Fiziologiyasi va gigiyenasi



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

tovush oralig‘i
deyiladi. 
Shunday qilib, hiqildoq faqatgina halqumni kekirdak bilan bog'la- 
may, balki nutq funksiyasida ham ishtirok etadi. Odatiy nafas 
olishlarda tovush naychalari bo'shashgan bo'ladi va ular orasidagi 
yoriqlar torayadi.
Chiqarilavotgan havo, tor bo'shliq (yoriqdan o'tish nayida tovush 
naychalarining toravishiga majbur etadi) - tovush yuzaga keladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tovush naychalarining taranglashish darajasiga qarab to- 
vushlarning past-balandligi yuzaga keladi: naychalar tarang bo 'lsa 
tovush - baland, bo'shashgan paytda esa past bo'ladi. Tovush nay­
chalarining titrashini va tovushning hosil bo'lishini tilning, lablar- 
ning va yuzning harakati, hiqildoqning o'zini muskullarini qisqa- 
rishi ta’min etadi.
Erkaklarda tovush naychalari, ayollamikiga qaraganda ancha 
uzun, shuning uchun erkaklarning tovushi ancha y o 'g 'o n .
Hiqildoq bolalarda voyaga yetgan odamlardagiga nisbatan kalta, 
tor va yuqorida joylashadi. 1-8 yoshlarda va jinsiy yetilish davrida 
hiqildoq ju d a jadal o'sadi.
12-14 yoshli o 'g 'il bolalarda qalqonsimon tog'aylarning plas- 
tinkasi qo'shtom oq yoki kekirdak olmasi tutashgan joyida o 'sa 
boshlaydi. tovush naychalari uzunlashadi. hiqildoqning o 'zi ke- 
ngayadi va uzavadi, bu o'zgarishlar, qiz bolalarda ancha past b o 'la ­
di. O 'g 'il bolalarda bu davrda tovushning buzilishi (yo'g'onlashi- 
shi) kuzatiladi.
K ekirdak va bronxlar. 
Kekirdak hiqildoqning quyi chekkasi- 
dan boshlanadi va u kovak buklanm aydigan uzunligi 10-13 sm 
uzunlikdagi trubkadir. K ekirdakning ichki tom oni shilliq qatlam 
bilan qoplangan, bu yerdagi epiteliylar k o 'p qatorli hilpildoq. 
K ekirdakning orqa tom onidan qizilo'ngach joylashgan. K ekir­
dak 1V -V k o 'k rak um urtqalari darajasida o 'n g va chap birlamchi 
bronxlarga bo'linadi.
Bronxlar o 'z tuzilishi bo'yicha kekirdakning tuzilishini eslatadi. 
O 'ng bronx chap bronxdan kalta. Birlamchi bronx o 'p k a darvozasi- 
ga kirganidan keyin bronxlar daraxatini hosil qiluvchi ikkilamchi, 
uchlamchi va boshqa qatordagi bronxlarga bo'linadi. Eng nozik 
shoxchalar 
bronxiolalar
deb ataladi.
Yangi tug'ilgan bolalarda kekirdak ingichka va kalta, uning 
uzunligi bor-yo'g'i 4 sm ni tashkil qiladi, 14-15 yoshga borganida 
esa kekirdak 7 sm gacha uzayadi.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin