T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/58
tarix21.10.2023
ölçüsü1 Mb.
#158688
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

Tayanch iboralar: 
biznes faoliyati; ichimliklarni ichishdan maqsad, ichish idishlari va 
sig’imlari; uy egasining asosiy xizmati; sortli va aralashtirilgan vinolar
ordinar, markali va kolleksion vinolar; ordinar, markali va kolleksion 
kon’yak; yuqori sifatli vinolar butilkasini ochish va vinoni mehmonlar 
idishiga qo’yish; qizil vinolar butilkalarining og’zini ochish va mehmonlar 
idishiga quyish; vijillab turadigan vinolar. 
Nazorat savollari: 
1. Biznesmenlar ziyofatida nima uchun vino ko’p iste’mol qilinmaydi?
2. Spirtli ichimliklarni iste’mol qilishda qaysi idish turlaridan foydalaniladi 
va ularning sig’imi qanday bo’lishi kerak? 
3. Ishlab chiqarishda uzum navlari soniga qarab vinolar qaysi turlarga 
bo’linadi; 
4. Vinolar saqlash muddatiga qarab qaysi guruhlarga bo’linadi? 
5. Ishlab chiqarish texnologiyalari bo’yicha vinolar qaysi guruhlarga 
bo’linishi mumkin? 
6. Kon’yaklar qaysi turlarga bo’linadi va ular bir - birlari bilan nimadan 
farq qiladi? 
7. Oq vinolarni ochish va mehmonlar idishlariga quyish texnologiyasini 
bilasizmi? 
8. Qizil osh vinolari butilkalarining og’zi qanday ochiladi va idishlarga 
qanday quyiladi? 
9. Vijillab turadigan vinolar butilkalarini qanday ochish va vinolarni 
idishlarga qanday quyish mumkin? 
13. Yo’l etiketi qoidalari 
13.1. Yo’l ketishga tayyorlanish 
 
Biznesmenlar o’z faoliyati bo’yicha respublikaning boshqa 
mintaqalariga, xalqaro biznes bilan shug’ullanadiganlar esa boshqa 
mamlakatlarga ham safarga chiqishadi. Ma’lumki safarga chiqish yo’l 
transport vositalarining biridan foydalanishni taqozo qiladi. Bugungi 
kunda uzoq masofalarga safarga borishda vaqtni tejashga imkon beradigan 
transport vositalaridan biri samolyot hisoblanadi. 
Safarga borishda ham xalqaro tajribada qabul qilingan etiket 
qoidalariga itoat qilish talab qilinadi. O’zbekiston fuqarosi bo’lgan 
biznesmenlar nafaqat borgan joylarida, yo’lda ketishda ham buyuk va 
qadimiy millat vakillari sifatida yuqori madaniyatli xalq vakillari 


116 
ekanliklarini unutmasliklari lozim. Etiket qoidalariga rioya qilish, ayniqsa 
chet mamlakatlarga borganda, katta ahamiyatga ega. Shu boisdan ham 
ushbu bandda chet mamlakatlarga borishda yo’l ketish etiket qoidalariga 
urg’u beriladi. Ushbu yo’l qoidalari O’zbekiston bo’yicha safarga 
chiqadigan biznesmenlarga ham to’liq taalluqlidir. 
Yo’l ketish qoidalariga itoat qilish safarga tayyorlanishdan 
boshlanadi. Yo’lga chiqishdan oldin boradigan mamlakat va u yerda 
yashaydigan xalqlarning urf–odatlari va rasm–rusumlari to’g’risidagi 
mavjud ma’lumotlar bilan tanishib chiqish lozim.
Yo’lga tayyorlanish biznesmenning qiyofasini tartibga solishdan va 
yo’l kiyimlarini tanlashdan boshlanadi. Biznesmenlar safarga chiqishdan 
oldin soqol-mo’ylovlarini qirtishlab olishlari va pokiza yuvinib–
taranishlari lozim. Bundan tashqari yo’l va borgan joylarida kiyadigan 
kiyimlarini tanlashlari va ajratib joylashtirishlari kerak. Tanlangan yo’l 
kiyimlari (ustki va oyoq kiyimlari), birinchidan, yo’lda kiyib ketish uchun 
qulay, toza va dazmollangan, rangi bo’yicha boshqa kishilarning diqqatini 
tortmaydigan hamda unda har xil hayvonlar rasmlari va boshqa rasmlar 
solinmagan bo’lishi kerak.
Yo’lda kiyiladigan kiyimlar chemondan yoki yo’l sumkasining ustida 
joylashtirilishi lozim, uning sababi kelgusi bandda ko’rsatilgan.
Safarga tayyorlanishdan tashqari tanishlar va bo’lajak hamkor uchun 
sovg’alar tanlanishi lozim. Sovg’ani tanlashda xalqning urf–odat 
qoidalarini va an’analarini hisobga olishi lozim. Bundan tashqari 
hamkorlarga beriladigan sovg’a arzon narxda va shu bilan birga orginal 
bo’lishi kerak. lekin savg’ani berishda uning narxi ko’rsatilgan qog’oz 
olinib tanashanadi, chunki sovg’a narxi bilan emas, hamkorga bo’lgan 
hurmat bilan diqqatga sazovordir. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin