48
yuritish uchun menejerlarga vakolatni beradilar. O‘zaro jamg‘armalar investorlari
esa, mablag‘larini qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish tuzilmasini ishlab
chiqish bo‘yicha vakolatni jamg‘armalarning qimmatli qog‘ozlar portfellarini
boshqarish bo‘yicha menejerlariga taqdim etadilar. Bu qaror qabul qilish bilan
bog‘liq bo‘lgan risk uchun javobgarlik olib boradigan odam yoki tashkilot, ushbu
qarorlarni qabul qilish bo‘yicha o‘z vakolatini boshqa
bir tashkilot yoki shaxsga
berishini bildiradi. Shunday risk uchun javobgarlikni topshiradigan shaxslar (yoki
tashkilotlar)
komitentlar
deb ataladi. Ushbu vakolatni qabul qiluvchilar esa
komissionerlar
deb ataladi.
Komitentning komissioner bilan munosabati
muammosi (principal-agent
problem) shundaki, komissioner ko‘pincha komitent agar komissioner bilgan
barcha bilimlarga egalik qilganida qabul qilgan qarorlaridan va o‘zi mustaqil qabul
qilishi mumkin bo‘lgan qarorlaridan farqlanuvchi qaror-larni qabul qiladi. Buning
natijasida komissionerlar va komitent-larning manfaatlari o‘rtasida ko‘pincha
ziddiyatlar kelib chiqadi. Nostan-dart (noandozaviy)
vaziyatlarda komissionerlar,
hattoki, o‘zlarining komi-tentlari manfaatlariga qaramasdan harakat qilishlari
mumkin. Bunday holat, masalan, fond brokeri «sutdan yog‘ olish» deb
nomlanadigan ish bilan shug‘ullansa, ya’ni mijozga hech qanday foyda olib
kelmaydigan, lekin brokerning komission summasini oshiradigan ko‘psonli
bitimlarni mijozning hisobidan amalga oshirganida kelib chiqadi.
Buning yanada tushunarli bo‘lishi uchun e’tiboringizni quyidagi “qo‘lbola”,
“jaydari” o‘zbekona misolga qaratmoqchimiz: ma’lumki, ko‘pka-riga (uloqqa)
yaraydigan kuchli otga hamma chavandoz ham ega bo‘lavermaydi. Xuddi
shuningdek, shunday kuchli otga ega bo‘lganlarning
hammasi ham chavandoz
bo‘lmasligi mumkin. Bunday sharoitda otning egasi o‘z otini kuchli chavandozga
“chopish uchun” taqdim etishi, tabiiy. Shunga o‘xshash, chavan-dozning ham
o‘zganing kuchli otidan ko‘pkari (uloq) davomida “chopishidan” o‘zga chorasi
qolmaydi. Shu munosabat bilan, ko‘pkari (uloq)da qo‘lga
kiritilgan yutuq
(solim)lar chavandoz va otning egasi o‘rtasida, odatda, qanday taqsimlanishini
bilasizmi? Hech joyda yozma ravishda qayd etilgan bo‘lishiga qaramasdan, azal-
azaldan, bu narsa (yutuq)ni taqsimlashda quyi-dagiga rioya qilinadi: pulli yutuqlar
– chavandozniki, natural ko‘rinishdagi yutuqlar (uloq, gilam, tuya, ho‘kiz, mashina
va h.k.lar) esa – otning egasiniki. Bunday sharoitda chavandoz bilan otning egasi
o‘rtasidagi munosabatlarning qanchalik uzoq vaqt davom etishi yoki uning doimiy
xarakterga ega bo‘lishi, boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda, chavandozning
xolisona xatti-harakatiga bog‘liq. Agar chavandoz har safar ko‘pkari (uloq)da
o‘zaro manfaatlar mushtarakligiga intilib harakat qilsa –
nur ustiga, a’lo nur –
o‘zaro munosabatlar davom etadi. Aksincha, ko‘pkari (uloq) davomida solim pulli
e’lon qilinganda har safar o‘zini o‘tga ursa-yu, natural ko‘rinishdagi solim e’lon
qilinganda esa – to‘dadan chetga chiqib, oddiy tamoshabinga aylanib, ayyorlik
qilsa – o‘sha zahotiyoq yoki navbatdagi ko‘pkari (uloq)da kuchli otdan umid
qilmasa ham bo‘laveradi. Chunki bu yerda otning egasi va chavandoz manfaatlari
o‘rtasida ziddiyatning kelib chiqqanligi shuni taqozo etadi.
49
Agar moliyaviy tizim to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatsa, unda yuqorida qayd qilingan
stimullashtirish muammolarini hal qilishga yordam beradi.
Bu esa moliyaviy
resurslarni birlashtirish imkoniyati, riskni taqsimlash va ixtisoslashtirish kabi
ushbu tizimning afzalliklaridan yanada samara-liroq foydalanish imkoniyatini
taqdim etadi. Jumladan, masalan, kredit faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan
stimullashtirish
muammolarini kamaytirish uchun, qarz oluvchi o‘zining
majburiyatlarini bajarmaganda, qarz beruvchiga uning ish aktivlarini xatga olish
(arest) huquqi berilishini o‘z ichiga oluvchi
Dostları ilə paylaş: