Nogoh «kelin keldi!» suroni havoni yangratib
yubordi. Inson to ‘lqini birdan chayqalib ketdi. Chi-
royli bezatilgan, soyabonli yuzlarcha arobalarda o‘z
manzilidan chiqqan kelin — Xonzoda begimni dastlab
Puli Molon zo‘r qiy-chuv bilan qarshiladi. Guruh-gu-
ruh yosh xonimlar xushro‘y kanizaklar bilan qursha-
lib, cho‘rilar baland ko‘tarib turgan juda katta
so‘zanalar tagida turgan Xonzoda begimga Muzaffar
Mirzoning To‘g‘onbek boshliq barcha beklari, yigitlari
uzoqdan qulluq qildilar. Saroydan Xadichabegim
yuborgan e’tiborli ayollar kelin va uning yaqinlari
bilan ko‘rishib, hovuch-hovuch dinorlar sochdilr. Olo-
mon chuwos bilan ur-yiqit terarkan, fillardan yangi
sochiqlar yog‘ildi. Cholg‘ulaming sadolari, qo‘shiqchi-
laming kuylari, otlaming kishnashi, olomonning qiy-
chuvi havoda kuchli yangrab turdi.
Fillaming orqasidan kelin karvoni yurdi; yo‘lning
har ikki tomonida tumaday qator tizilgan sozandalar
chalgan udlar, tanburlar, setorlar, changlar, daflar,
naylaming sadolari mavjida tantana bilan Bog‘i Jahon
oro tomon asta oqdi. Kelinning atrofida, orqasida
kelayotgan guruh-guruh ayollar turkona rasm bilan
«yor-yor» aytdilar.
Dostları ilə paylaş: