Yorug‘-soyalar rasmi chiziladigan narsalarning sirt tuzilishiga
bog‘liq holda tashkil topadi va shakllanadi. Ma’lumki, tushayotgan
yorug‘likning manbayiga qarab (tabiiy va sun’iy) nur yo‘nalishi-
ning yo‘li turlicha bo’ladi. Demak, yorug‘lik qay holatda tushishi
va uning nur yo‘llarining yo'nalishiga qarashdan ko‘ra, natura
va obyektdagi yorug'-soyalarning ko‘rinishiga qarab, rasm chizish
maqsadga muvofiqdir. Chunki rasm chizayotganda tushayotgan
nur manbayining o ‘m i o‘zgarib qolishi ham mumkin.
Yorug‘ va soyalar perspektiva qonuniga ko‘ra ham o‘zgaradi.
Yorug‘lik kuchi yuqori bo‘lsa, tushayotgan soya qisqa bo‘ladi,
yorug‘lik kuchi past bo‘lsa, soya uzayibroq ko‘rinadi,
soya va
yoruglik o ‘rtasidagi ajralish chegarasi ham xiraroq b o ‘ladi.
Soyalarning yorug‘lik manbayiga yaqin qismi to ‘q b o ‘lib,
uzoqlashgan sari esa ocharib boradi.
Rasm chizishda ko‘rish maydoniga ko‘ra ham yorug‘-soyalar
farqlanadi. Eng yaxshi ko‘rish maydonidagi yorug‘-soyalar aniq,
tiniq ko‘rinadi, o‘rtacha ko‘rish maydoni o‘rtacha, xira ko‘rish
m aydonidagi yorug‘-soyalar esa xiraroq b o ‘ladi. Bularning
ham m asi rasm chizuvchiga perspektiva qonunlari asosidagi
ko‘rinishda bo‘ladi va shunday tasvirlashga to ‘g‘ri keladi.
Xullas, perspektiva qonunlari rasm
chizuvchiga kuzatish va
ko‘rish faoliyatini narsalarning uzoqlashuvi va chetlashuvi asosida
yorug‘-soyalar hodisasini perspektiva qonunlariga bo‘ysindirgan
holda idrok etish imkoniyatini yaratadi va uni tasvirlashni shu
qonuniyatlar asosida amalga oshirishni ta ’minlashga imkon
beradi.
M a’lumki, hajmli narsalarga tushayotgan yorug‘-soyalar bu
narsalarning sirt tuzilishiga — shakli, tuzilishi va rangiga bog‘liq
bo‘ladi. Prizmatik shaklga ega bo‘lgan predmetlarda yorug‘-
soyalardagi o‘zgarish keskinlik bilan ro‘y bersa,
silindrik va shar
shaklidagi predmetlarda esa asta-sekinlik bilan o‘tiladi. Bunday
o ‘zgarishni rasm chizuvchi natura va obyektlarni sinchiklab
kuzatishi asosida o ‘rganib boradi. Ulami
shu kuzatuvlar asosida
tasvirlash mashqlari vositasida malaka hosil qiladi. Bu o ‘rinda
albatta o‘qituvchining tushunchalari va ko‘rsatmalari qo‘l keladi.
74
Rasm chizishni albatta prizmatik shakldagi predmetlardan
boshlash maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidlab o ‘tamiz. Chunki,
prizmatik predmetlar rasmini chizish, ayniqsa,
rasm chizishni
endi o ‘rganayotganlar uchun bir qator qulayliklar yaratadi.
Chunki, prizmatik shakldagi predmetlar rasm chizuvchiga, eng
avvalo, perspektiva qonunlarini, so‘ngra yorug‘-soyalarni,
ulardagi o‘zgarishlarni tezroq payqab ohsh imkonini beradi.
Prizmatik shakllar hajmli predmetlarni o‘rganish
va idrok
etishda qulaylik yaratgan holda bu ishni kub rasmini chizishdan
boshlashni tavsiya etadi.
Dostları ilə paylaş: