Uyqu arteriyasining tashqi va ichki arteriyalarga tarmoqlanuv-
chi joyida sinokarotidli refleksogen zona joylashgan. Aynan shu
joyda karotidli sinusda qon bosimi ko'tarilganidan qo'zg'aladigan
pressoretseptorlar joylashgan. Sinokarotidli. nerv bo'ylab q o 'z g 'a -
lish (tiltomoq nervlari tarkibida) uzunchoq miyagacha yetib boradi.
Qon bosimini tenglashishiga olib keluvchi keyingi mexanizm lar
xuddi aortal refleksogen zonalaridagi reaksiyalar kabi kechadi.
Qon aylanishining gumoral boshqarilishi.
Yurak va tomirlar
faoliyatiga qon tarkibidagi kimyoviy moddalar ham ta'sir k o 'rsa
tadi. Buyrak usti bezidan adrenalin gormoni ishiab chiqiladi va u
yurak faoliyatini kuchaytiradi va tezlashtiradi. qon tom irlar teshigi-
ni toraytiradi. Parasim patik nervlarning uchlarida
atsetilxolin
hosil
bo'ladi, u esa, o ’z navbatida, qon tomirlari teshiklarini kengayti-
radi va yurak faoliyatini sekinlashtiradi va zaiflashtiradi. M odda
lar almashinuvi natijasida hosil bo'ladigan ayrim tuzlar ham yurak
ishiga ta'sir ko'rsatadi. M asalan, qon tarkibida kaliy ionlari kon-
sentratsiyasining ko'payishi yurak ishini tormozlasa, kalsiy tuzlari
ionlari konsentratsiyasini ko'payishi yurak faoliyatining tezlashishi
va kuchayishini chaqiradi.
Gumoral ta'sirlar qon aylanish tizimi faoliyatining nerv bosh
qarilishi bilan uzviy bog'liq. Qonga ajralavotgan kimyoviy m od
dalarning o'zlari va ularning qon tarkibidagi konsentratsiyasini
m a'lum darajada saqlab turilishi asab tizimi bilan boshqariladi.
Qon aylanish tizim ining barcha faoliyati organizmni turli sha-
roitlarda zarur miqdordagi kislorod va to'yim li moddalar bilan
ta'm inlashga, hujayralar va a'zolardan almashinuv mahsulotlarini
chiqarishga, qon bosimini doimiy darajada saqlashga qaratilgan.
Bu esa organizmning ichki muhitini doimiyligini saqlash uchun
sharoit yaratadi.
Dostları ilə paylaş: