Fiziologiyasi va gigiyenasi



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

harakat potensiaU
deb ataladi.
Harakat potensiallarining yuzaga kelishiga asosiy sabab mem- 
branalarning ionlarni o'tkazuvchanligini o'zgarishidir. Ta'sirotchi 
ta'sir etganda hujayra membranasining natriy kationlari uchun 
o'tkazuvchanligi oshadi. Endi natriy ionlari hujayra ichiga tu­
shadi. y a'ni. birinchidan, ular musbat zaryad bilan zaryadlangan- 
ligi uchun ularni elektrostatik kuch ichkariga tortadi, ikkinchidan, 
hujayra ichida ularning konsentratsiyasi unchalik katta emas, tinch­
lik paytida hujayra membranasi bu ionlar uchun kam o'tkazuvchan 
bo'ladi.
Ta'sirotchilar ta'siri membrananing o'tkazuvchanligini o'zgarti- 
radi va musbat zaryadlangan natriy ionlari oqimini hujay ra tashqa- 
risidan sitoplazmaga va kaliv ionlari oqimini hujavradan tashqari- 
ga qarab harakatlanishini jiddiy darajada oshiradi. Natijada, mem­
brana potensiallarini o'zgarishi yuzaga keladi (potensiallarning 
membranali farqini pasavishi va hattoki boshqa belgili potensiallar 
farqini hosil bo'lishini ham yuzaga keltirishi mumkin - (depolar- 
izatsiyalanish fazasi). M embrananing ichki yuzasi musbat zaryad- 
lanib qoladi, ichki yuzasi esa musbat zaryadlangan natriy ionla- 
rini yo'qotish hisobiga - manfiy zaryadlanadi. Aynan shu vaqtda 
harakat potensialining eng cho'qqisi qayd etiladi. Harakat potensi- 
allari membranalarning depolyarasiyasi kiritik (pog'ona) darajaga 
yetgan paytda yuzaga keladi.
Natriy ionlari uchun membranalarning o'tkazuvchanligini orti- 
shi uncha uzoq vaqt davom etmaydi. Bulardan keyin hujayralarda 
natriy ionlari uchun membrananing o'tkazuvchanligi yana pasayi- 
shini kaliy ionlari uchun esa yana ortishini chaqiruvchi tiklanish 
jarayonlari boshlanadi. Kaliy ionlari musbat zaryad bilan zaryad- 
langanligi sababli. hujavradan chiqib hujayra ichidagi va tashqa- 
risidagi dastlabki nisbatni yana tiklaydi (repolarizatsiya fazasi).
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qator ta ’sirlashlar natijasida hujayra ichida natriy ionlarining 
jam lanishi kuzatilm aydi. chunki «natriy nasosi» deb ataluvchi 
maxsus biokimyoviy m exanizm lar ta ’siri hisobiga doimiy ravishda 
ularning evakuatsiyasi davom etadi. «Natriyli-kaliyli» nasos yor­
damida kaliy ionlarini faol transport qilinishi haqidagi m a’lumot- 
lar ham mavjud. Bu «nasos» membranada fermentlar tizimi holida 
b o'lib nerv tolalaridan bu tizim natriy. kaliy. magniy ionlari bilan 
faollashadi. «Nasos» ishini bajarilishi uchun energiya manbayi 
b o 'lib ATF xizmat qiladi.
lonlam ing bir tekisda tarqalmasligi bilan ta'm in etiladigan hu- 
jayralarning bioelektrik xususiyatlari hujayralam ing q o'zg 'alish
jarayonida bosh rolni o'vnaydi.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin