Injil bo‘yida aw algi suron, qaynoq harakat tingan.
Madrasa, xonaqoh, shifoxona, ham m om va boshqa
katta binolar azamat peshtoqlari, gumbazlari bilan
samoga tikkaygan. Endi yuzlarcha naqqoshlar, sang-
taroshlar, duradgorlar va boshqa san’at, hu n ar ustod-
lari binolam ing tashqi, ichki bezaklari ustida diqqat va
hafsala bilan ishlab, o‘z ijodlarining hali dunyoga bi-
linmagan sirlarini ochm oqda edilar. Yuzlarcha gulchi-
lik mutaxassislari, dongdor bog‘bonlar har bir bino-
ning atrofini tabiatning nafis san’ati — go‘zal bog‘-
chalar, xiyobonlar, gulzorlar bilan qursham oq uchun,
shoiming nozik zavqi va boy xayoli chizib bergan
rejalami mukammal bajarish niyatida, shoshm asdan
joy hozirlamoqdalar.
Arslonqul endi ham m a binolam i, o‘zining besh
barm og‘iday yaxshi bilar, har birining m a’no va
ahamiyatini, xuddi um umiy rejani Navoiy bilan birga
tuzib chiqqanday, tushunar edi. Odam lar undan:
«Nima ish bilan mashg‘ulsiz?» deb so‘rasalar, aksar
vaqt: «Gunohga botgan H irotda bir uchm oh quryap-
miz!» degan javobni qaytarishni sevar edi. U bir oydan
buyon xonaqohning ichki xonalarini bezayotgan
naqqoshlar bilan ishlar edi — ustalarga m ustahkam
havozalar qurib berar, kerakli buyum lam i tayyorlab
berib turardi. M usofirlaming q o ‘nishi, olimlar va
shoirlaming tinch yashab ishlashi uchun m o‘ljallangan
bu binoga Arslonqul ko‘proq m ehr q o ‘ygan. Bitgan
uylam i har vaqt uzoq tomosha qilar, zavqlanar, devor-
larda rangin gullar orasiga benihoyat ustalik bilan
yozilgan bitiklarni o ‘qittirib, m a’nosiga yetishga va
yodlab olishga tirishar edi. Bu yerdagi naqqoshlam ing
tepasida m ashhur Mirak N aqqosh turardi. Devorlarda
b o ‘yoqlardan ajoyib, sehrli m anzaralar yaratuvchi bu
ustodni Arslonqul ham m adan ortiq sevar, hurm at
qilar edi. Ammo Mirak N aqqoshning tabiati g‘alati.
Ba’zan ishga butunlay kelmas, b a ’zan ish eng qizigan
paytda bir zumda ko‘zdan g‘oyib b o ‘lar, qayoqlargadir
Dostları ilə paylaş: