107
hal etadi. Atamani (“dastak”)
tanlash fizika qonun-lari, ya’ni biron dastak
yordamida sarflanayotgan kuchni ko‘paytirish mumkinligi qonuni bilan bog‘liq.
Moliyaviy “dastak” samarasi yordamida kompaniya aksiyadorlari o‘z kapitalidan
foydalanish daromadliligi koeffitsiyentini (ROYe) oshiradilar. Biroq bunda mazkur
koeffitsiyentning
firmaning
ishlab
chiqarish
faoliyatidagi
samaradorlik
tebranishiga sezuvchanligi oshadi. O‘z
navbatida, firmaning ishlab chiqarish
faoliyati samaradorligi aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti (ROA) tufayli
o‘zgaradi.
Boshqacha qilib aytganda, moliyaviy “dastak” samarasidan foydalanar
ekanlar, firma aksiyadorlari ham moliyaviy va ham ishlab chiqarish (operatsion)
riski bilan to‘qnashadilar.
Aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti (ROA) qarz olingan mablag‘ bo‘yicha
foiz stavkasidan yuqori bo‘lsa moliyaviy “dastak” koeffitsiyenti oshganda kapital
daromadliligi koeffitsiyenti (ROYe) ham oshadi. Bu – tushunarli, albatta, chunki:
agar aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti qarz olingan mablag‘ bo‘yicha foiz
stavkasidan yuqori bo‘ladigan bo‘lsa, firma investitsiya
qilgan kapitaldan foyda
oladi va foyda summasi firma o‘z kreditorlariga to‘lashi kerak bo‘lgan summadan
yuqori bo‘ladi. Shu tufayli ortiqcha mablag‘ hosil bo‘ladi va bu mablag‘ firma
aksiyadorlari o‘rtasida taqsimlanadi. Demak, kapital daromadliligi koeffitsiyenti
ortadi. Agar aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti qarz olingan mablag‘ bo‘yicha
foiz stavkasidan past bo‘ladigan bo‘lsa, u holda aksiyadorlar bunday mablag‘ni
yollamaslikni afzal ko‘radilar.
Masalan, faraz qilaylik, “A” kompaniyasi moliyaviy “dastak”dan foydalanadi.
Aksincha, “B” kompaniyasi esa undan foydalanmaydi. Keling,
kompaniyalar
kapitalining daromadlilik koeffitsiyentini (ROE) ikki xil vaziyatda, ya’ni foiz
stavkasi (1) 10,0% va (2) 15,0% bo‘lganda solishtiramiz. Natijalar quyidagi 13.3-
jadvalda aks ettirilgan.
13.3-jadval
Dostları ilə paylaş: