O’simliklarning o’sishi va rivojlanishi fiziologiyasi O’simliklarning o’sish va rivojlanishi to’g’risida umumiy tushunchalar.
O’sishning umumiy qonuniyatlari. O’sish turlari: apikal, bazal, interkalyar,
radial. O’sish fazalari: embrional, chuzilish, ixtisoslashish (diffirensiasiya).
Hujayra sikli. Chuzilish fazasida hujayraning o’sishi va auksin ta’sirining
mexanizmi. Hujayra va to’qimalarning ixtisoslashishi, determinasiya jarayoni.
O’simlik hujayrasining totipotentligi. Genom ekspressiyasi. O’sish ritmi.
Sirkadli ritmika. Biologik soatlar. Omillarining o’sishga ta’siri. O’sish
jarayonlarining
boshqarish
mexanizmlari.
Fitogormonlar:
auksinlar,
gibberellinlar, sitokininlar, etilen, abssiz kislotasi (tuzilishi va fiziologik ta’siri).
Tabiiy o’sish ingibitorlari va ta’sir mexanizmlari. Sintetik o’sish ingibitorlari va
stimulyatorlari, ularning amaliyotda qo’llanilishi. Yuksak o’simliklarning hayot
sikli. Ontogenezning asosiy boskichlari: embrional, yuvenil, voyaga yetish,
ko’payish, qarish. Rivojlanishni boshkaruvchi ichki va tashki omillar.
O’simliklar rivojlanishiga harorat va yoruglikning ta’siri. Yarovizasiya.
Fotoperiodizm. Fitoxrom tizimi. Gullashning gormonal nazariyasi. Meva va
urug’larning pishishi. Qarish jarayoni. Ajratib olingan murtak, organlar,
tuqimalar, hujayralar, protoplastlarini o’stirish. Hujayra biotexnologiyasi.
O’simlik hujayralarini o’stirishdan amaliyotda foydalanish yo’llari.
Protoplastlarni ajratish va o’stirish usullar.
O’simliklarning harakatlari. Hujayra ichki harakatlari. Yuqorigi o’sish.
O’simliklarning
harakatlanishi.
Tropizmlar.
Nastiyalar.
Seysmonastik
harakatlar. Korrelyasion samaralar. Harakatlanish usullarining evolyusiyasi.
O’simliklarning noqulay omillariga chidamliligi Chidamlilik-o’simliklarning yashash muhitiga moslashuvidir. Ekologik
stressga nisbatan o’simliklar adaptiv reaksiyalarining umumiy prinsiplari. Stress
oqsillar. O’simliklarning kurg’oqchilikka chidamliligi. Tuproq va atmosfera
kurg’oqchiligi. O’simlik to’qimalarida fiziologik-biokimyoviy jarayonlarning
buzilishi. Kserofitlarning kurg’oqchilik sharoitiga moslashish yo’llari. Moddalar
almashinuvining ortiqcha namlikda buzilishi. Anoksiyaga chidamlilik. Tuproq
anaerob mikroorganizmlari faoliyatining faollanishi. O’simliklarga yuqori
haroratning ta’siri. Issiqlikka-chidamlilik. Sovuqqa va o’ta sovuqqa chidamlilik.
O’simliklarni chiniqtirish. Yashash muhitining o’simliklar qishga chidamligiga
ta’siri. Qishki-kuzgi faslda boshqa ob-havo sharoitlarining chidamlilikga ta’siri.
Tuproqning sho’rlanishi (sho’rtob, sho’rxok). Sho’rlanish turlari va ularining
fiziologik jarayonlarga ta’siri. O’simliklarning sho’rga chidamliligini oshirish
usullari.
O’simliklarning
gazlar
va
ksenobiotiklarga
chidamliligi.
O’simliklarning radiasiyaga chidamliligi. O’simliklarning og’ir metallarga
chidamliligi.
Chidamlilikning
umumiy
mexanizmlari
va
moslashishi
jarayonining tuzilishi. Stress fiziologiyasi.