madaniyati yaxshi rivojlanganligidan dalolat beradi. Qoyalarga
o ‘yib yoki turli tabiiy bo ‘yoqlarda
ishlangan rasm-suratlar ham
ajdodlarimizning juda qadimdan rasm chizish bilan shug‘ullanib
kelganligini bildiradi.
E ram izdan avvalgi 1- ming yillik boshlarida 0 ‘zbekiston
hududida dastlabki quldorlik davlatlari paydo b o ‘la boshlaydi. Bu
„Katta Xorazm“ davlati bo ‘lib, unda zardushtiylik dini shakllanadi.
Bu dinning paydo b o ‘lishi tasviriy san’atning rivojlanishiga imkon
yaratdi. Chunki bu din tasviriy san’atni taqiqlamadi. Shu davrda
qurilgan
ibodatxona-yu, ehrom lar katta e ’tibor bilan bezatilgan.
Shunga ko‘ra bu davrda tasviriy san’atning ko‘plab tur va janrlari
rivojlandi.
Endi rasm chizish, grafika, haykaltaroshlik, amaliy san’at
va m e’morchilik bilan maxsus kishilar shug'ullana boshlaydilar.
U lar dastlab o ‘z san’atlarini oila a ’zolariga, keyinchalik iste’dodli
bolalami
shogirdlikka olib, ularga o ‘rgatganlar. Ulardan iste’dodli
rassomlar, m e’m or, amaliy san’at ustalari yetishib chiqqanlar.
Xorazm, Farg‘ona, Surxondaryodagi m anbalardan bizgacha yetib
kelgan san’at asarlarining nam unalari bundan dalolat beradi.
C hunonchi, „Jangchi Sak“ , ,,A frodita“ , ,,R ito n lar“ devoriy
rasmlarini ta ’kidlab o ‘tish joiz.
0 ‘rta asr boshlarida 0 ‘zbekistonda san ’at va m adaniyat
beqiyos darajada rivojlana boshladi.
Qadimgi Xorazm, Termiz,
Sam arqand, Farg‘onada san’atning barcha turlari rivoj topdi.
Fanning buyuk allomalari, Xorazmiy (787—850), Forobiy (870—
950), B eruniy (973—1048), Ib n Sino (980—1037) kabi fan
daholari, buyuk m e’m orlar yetishib chiqdilar. U lar m e’morchilik
sa n ’atining m o n u m en tal nazariy asosini yaratdilar. Forobiy
o‘zining 10 tom lik „M e’morchilik muhandisligi“ nom li asari bilan
jahon m e’morchiligi san’atida ulkan meros qoldirdi.
Sodiq Afshor (Navoiy zamondoshi)
rasm chizishni nazariy
jihatdan asoslagan va rasm chizish uslubi haqidagi „Q onun as
Suvor“ — „Rasm chizish qonuniyatlari“ nom li asarini yozib,
tasviriy san ’at nazariyasi va am aliyoti ravnaqiga o ‘z ulushini
qo ‘shdi. Shuningdek, Qozi A hm adning „X attotlar va musav-
virlar“ nom li asarida rasm chizish,
chiroyli yozuv, xattotlik,
Dostları ilə paylaş: