164
Achitish jarayonida hosil bo‘lgan biogazlar gazgolderga keyin iste’molchiga
uzatiladi. Chiqindilarni achitish temperaturasigacha (45-55
0
S) qizdirish uchun va
metantenkda issiq rejimni saqlashga issiqlik almashuvchi (telpoobmennik) element
orqali qozonda qaynatilgan issiq suv oqib turadi. O‘zbekiston issiqlik iqlimi uchun
bunday suv isitib turishga ketadigan biogaz miqdori metantenkdan chiqadigan
umumiy gazning 10...20% ga teng. Achitqi chiqindilar ular to‘planadigan joyga
yig‘ilib so‘ngra dalaga jo‘natiladi.
Ishlab chiqilgan biogaz miqdori va quduq chiqindi o‘g‘it sifati faqat
temperaturaga emas balki mahsulotni achitish davomiyligiga bog‘liq. Metantenkda
masalan, 5 sutka davomida chiqindini achitishda biogaz 50% ga, 10 sutkada 90%ga
va 20 sutkada esa 98% maksimal imkoniyat darajasidan olinadi. Mahsulotni achitish
davomiyligiga ko‘ra, metantenk zaruriy hajmi aniqlanadi hamda nasoslar yordamida
qo‘shiladigan chiqindi miqdori ham hisobga olinadi. Ayrim hollarda achitish
jarayonini tezlashtirish maqsadida biogaz bir qismi gazgolderdan kompressor
yordamida metantenk pastki qismiga haydaladi va metantenkdagi butun massa
aralashuviga erishiladi. Bu maqsadda kerakli aralashtirgich qurilmalari ham
ishlatiladi.
Tadqiqotlar ko‘rsatilishicha, anaerob usulida chiqindi va mahsulotni qayta
ishlash orqali quyidagicha biogaz miqdorini olish mumkin:
-
300 m
3
biogaz 1 t quruq qoramol chiqindisidan;
-
500 m
3
biogaz 1 t quruq cho‘chqa chiqindisidan;
-
600 m
3
biogaz 1 t quruq qushlar chiqindisidan.
Bir jon boshiga to‘g‘ri keladigan biogaz ko‘rsatkichlari 8.1-jadvalda
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: