24
qilinganda esa – ikkala strategiya ham bir xil natija beradi. Shuning uchun, Nesh
bo’yicha ikkita (N
1
, N
2
) muvozanat (4; 4) va (0; 10) nuqtalarida turibdi: A firma
bozorga kiradi, B firma esa ishlab chiqarish hajmini pasaytiradi; yoki A firma
bozorga chiqmaydi, B firma esa ishlab chiqarish hajmini pasaytirmaydi. Bunga
ishonch hosil qilish oson, chunki ushbu nuqtalarda ishtirokchilardan hech biri o’z
strategiyasini o’zgartirishdan manfaatdor emas.
Shtakelberg bo’yicha muvozanat
.
Faraz qilaylik, birinchi bo’lib A firma
qaror qabul qiladi. Agar u bozorga kirishga qaror qilsa, pirovardida (4; 4) nuqtada
bo’ladi: B firmaning tanlashi ushbu vaziyatda bir xil, 4>-2. Agar u bozorga
chiqmaslikka qaror qilsa, yakun ikki nuqta (0; 10): B firmaning qarori ikkala
variantni ham qo’llash imkonini beradi. Buni bilgan holda, A firma, 4 va 0 ni
taqqoslab, o’z foydasini (4; 4) nuqtalarda ko’paytiradi. Qarorlar bir xil va
Shtakelberg bo’yicha birinchi muvozanat St
A
(4; 4) nuqtalarda bo’ladi. Huddi shu
tariqa, birinchi bo’lib qarorni B firma qabul qilganda, Shtakelberg bo’yicha
muvozanat St
B
(0; 10) nuqtalarda bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: