473 NATIJA Syujetli-rolli o‘yinlarga rahbarlik qilish quyidagi asosiy bosqichlarda amalga
oshiriladi.
1 - bosqich. Bolalarning qiziqishlarini, ulardagi syujetli o‘yinlar rivojlanishi darajasini
o‘rganishning asosiy vositasi quyidagilar:
- bolalar o‘yinlarini kuzatish,
- o‘yin rivojining asosiy yo‘nalishlari, o‘yin mavzusi, o‘yin mazmuni, bola o‘yin
faoliyatining rivoji, o‘yinda o‘zaro munosabatlarning rivojlanishi bo‘yicha tavsifnoma
tuzish;
- o‘yinga rahbarlik maqsadini aniqlash.
2 – bosqich. Kattalarning o‘yin mavzui va mazmuniga ta’sir etishi:
- o‘yin mavzui bo‘yicha sayohat va maqsadli sayrlar;
- suhbatlar;
- badiiy asarlar va hikoyalar o‘qib berish;
- illyusrativ rasmlar ko‘rsatish;
- mavzu bo‘yicha turli mashg‘ulotlar;
- tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari
3 – bosqich. o‘yinga tayyorgarlik (o‘yin o‘ynash uchun maxsus joy, o‘yinchoqlar va
o‘yin materiallari):
- tayyor o‘yinchoqlarni tanlash;
- qo‘lda yasalgan o‘yinchoqlar.
Bunda bolalarning mustaqil shug‘ullanishlari uchun o‘yin zonasini tashkil etish.
4 – bosqich. Bolalarni o‘ynashga o‘rgatish (o‘yin jarayoni va boshqa narsalarni o‘yinda
aks ettirish):
- o‘yinchoq va uning o‘rnini bosuvchi buyumlar ta’sirini o‘rganish;
- o‘yinda xayoliy tasavvurlarni aks ettirishga o‘rgatish;
- o‘yinda so‘zlardan foydalanishga o‘rgatish;
- o‘yinda harakatlarni hisobga olish malakalarini shakllantirish;
- so‘z va harakat;
- harakat va o‘yin materiali,
- so‘z, harakat va o‘yin materiali o‘yinning tili xisoblanadi.
5 – bosqich. o‘yinda ahloqiy munosabatlarga ta’sir etish, bolalar jamoasi, xulq-atvor,
madaniyat, o‘yin faoliyatida o‘yin madaniyatini shakllantirish:
- ma’lum o‘yin mavzuiga nisbatan bolalarning his-tuyg‘ularini uyg‘otish;
- bolalarga o‘yinni avvaldan rejalashtirish elementlarini o‘rgatish;
- o‘yinda rol va o‘yinchoqlarni oqilona tag‘simlashga o‘rgatish;
- tengdoshlari bilan ahil o‘ynay olish madaniyatini tarbiyalash;