31
Agar ayol biznesmen “Smokingli rasmiy qabul”
ga taklif qilingan
bo’lsa, u albatta uzun yoki kalta kech ko’ylakda va unga mos keladigan
tuflida kelishi lozim.
“Frakli jiddiy rasmiy qabul” da ishtirok qiladigan ayol biznesmenlar
balda kiyiladigan ko’ylakda va uzun oq qo’lqopda kelishi kerak.
Tayanch iboralar:
“Kechqurungi kokteyl” yoki “Kechki ovqat”, “Smokingli rasmiy qabul”,
“Frakli jiddiy rasmiy qabul”
Nazorat savollari:
1.
“Kechqurungi kokteyl” yoki “Kechki ovqat” qabuliga taklif qilingan
ayol biznesmenlar qanday kiyinishlari kerak?
2.
“Smokingli rasmiy qabul” ga taklif qilingan biznesmen ayollar
kiyimini bilasizmi?
3.
“Frakli jiddiy rasmiy qabul” da ishtirok etish uchun biznesmen
ayollar qanday kiyinishlari shart?
5. Biznes korxona etikasi
5.1. Korxona etikasi
Biznes – korxonaga ta’rif berishdan oldin korxona to’g’risida
ma’lumot berish ushbu band materiallarini o’quvchilar tomonidan yaxshi
tushunishga imkon beradi. “Turizm, mehmondo’stlik, servis” lug’at –
ma’lumotnomasida berilgan tavsifga ko’ra korxona deganda odamlarning
talabini qondirish va foyda olish maqsadida mahsulotlar ishlab chiqarish,
ma’lum bir ishlarni bajarish hamda xizmatlar ko’rsatish
uchun barpo
etilgan va mamlakat qonunlari asosida tashkil qilingan va faoliyat
qiladigan xo’jalik yuritishning mustaqil obyekti tushuniladi.
Korxona o’ziga xos faoliyat turini mustaqil ravishda amalga oshiradi,
ishlab chiqarish mahsulotiga va olgan foydasiga o’zi egalik qiladi.
Keltirilgan tavsifdan xulosa qilib, shuni ta’kidlash mumkinki, biznes –
korxona deganda biznes xizmati bo’yicha iste’molchilar talabini qondirish,
foyda olish maqsadida barpo etilgan va faoliyat qiladigan xo’jalik
yurituvchi mustaqil obyekt tushuniladi.
Biznes korxonalariga, biznes
turiga qarab, biznesmenlar o’z kasbi bo’yicha birlashadi.
Korxona ta’rifidan ko’rinib turibdiki, uning oxirgi maqsadi foyda
(daromad) olish va unga egalik qilishdan iborat.
32
Halollik (poklik), ochiq–oydinlik, berilgan va’daga sodiqligi,
korxona mahsuloti yoki xizmati iste’molchilarini hurmat qilish kabi hamda
korxona va iste’molchi, biznes–korxonalar, biznes–korxona
va davlat
o’rtasidagi ahloqiy mezon va me’yorlar biznes–korxonalarning etikasini
tashkil qiladi. Ulardan ko’rinib turibdiki, biznes–korxona iste’molchilarni,
hamkorlarini va davlatni aldamasdan hamda har qanday nayrang yo’llarga
o’tmasdan halollik bilan olingan foydaga egalik qilishi kerak. Bundan
tashqari biznes korxonalardan jamiyat oldida turgan maqsadlarga
erishishga ko’maklashish ham talab qilinadi.
Shunday qilib, biznes–
korxonalar o’zi faoliyat ko’rsatayotgan jamiyat oldida javobgar bo’lib,
olgan foydaning ma’lum bir qismi jamiyat ehtiyoji, manfaati va uning
takomillashishi uchun sarf qilinishi lozim.
Mamlakat iqtisodiy ahvolining holatiga qarab biznes–korxonaga etik
talablar turli darajalarda qo’yilishi mumkin. Masalan, mamlakatning
barqaror iqtisodiyotga erishish davrida biznes–korxonalarning
ushbu
sharoitlarga moslashish va omon qolish, ish joylarini va malakali
xodimlarni saqlab qolish, foyda olish hamda raqobatbardosh bo’lish
talablari qo’yiladi. Mamlakat iqtisodiyotining barqarorlashi bilan biznes–
korxonalar oldiga qo’yiladigan etik talablarining
mohiyati yanada oshadi
va kengayadi. Masalan, barqaror iqtisodiyot davrida biznes–korxonalar
oldiga muhtojlarga (bolalar uyi, qariyalar uyi, pensionerlar, nogironlar va
boshqalar)
yordam berish, korxonaning sosial javobgarlik darajasini
yanada oshirish va yangi ish joylarini tashkil etish talablari qo’yiladi.
Sosial javobgarlik deganda biznes–korxonaning ixtiyoriy ravishda korxona
xodimlarining, qishloq, shahar va o’z mamlakati aholisining sosial
muammolarini hal qilishga yordam berishi tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: