Fiziologiyasi va gigiyenasi


 ‘pka.  Ingichka bronxiolalar o'pkaning bo'laklariga kiradi va  uning ichida  oxirgi brottxiolalarga



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

0 ‘pka. 
Ingichka bronxiolalar o'pkaning bo'laklariga kiradi va 
uning ichida 
oxirgi brottxiolalarga
bo'linadi. Bronxiolalar xal-
www.ziyouz.com kutubxonasi


tachali alveolar yo'llarga tarmoqlanadi, ularning devorlarida juda 
ko'plab o'pka pufakchalari - alveolalar hosil bo'ladi.
A lveolalar nafas yo'llarining oxirgi qismi hisoblanadi. O 'pka 
pufakchalarining devori bir qavat silliq epitelial hujayralardan 
tashkil topgan va har bir alveola tashqi tomondan qalin kapillarlar 
to'ri bilan o'ralgan. A lveollalar va kapillarlar devori orqali gazlar 
almashinuvi kechadi - havodan qonga kislorod, qondan esa alveo- 
lalarga karbonat angidrid gazi va suv b u g ia ri o'tadi.
O 'pkada 350 minggacha alveolalarni sanash mumkin. ularning 
yuzasi esa 150 m : gacha yetadi. Alveolalarning katta yuzasi juda 
yaxshi gazlar almashinuvini ta'm inlaydi. Bu yuzaning bir tomoni- 
da doimiy ravishda tarkibi bo'yicha yangilanuvchi alveolar havo 
tursa. boshqa tom onida esa qon tomirlari b o ’ylab oquvchi qon tura­
di. Alveolalarning keng yuzasi orqali kislorod va karbonat angid­
rid gazlarining diffuziyasi amalga oshadi. Jismoniy ish bajargan 
paytda, y a ‘ni chuqur nafas olish paytida alveolalar jiddiy daraja- 
da cho'ziladi. nafas olish yuzasining o'lcham i ancha kengayadi. 
Alveolalarning umumiy yuzasi qancha katta bo'lsa, gazlarning dif­
fuziyasi shuncha jadal kechadi.
Har bir o'p k a seroz po'stloq bilan qoplangan bo'ladi va plevra 
deb ataladi. Plevraning ikki varag' i bo'lib. ulardan biri o'p k a bi­
lan zich yopishgan bo'lsa. ikkinchisi ko'krak qafasiga yopishgan 
bo'ladi. Plevralar varag' i orasida uncha katta bo 'lm ag an
plevralar-
aro bo ‘sh!iq
bo'lib. seroz suvuqligi (1-2 ml) bilan to 'lg an bo'ladi 
va u nafas harakatlari paytida plevra varaqlarining ishqalanishini 
yengillashtiradi.
Bolalarda o'pkaning o'sishi. asosan. alveolalarning hajmini kat- 
talashishi hisobiga amalga oshadi (yangi tug'tlgan bolalarda alveo­
lalarning diametri 0,07 mm ni tashkil etsa. voyaga yetgan odamlarda 
esa bu ko'rsatkich 0.2 mm ni tashkil etadi). Uch yoshgacha bo'lgan 
muddatda o'pkaning jadal o'sishi va uning ayrim elementlarining 
tabaqalanishi yuz beradi. bolalar 8 yoshli bo'lganida alveolalarning 
soni voyaga yetgan odam larnikiga tenglashadi. 12 yoshdan keyin 
alveolalar jud a tez o'sadi. O 'pkaning hajmi 12 yoshda yangi tug'il- 
gan bolalarnikiga nisbatan lO m artaga kattalashsa, jinsiy yetilish
www.ziyouz.com kutubxonasi


davrining oxiriga kelib - 20 martaga ortadi (asosan, alveolalarning 
hajmini ortishi hisobiga).

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin