85
qilishga majbur etgan narsalarga qaraganda o’z istaklariga mos keladigan narsalarni
yaxshi qilishadi. Qadriyatlar tizimini bilish korxonada yuz berayotgan barcha tub
jarayonlarni tushunish imkonini beradi.
Amaliyot.
Toshkentdagi
savdo
kompaniyasi
rahbariyati
sanoat asbab-uskunalari tovarining bir turini ishlab chiqaruvchi zavod bilan
birlashishga qaror qildi. Ikkala korxonaning ham direktorlari
va xodimlari ish
jarayonida uzviy aloqada bo’lishdi, ikkala korxonaning ham yagona kompaniya
doirasidagi qo’shma faoliyat haqidagi tasavvurlari shunchalik har xil bo’lib chiqdiki,
hatto birlashishning maqsadga muvofiqligini shubha ostiga qo’ydi.
Ana shunday birlashish samarasiz bo’lib chiqqan holatlarga ko’plab misollar
keltirish mumkin. Muvaffaqiyatsiz chiqqan integratsiyaning asosiy sababi sifatida
ko’pincha ishtirokchi korxonalarning korporativ madaniyatlaridagi
farqlar tilga
olinadi. Qadriyatlar xodimlarning xatti-harakatini belgilab beradi, shuning
uchun
agar qadriyatlar mos kelmasa, u holda har bir korxona xodimlarining faoliyati turli
yo’nalishlarga ega bo’ladi. Natijada korxonalar kelisha olishmaydi, samarali o’zaro
hamkorlikka ham erishilmaydi. Ular dastlab birlashib, so’ngra esa tarqalib vaqtni va
pulni boy berishadi yoki o’zaro foydani qo’ldan chiqargan holda shunchaki birlasha
olishmaydi. Harakatlarning birligiga erishish
uchun umumiy qadriyatlarni
shakllantirish zarur.
Tadbirkorlar shartnomalarni hamkorlik, yetkazib berish, to’lovlar shartlarini
muhokama qilgan holda tuzishadi, qadriyatlarni birgalikda yaratish haqida
muzokaralarni yuritish ko’nikmalari esa hali mavjud emas. Ko’pchilik uchun
muzokaralar predmeti tushunarsiz va uning ahamiyati ham noma’lum. Ushbu
sabablar tufayli mamlakatimizda mustaqil korxonalarning muvaffaqiyatli
birlashganligiga juda ko’plab misollarni keltirish mumkin. Qo’shilish asosan xarid
qilish yo’li bilan yuz beradi.
Qadriyatlar umumiy tizimini shakllantirish uchun
birlashgan kompaniyani
rivojlantirishning birgalikdagi yo’llari, kutilayotgan natijalar, missiyaning ijrosi
haqidagi tasavvurlar aniqlanishi kerak. Savdo kompaniyasi bilan bo’lgan
holatda
birlashgan kompaniyani tashkil etish uchun resurs – biznes-mafkura talab qilindi.
86
Jamoa esa buni maxsus treningda shakllantirishga kirishdi. Yangi, yagona
korxonaning missiyasi ishlab chiqildi. Korxonani tashkil etishning asosida yotuvchi
tamoyillar aniqlandi. Shu jumladan kompaniya amal qiladigan qadriyatlar ham
ishlab chiqildi, — kompaniya ishida ishtirok etuvchi yoki uning faoliyatiga jiddiy
ta’sir ko’rsatuvchi guruhlarning ehtiyojlarini qondirish.
Ana shunday guruhlar
jumlasiga quyidagilar kiradi: mijozlar, mulkdorlar, xodimlar, menejment, yetkazib
beruvchilar, sheriklar. Ushbu guruhlar bilan kompaniya o’rtasidagi o’zaro
munosabatlar tamoyillari belgilandi. Yangi sharoitda ishlash uchun qanaqa xodimlar
talab etilishi, ularni nimaga va qanday o’qitish lozimligi ma’lum bo’ldi. Kelgusidagi
motivatsiya tizimining shaklu-shamoyili paydo bo’ldi.
Bundan keyin butun jamoa harakatlarining xususiyatini belgilab beruvchi
qadriyatlar tizimining shakllanishi qilingan ishlarning yakuni bo’ldi. Ikkala
korxonaning ham xodimlari samarali o’zaro hamkorlik qilgan holda va belgilangan
yo’l bo’yicha bir yo’nalishda
harakatlanib, sa’y-harakatlarni umumiy maqsadga
erishish yo’lida birlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: