T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/58
tarix21.10.2023
ölçüsü1 Mb.
#158688
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

Tayanch iboralar:
etik me’yor; korxona etik me’yorlari; ta’qiqlash; xodimlar umumiy 
yig’ilishi. 
Nazorat savolari: 
1.
Etik me’yorlar deganda nimani tushunasiz? 
2.
Korxona etik me’yorlari xodimlarning qaysi xususiyatlari bilan
bog’liq hatti–harakatlari man qiladi? 
3.
Korxona etik me’yorlari bo’yicha qaysi hatti–harakatlarni man 
qiladi? 
4.
Korxona etik me’yorlari qanday qabul qilinadi va ular yuridik 
statusga egami? 
5.3. Biznes korxona rahbari, qabul qilish va suhbat o’tkazish etiketi
Rahbar xodimlar yuqori tashkilot yoki jamoa tomonidan 
mutaxassislar o’rtasidan tanlanadi. Ularni tanlashda bilim saviyasi, kasbi 
bo’yicha tajribasi, tashkilotchiligi va korxona (tashkilot) xodimlari 
o’rtasidagi obro’si hisobga olinadi. Bozor iqtisodiyoti davrida korxonaning 
muvaffaqiyatli faoliyat qilishida rahbar xodimlarning bilim saviyalaridan, 
tajribasidan, tashkilotchiligidan va obro’sidan tashqari, odamlar hamda 
hamkasblari bilan muomala qilish va o’zini tuta olish madaniyati o’ta katta 
ahamiyatga ega, chunki mehnat faoliyati bilan shug’ullanadigan har bir 
odam o’z vaqtining deyarli 1/3 qismini korxonada o’tkazadi. Ish vaqtining 
o’tkazilishi va xodimlarning kayfiyati korxona rahbarining rahbarlik qilish 
madaniyatiga va san’atiga bog’liq bo’ladi. 
Xodimlar bilan muomala qilish madaniyatiga, qo’yilgan maqsadlarga 
erishish uchun korxona xodimlarini jipslashtiraoladigan va ular faoliyatini 
maqsadli yo’naltiraoladigan qobiliyatiga ega bo’lga xodim rahbarligida har 
qanday og’ir mehnat ham xodimlar tomonidan jon–dil bilan va sifatli 
bajariladi. 


35 
Demak, rahbar etiketi deganda unga bo’yso’nadigan xodimlar va 
atrofdagilar bilan hurmat bilan muloqotga tushish va suhbatlar 
o’tkazishning etiket qoidalari tushuniladi. Shuning uchun ham rahbar 
xodim amaldagi etiket qoidalarini juda ham yaxshi bilishlari va bu sohada 
boshqalarga 
o’rnak bo’lishi kerak. Bundan tashqari, yuqorida 
ta’kidlanganidek, rahbar o’ta tashkilotchi ham bo’lishi lozim. Muomala 
qilish qoidalariga rioya qiladigan va muomala vositalaridan to’g’ri 
foydalanadigan, o’ziga bo’yso’nadigan kishilarni va boshqalarni hurmat 
qiladigan yuqori madaniyatli mutaxassis rahbarligida ishlash xodimlarning 
o’z burchlariga e’tiqod bilan qarash tuyg’ularini shakllantiradi, kasbiga 
bo’lgan g’ururini yana ham oshiradi, chunki bunday rahbar tomonidan 
boshqarilayotgan jamoada har bir xodimning o’z ishiga ijodiy 
yondashishiga, ularning sog’lig’iga, mehnat unumdorligiga va xizmat 
sifatining oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi muhit vujudga keladi. 
O’zining hamkasblariga va boshqalarga nisbatan faoliyati hurmatsizlikka, 
sabr–toqatsizlikka va beodoblikka hamda qo’pollikka asoslangan rahbar 
korxonasida xodimlarning o’z vazifalariga yuzaki qarashiga, ishlarni 
sifatsiz bajarishga va ruhiy charchashlarga olib keladigan janjalli 
vaziyatlar vujudga keladi. Ma’lumki, odamlarning ruhiy charchashi 
ularning sog’lig’iga va mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Rahbar bo’lib faoliyat ko’rsatishda, ta’kidlab o’tilgan fazilatlardan tashqari 
ularning ichki va tashqi madaniyat saviyasi katta ahamiyatga ega. Shu 
sababli ham bugungi bozor iqtisodiyoti davrida o’zlariga bo’yso’nadigan 
kishilar va boshqalar bilan muomala qilish madaniyatiga quyidagi jamiyat 
talablari qo’yiladi: 
-
samimiylik. Rahbar xodim o’zining qo’lostida faoliyat ko’rsatadigan 
odamlar va boshqalar bilan, shu jumladan oila a’zolari va do’stlari bilan 
ham samimiy munosabatda bo’lishi shart. Rahbar xodimlarning odamlar, 
ayniqsa birga ishlaydigan kishilar bilan, qalbaki munosabatda bo’lishi ular 
obro’sining tushib ketishiga, natijada korxonada muommali vaziyatlarning 
kelib chiqishiga hamda ko’rsatilayotgan xizmat sifatining keskin pasayib 
ketishiga olib keladi; 
-
xayrixohlik. Mutaxassis – rahbar xodimlar o’zlarining rahbarligida 
ishlaydigan hamkasblariga va boshqalarga xayrxohlik bilan qarashlari
ularning 
fikr-mulohazalariga 
quloq 
solishlari, 
korxona 
oldidagi 
muammolarni hal qilishda faol ishtirok etishlari lozim. Aks holda jamoa va
rahbar xodim o’rtasida nizoli vaziyatlar kelib chiqishi mumkin; 
-
rostgo’ylik, ya’ni haqqoniylik. Rahbar xodimlar o’zlarining 
qo’lostida ishlaydigan hamkasblariga bir ko’z bilan qaraydigan, jamoa 


36 
a’zolarini “yaqin–uzoqlarga” ajratmaydigan va doimo haqqoniy gaplarni 
gapiradigan bo’lishlari lozim; 
-
o’z so’zining ustidan chiqa olishi rahbar xodimlarning asosiy 
ahloqiy burchlardan biri bo’lib, jamoaga va boshqalarga bergan 
va’dalarining ustidan chiqa olishidir. Rahbar xodimlar va mutaxassislar 
tomonidan bu etik qoidaning amalga oshirilishi jamoa va rahbar
xodimlarning jipslashib, qo’yilgan maqsad sari faoliyat qilishlariga imkon 
beradi; 
-
vaqtida bajarish. Bu ko’rsatkich, ya’ni talab, rahbar xodimlarning 
jamoasi bo’yicha burchlarini o’z vaqtida bajarilishini bildiradi. Etiket 
qoidalariga qat’iy itoat qiladigan rahbar xodim ishga o’z vaqtida kelib 
ketadi, tashrif buyuruvchilarni ko’rsatilgan vaqtda qabul qiladi, bergan 
va’dalarining ustidan o’z vaqtida chiqadi. Rahbarning bu fazilati uning 
tarbiyalanganlik va madaniylik ko’rsatkichi hamda yaxshi muomala qilish 
talablaridan bo’lib, do’stona munosabatlarning o’rnatilib boshlanishi bilan 
bog’liq. 
Ma’lumki, rahbar xodimning ishchanligi va shaxsiy fazilatlari uning 
rahbarligidagi jamoa a’zolari bilan ishlashda namoyon bo’ladi. Rahbar 
xodimning asosiy vazifalaridan biri jamoada janjalli vaziyatlar 
chiqishining oldini olish, agar bunday vaziyatlar sodir bo’lganda undan 
muvaffaqiyatli chiqishning choralarini ko’rish hisoblanadi. Uning uchun 
rahbar xodim o’zining rahbarligida ishlayotgan kishilarni hurmat qilish, 
ular bilan do’stona munosabatda bo’lish, har bir jamoa a’zosining 
qo’shgan hissasini xolisona moddiy va ma’naviy baholash, xodimlarning 
hatti–harakatlarini boshqarishning huquqiy mexanizmlarida foydalana 
olish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. 
Yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari rahbar xodimlarga insoniy 
fazilatlar bilan bog’liq talablar ham qo’yiladi. Ular quyidagilardan iborat: 
-
o’zining qo’lostida ishlaydigan xodimlar bilan birinchi bo’lib 
salomlashishga harakat qilish; 
-
jamoa a’zolarining shaxsiy iltimoslarini ham mumkin qadar 
bajarilishiga yordam berishga harakat qilish, lekin ularning bajarilishida 
o’zining hissasi borligini hyech qachon eslatmaslik; 
-
o’zining xatolarini ham tan olish, hazilni ko’tarish va o’zining 
qo’lostida ishlaydiganlarni qo’llab–quvvatlash; 
-
o’zining qo’lostidagilarga va boshqa kishilarga nisbatan hatti–
harakatlarini tanqidiy tahlil qilish; 
-
birovni xafa qilmaslik, boshqalarga zahrini sochmaslik, o’ch 
olmaslik, birovning qachondir qo’ygan xatosini yuziga solmaslik; 


37 
-
bir kishining gapini ikkinchi kishiga yetkazmaslik, o’zining 
maqsadiga erishish uchun odamlarni bir–biriga qarama–qarshi qo’ymaslik
va boshqalar. 
Rahbarlar o’zlarining ish faoliyati yuzasidan nafaqat rahbarligida 
ishlaydigan xodimlar bilan, balki boshqa kishilar bilan ham majburiy 
muomalaga tushadi. Uning uchun har bir rahbar xodim tashrif 
buyuruvchilarni qabul qilish va ular bilan gaplashishda insoniyatga xos 
bo’lgan etiket qoidalariga rioya qilishi shart. 
Rahbar xodimlarning huzuriga tashrif buyuruvchilarni, shu jumladan 
korxona xodimlarini, qabul qilish madaniyati nafaqat xushmuomalali 
bo’lishni, qabul xonasi madaniyatini va tashrif buyuruvchilarni qabul 
qilish shakllarini ham o’z ichiga oladi, chunki korxona rahbari qabul va 
o’tirish 
xonalarining 
shinamligiga, 
dizayn 
qoidalariga 
ko’ra 
bezatilganligiga hamda rahbar ismi–shariflarining va qabul vaqtlarining 
aniq ko’rsatilganligiga qarab rahbarning umumiy madaniyati, ishining 
tashkil qilinganlik darajasi to’g’risida ham xulosa chiqaradi. Shuning 
uchun rahbarning qabul va o’tiradigan xonalari yaxshi bezatilgan, shu 
bilan birga ixcham, uning ismi–sharifi va qabul qilish vaqti chiroyli qilib 
yozilgan va tashrif buyuruvchilarga ko’rinadigan joyda osib qo’yilgan 
bo’lishi shart. 
Madaniyatli rahbar tashrif buyurgan shaxsni, uning kimligidan, 
yoshidan va boshqa xususiyatlaridan qat’iy nazar, o’rnidan turib kutib 
olishga va birinchi bo’lib salom berishga harakat qiladi. Agar tashrif 
buyuruvchi shaxs ayol kishi, yoshi yoki martabasi ulug’ kishilardan bo’lsa, 
o’tirishga yordam beradi. 
Etiket talablariga ko’ra madaniyatli rahbar xodim vaqtini tejash 
maqsadida bir necha kishini birga qabul qilmaydi, chunki odamlarning 
aksariyati boshqalar, ayniqsa begona kishilar, bor joyda o’zini noqulay 
sezadi, aytishi kerak bo’lgan gaplarini va fikrini oxirigacha ayta olmaydi. 
Bundan tashqari tashrif buyuruvchilarning shaxsi bilan bog’liq gaplarni 
eshitish birga kirgan boshqa kishilar uchun noqulay bo’ladi. 
Madaniyatli rahbar yozib qo’yilgan qabul vaqtida biron kishini yoki 
bir necha kishini ma’lum sababga ko’ra qabul qila olmasa, undan yoki 
ulardan kechirim so’rab, qabul qila olmaslik sabablarini va qaysi kun 
hamda qaysi soatda qabul qilishini aytadi. 
Rahbar xodimning madaniyatlilik belgilaridan yana biri shundan 
iboratki, kayfiyati o’ta yomon va tajang bo’lib turgan bo’lsa ham o’zining 
rahbarligida ishlayotgan xodimlarni va boshqa kishilarni ochiq chehra 
bilan kutib olishi va birinchi bo’lib salomlashishi kerak. Aks holda 


38 
rahbarning yomon kayfiyati korxona xodimlarining mehnat intizomiga va 
ko’rsatayotgan xizmat sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. 
Agar bironta sababga ko’ra tashrif buyurgan shaxs rahbarning ismi–
sharifini eslay olmasdan qiynalib yoki gapni boshlay olmasdan uyalib 
turgan bo’lsa, birinchi holda o’zining ismi–sharifini huzuriga kelgan 
mehmonga yana bir bor aytishi, ikkinchi vaziyatda esa o’zi 
xushmuomalalik bilan gapni boshlashi, masalan hol–ahvolini, sog’lig’ini 
so’rashi mumkin. 
Katta madaniyatli va kuchli irodaga ega bo’lgan rahbar tashrif 
buyurganlarga nisbatan tajanglik qilmaydi, ularning gaplarini bo’lmasdan, 
luqmalar tashlamasdan oxirigacha eshitadi. Keyin xushmuomalalik bilan 
suhbat predmetiga nisbatan o’zining fikrini bildiradi. 
Etiket qoidalariga amal qiladigan rahbar xodim qabuliga tashrif 
buyurganlar bilan gaplashish davrida stolini taqillatib yoki telefonda uzoq 
gaplashib o’tirmaydi. U suhbatdoshning gaplarini diqqat bilan tinglaydi va 
so’zlashish davrida butun e’tiborini suhbatdoshga qaratadi. Telefonda 
gaplashishga majbur bo’lganda ham suhbatdoshidan kechirim so’raydi va 
telefonda qisqa gapiradi. O’zi rahbarlik qilayotgan korxona xodimlari 
tashrif buyurganda, ularning ismi–shariflarini tilga olib gaplashadi. 
Bundan tashqari, o’zi rahbarlik qilayotgan xodimlarning va boshqa tashrif 
buyuruvchilarning ba’zi bir kamchiliklariga sabr–toqat bilan qarab, ularni 
hisobga olgan holda muloqot qiladi. 
O’zini madaniyatli deb hisoblaydigan rahbar qabuliga kelgan kishilar 
bilan gaplashishda gap predmetiga taalluqli bo’lmagan qog’ozlarni o’qib, 
boshqalarga telefon orqali qo’ng’iroq qilib, gaplashib o’tirmaydi. 
Madaniyatli rahbar tashrif qilganlar bilan baland ovoz bilan 
gaplashmaydi va ularning kayfiyatiga salbiy ta’sir qiladigan imo–
ishoralarni hamda qo’pol so’zlarni ishlatmaydi. Ko’rsatilganlardan 
tashqari, o’z rahbarligida ishlaydigan xodimlar bilan bo’ladigan 
suhbatning buyruq shakliga aylanishiga yo’l qo’ymaydi, topshiriqlarni 
ham iltimos shaklida beradi. 
Suhbatning oxirida, agar masala yechilmagan bo’lsa, tashrif 
buyuruvchiga natijasini yetkazish shaklini va vaqtini aytadi. 
Suhbatning oxirida rahbar o’rnidan turib, yaxshi tilaklar talab, tashrif 
buyuruvchi bilan xayrlashadi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin