138
d) shartnoma tuzish.
Javob: a)
va
b),
kelishuvlar nazariyasi transaktsiya xarajatlari o’sishining
asosiy omili sifatida iqtisodiy muhitning bir xil emasligiga e’tiborni qaratadi .
Iqtisodiyotda kelishuvlar nisbati o’ta beqaror, bu
iqtisodiy agentlarga umumiy
qabul qilingan “o’yinlar qoidalari” asosida harakat qilishga halaqit beradi. Bunday
sharoitda axborotni qidirish xarajatlari (axborotning yakuniy manbai mavjud
emas) va monitoring xarajatlari o’ta yuqori, chunki axborotning asimmetrikligi va
umumiy qabul qilingan “o’yinlar qoidalari”ning mavjud
emasligi opportunistik
xatti-harakat uchun zamin hozirlaydi.
3–misol. Biznesni tashkil etish aktsiyadorlik shaklining mutlaq afzalligi
to’g’risidagi fikr to’g’rimi?
a) ha;
b) yo’q.
Javob: b),
biznesni tashkil etish u yoki bu shaklining afzalligi
hamma vaqt nisbiy
bo’lib, biznesning tavsiflariga va taqqoslash mezonlariga, masalan, boshqa tashkiliy
muqobil variantlar doirasida transaktsiya xarajatlarining miqdoriga bog’liq.
KEYSLAR
Keys 1. Bozor iqtisodiyotida institutlarni import qilishda davlatning
maqsadi
Bozor iqtisodiyotida davlatning oliy maqsadlari bo’lib iqtisodiy rivojlanish va
jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish
hisoblanadi.
Boshqa maqsadlar aynan ushbu ikki maqsaddan kelib chiqadi.
Davlat iqtisodiyotni tartibga solar ekan birinchidan:
YaIMni o’stirish;
ishsizlikni minimallashtirish;
barqaror baholar darajasini ta’minlash;
tashqi iqtisodiy muvozanatni, ya’ni to’lov
balansining ijobiy
(musbat) qoldig’ini ta’minlash maqsadlarini ko’zda tutadi.
139
Ikkinchi tartibdagi maqsadlarga foydani ko’paytirish uchun qulay qonunchilik
bazasini yaratish va raqobatni keng yoydirish, ishlab chiqarishga
innovatsiyalarni
joriy qilish, iqtisodiyotning davriy tebranishlari darajasini kamaytirish,
atrof
muhitning qoniqarli holatini ta’minlab turish, aholini ijtimoiy himoya qilish kabilar
kiradi.
Dostları ilə paylaş: