80
muddatda hal qilishda ayniqsa chaqqon telefonlarining aloqa vositasi
sifatida ahamiyati yanada oshib boradi.
Telefonda gaplashish hamkor va hamkasb biznesmenlarning bir–
birlari bilan suhbatlashishlarining bir turi hisoblanadi. Lekin bu shaklning
yuzma–yuz suhbatlashishdan farqi shundaki, gaplashayotgan kishilar bir–
birlarining yuzlarini ko’rishmaydi. Shu boisdan ham yuzma–yuz
gaplashishga qanday etik talablar qo’yilsa,
telefonda gaplashishga ham
xuddi shunday talablar qo’yiladi. Bundan faqat suhbat davrida bir–
birlariga qarab–boqishlariga va chehra holatiga qo’yiladigan talablar
istisno. Bundan tashqari telefon orqali suhbatlashishga quyiladigan eng
asosiy etik talablardan biri – bu siz telefon qilmoqchi bo’lgan hamkoringiz
yoki hamkasbingizning vaqtini, ish rejasini buzmaslikni va sizning
gaplaringizga qanday reaksiya qilishi mumkinligini hisobga olish lozim,
chunki biznesmenlarning ishi juda ham ko’p, vaqti esa tanqis bo’ladi.
Shuning uchun ham to’satdan qilinayotgan telefon jamlangan fikrlarning
bo’linib ketishiga,
ish rejasining buzilishiga, boshqa ishlar uchun vaqt
tanqisligiga olib kelishi mumkin. Shu boisdan ham siz ko’ng’iroq qilgan
masalangiz bo’yicha rad yoki qo’pol javobini olishingiz ham mumkin,
chunki hamma biznesmenlar ham juda madaniyatli emas. Natijada nafaqat
siz gaplashmoqchi bo’lgan kishining, o’zingizning ham kayfiyatingiz
buzilishi mumkin. Shu sababli ham gaplashmoqchi bo’lgan hamkor yoki
hamkasb bilan qo’ng’iroq qilish yoki uchrashish to’g’risida oldindan
kelishish lozim.
Etik
qoidalari
qo’ng’iroq qilgan kishidan birinchi bo’lib
salomlashishni, nima sababdan qo’ng’iroq qilayotganligini
aytishni va
ushbu masala bo’yicha telefonda gaplashish yoki shaxsan uchrashish
uchun qachon vaqti bo’lishi mumkinligini, suhbat qancha vaqtni olishini
va gapining oxirida vaqtini olganligi uchun kechirim so’rashni talab qiladi.
Telefonda gaplashish muddatini aniqlash biznesmenlar uchun juda
ham katta ahamiyatga ega, chunki siz qo’ng’iroq qilayotgan hamkoringiz
yoki hamkasbingiz siz aytgan gaplashish muddatiga qarab vaqt ajratadi va
rejalariga o’zgartirishlar kiritadi yoki kechirim so’rab, hozir vaqti
yo’qligini yoki qachon qayta telefon qilish kerakligini aytadi.
Ma’lumki, telefon orqali gaplashishda masalaning hal bo’lishi ko’p
vaziyatlarga bog’liq bo’ladi, chunki telefonda
gaplashish qandaydir
ma’lumotlarni berish va olish bilan bog’liq. Shu sababli ham avvaldan
notanish tashkilot va kishilarga qo’ng’iroq qilishda salomlashgandan keyin
o’zining ismi–sharifini, lavozimini aytishi lozim. Bundan tashqari
ma’lumotlar boshqa kishilarga tushmasligi uchun ma’lumot berishdan
81
oldin sizni qiziqtirayotgan masalani kim hal qilishi mumkinligini so’rash
kerak, chunki faqat yordam beraoladigan kishiga to’liq ma’lumot berish
mumkin. Agar boshqa tashkilotdan sizga qo’ng’iroq qilishgan bo’lsa, siz
ham uning masalasini kim yechishi mumkinligini aytishga harakat qiling!
Bundan tashqari yana shuni esdan chiqarmaslik kerakki, siz qo’ng’iroq
qilayotgan hamkor yoki hamkasb oldida boshqa kishilar bo’lishi va shu
sababli u sizning savollaringizga ochiq javob berishga qiynalib qolishi
mumkin. Shu boisdan ham ochiq gapirishga
imkoniyati yoki vaqti
bo’lmasa, bo’sh vaqtini va kechirim so’rab keyinroq telefon qilishingizni
aytishingiz lozim.
Suhbatdoshning telefonda ko’p vaqtini olmaslik va ish rejasini
buzmaslik uchun telefon orqali gapirilishi kerak bo’lmagan gaplarni
oldindan rejalashtirish, ularning muhimlik darajasini hisobga olib,
so’zlashish predmetining ketma–ketligini aniqlash lozim.
Yana bir narsa esdan chiqmaslik kerakki, kelishilgan vaqtdan erta
ham, kech ham qo’ng’iroq qilish mumkin emas. Qayta qo’ng’iroq qilishda
ham
yana salomlashib, ismi–sharifi aytilib, shu vaqtda qo’ng’iroq qilish
to’g’risida kelishilganligini eslatib o’tish kerak.
Amaldagi etiket qoidalariga ko’ra sizga boshqa kishilar qo’ng’iroq
qilganda u gapirayotgan gaplarga qiziqish bilan qarashni, agar ularning
qo’ng’iroqlari jamlangan fikrlaringizni va rejalashtirilgan ish tartibingizni
buzgan bo’lsalar ham suhbatdoshlarga xayrhohlik bilan qarashni va
shirinsuxon so’zlar bilan gaplashishni talab qiladi.
Telefonda gaplashish jarayonida ham qator etiket qoidalariga rioya
qilinishi kerak: birinchidan, telefon orqali baland ovoz bilan gapirilmaydi,
agar eshitish yomon bo’lsa, suhbatdoshga eshitilmayapti, qattiqrok
gapiring, qayta telefon
qiling deyish mumkin emas, chunki bunday
gaplaringiz yoningizda o’tirganlarga yoqmasligi mumkin; ikkinchidan,
kim birinchi bo’lib qo’ng’iroq qilgan bo’lsa, gapni birinchi bo’lib tamom
qilish u kishining huquqi, chunki siz boshlagan gaplarni suhbatdoshingizga
“tamom qiling” deb aytishingiz etiket qoidalariga zid bo’ladi; uchinchidan,
siz bilan boshqa kishi gaplashayotganda telefon uzilib qolsa, qayta telefon
qilishni kutish kerak, kim birinchi bo’lib qo’ng’iroq qilgan bo’lsa, u qayta
telefon qilishi kerak.
Chet mamlakatlik hamkorlarga va tanishlarga qo’ng’iroq qilishda
ham ma’lum bir etiket qoidalariga rioya qilinadi. Chet mamlakatlar
korxonalarida xodimlar doimo telefon oldida bo’lishadi va darrov javob
berishadi. Shuning uchun u taraf telefonining
ikki marta jiringlashigacha
kutish kerak. Agar shu vaqtning ichida javob berilmasa, siz qo’ng’iroq
82
qilgan kishi o’z joyida yo’q yoki o’ta band. Chet ellik tanishlarning
uylariga qo’ng’iroq qilishda u tomonda telefonning besh marta
jiringlashigacha kutish lozim; chunki sizning tanishingiz boshqa xonada
bo’lishi va telefonni kelib olguncha ancha vaqt ketishi mumkin.
Yuqorida ta’kidlanganidek, telefonda gaplashish ma’lumotlar berish
– olish bilan bog’liq. Shuning uchun ham maxsus bloknotda kim bilan,
qaysi sanada va nima to’g’risida gaplashganligi hamda nima to’g’risida
kelishilganligi yozilib borilsa, biznesmen uchun juda ham yaxshi bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: