojlanib, kishilar turm ushini bezab keladi. 
Insoniyat juda qadim danoq o ‘zining tirikchiligini o ‘tkazish uchun 
zaruriy buyum -asboblar yasagan. Ularni asta-sekin qUlay va 
ko‘rkam qilish uchun harakat qilgan.
„Eram izdan aw algi 3- ming yillik o‘rtalariga kelib, odamlar 
misni qalay, q o ‘rg‘oshin, rux yoki surma bilan eritib, bronza 
tayyorlashni o ‘rganib olganlar“ .'
Ayrim manbalarda odam lar oltindan ham juda erta (ya’ni 
metall asridan boshlab) foydalanganliklari qayd etiladi. Haqiqatda 
ham Misr, Irlandiya, Fransiya, Shimoliy Amerikada neolit dav- 
ridan qolgan yodgorliklar orasida oltin buyumlaming nam unalari

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin