187
13-BOB. MAKTABGACHA TA‟LIM TASHKILOTLARIDA
MULTIMEDIYALARDAN FOYDALANISH.
27-§.
Multimediya so‘zining ma‘nosi va kelib chiqish tarixi.
192
28-§.
Maktabgacha ta‘limda multimedialardan foydalanish.
196
14-BOB. MAKTABGACHA TA‟LIM TASHKILOTLARIDA
BOLALARNING DIZAYN FAOLIYATI
.
29-§.
Bolalar dizayni konsepsiyasi mohiyati. Bolalar dizayni
texnologiyasi.
206
30-§.
Kattaroq maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish uchun shart-sharoitlar.
211
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR
215
6
KIRISH
Yangi talablarga javob beruvchi zamonaviy, islohlashgan maktabgacha
ta‘lim muassasasi tarbiyachisining yuksak bilim va kasbiy mahoratga ega bo‗lishi
talab etiladi. Наг bir ota-ona o‗z farzandini eng bilimdon, yuksak ma‘rifatli,
mahoratli, ijodkor tarbiyachi tarbiyasiga berishni istaydi. Maktabgacha ta‘lim
pedagogikasi bo‗lajak tarbiyachilarga talabalik davridan boshlab, maktabgacha
ta‘linming asl mohiyati bola va tarbiyachining hamkorlik faoUyati ekanligini, bola
tarbiyasining maqsadini, bola ruhiyatini rivojlantirish qoidalariga amal qilishni
o‗rgatadi. O‗z kasbining mohir ustasi bo‗lish uchun tarbiyachi maktabgacha ta‘lim
pedagogikasi fanini chuqur egallashi lozim. Maktabgacha ta‘lim pedagogikasi
o‗quv-tarbiya faoliyatini tashkil qilish vosita va usullarini o‗quv-tarbiya jarayonida
kelib chiqadigan muammolar va uning yechimini to‗g‗ri hal qila bilish, innovatsion
texnologiya usullaridan foydalanish, qiyinchiliklarning to‗g‗ri yechimini topishga
yo‗naltiradi. Maktabgacha ta‘lim pedagogikasi fani eng muhim asosiy pedagogik
munosabatlar sabablarini aniqlaydi, uni pedagogik jarayonda o‗rganadi. Ushbu fan
bo‘lajak tarbiyachilani maktabgacha ta‘lim muassasalarida tarbiyachilik faoliyatiga
tayyorlaydi. Shu sababdan o‗quv qo'llanmada maktabgacha pedagogika fanining
nazariy va amaliy masalalarini yoritib berishga alohida e‘tibor qaratildi.
Maktabgacha ta‘lim pedagogikasi fani inson kamolotiga qaratilgan, xalq yaratgan
boy tajriba, ilmiy tadqiqotga doir nazariy va metodik manbalarga, jahon
mutafakkir, m a‘rifatparvar pedagog olimlarining asarlariga suyangan holda komil
insonni tarbiyalashning qonun, qoida va tamoyillariga asoslanadi. Maktabgacha
ta‘lim pedagogikasining milliy asoslari: ta‘lim tarbiya masalalari, har bir
millatning milliy merosiga, umum-bashariy qadriyatlariga bog‗langan holda
bog‗cha yoshidan boshlab o‗zligini anglash, erkin fikrlash, g‗urur tuyg‗ularini
shakllantirishga
qaratiladi.
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‗llanmani tayyorlash
O‗zbekistonda barkamol avlod ma‘naviyalini shakllantirish borasidagi islohotlar,
maktab faoliyatini modernizatsiyalash, ya‘ni ta‘lim-tarbiya ishlari samaradorligini
oshirishga doir MTM Konsepsiyasi, «Davlat talablari», MTM Nizomlari hamda
7
«Bolajon» tayanch dasturi asosida yaratilib, amaliyotda qollanilayotganligi
masalalariga e‘tibor qaratildi. Mazkur o‗quv-uslubiy qo‗llanma oliy ta‘limning
maktabgacha ta‘lim yo‘nalishi, pedagogika kasb-hunar kolleji o‗quvchilariga
mo‗ljallangan. Maktabgacha ta‘lim pedagogikasi fanini chuqur o‗rganib, har bir
bola qalbini zabt etuvchi murabbiy — ustoz bo‗lishlarida o‗quvchilarga omad
tilaymiz.
|