106
mutlaqo har xil bo‘lishi va, shu bilan birga, aktivlar daromadliligi ko‘rsatkichlari
bir xil bo‘lishi mumkin. Masalan, odatda, supermarketlarning sotuvdan rentabellik
ko‘rsatkichlari past, aktivlar aylanuvchanligi ko‘rsatkichlari yuqori bo‘ladi.
Qimmat zargarlik buyumlari qimmat do‘koniga esa buning aksi xos. Ammo ikkala
do‘konning aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti bir xil bo‘lishi mumkin.
Aytilganlarni misolda ko‘rish uchun, keling, aktivlar daromadliligi
koeffitsiyenti bir xil, ya’ni 10,0%ga teng ikkita firmani ko‘rib chiqamiz. Birinchi
firma – bu supermarketlar tarmog‘i, ikkinchisi esa –
kommunal xizmatlar
ko‘rsatishga ixtisoslashgan firma bo‘lsin. 13.2-jadvaldan (navbatdagi betga qarang)
ko‘rinib turganidek, supermarketlar tarmog‘ining
sotuvdan daromadlilik
koeffitsiyenti “past” (2,0%) va u o‘z aktivlarini yiliga besh marta aylantiribgina
aktivlar daromadliligi ko‘rsatkichini 10,0% li ko‘rsatkichga olib chiqadi. Ko‘p
kapital talab qiladigan kommunal xizmatlar sohasiga kelsak, bu sohada ishlaydigan
firmaning aktivlar aylanuvchanligi koeffitsiyenti (ATO) yiliga atigi 0,5
martaga
teng bo‘lsa-da, sotish rentabelligi yuqori, ya’ni 20,0% bo‘lgani
uchun u ham
10,0%lik aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti (ROA)ga ega.
13.2-jadval
Dostları ilə paylaş: