liddin Husayn muqovasining hallari shamda yongan
chiroyli bir kitobni olib, shirin tovush bilan sekingina
g‘azal o ‘qiy boshladi. Ba’zi misralar ustida aka-uka
bahslashishdi. Ikki soat qadar vaqt o ‘tgach, sekingina
Nizomulmulk kirdi: «Mana, farmon, ildam yo‘lga tu-
shingiz!» — sekin, lekin g‘urur bilan dedi vazir.
T o‘g‘onbek farmonni chiroqqa solib ko‘rdi-da, ta-
ajjublanib, boshini chayqadi.
— Suyukli xotin... — dedi kulib Nizomulmulk.
— Mastlikda suyukli xotin yana ham suyukliroq
ko‘rinadi, — dedi Amidalmulk.
To‘g‘onbek xayrlashib, eshikka chiqdi. Navkarlami
444
tepib uyg‘otdi. Ular bir zumda otni tayyor qildilar.
To‘g‘onbek, orqadan qaroqchilar quvgandek, otini
qattiq haydab ketdi. Birinchi rabotga yetganda, tong
yorishdi. Bir nafas otga dam berib, yana jo ‘nadi.
Keyingi rabotlarda otni almashtirib, katta maso-
falami, m o‘g‘ulchasiga, yana ildam bosdi.
Ikkinchi kun kechqurun ko‘pirgan ot Ixtiyoriddin
qal’asining darvozasi yonida to ‘xtadi. To‘g‘onbek
otdan sakrab tushib, lapanglab ichkari qadam qo‘ydi.
Zindon boshlig‘i, giyoh yeb pinakka ketganday, sham
yonida mudrab o‘tirardi. Yosh bir navkar o ‘qila-o‘qila
shalaqlangan eski bir kitobni — qandaydir jangnomani
o ‘qirdi. To‘g‘onbek kirgach, navkar o ‘qishni birdan
kesib, dik etib turdi. Zindon boshlig‘i erinchaklik
bilan o ‘midan turdi. Bu cho‘ltoq supurgiday ko‘rimsiz
soqolli, harakatlari sust odamning ko‘zlari qattiq va
yomon edi. To‘g‘onbek: «Ha, elat, bardammisiz?» deb
ko‘rishdi va farmonni uzatdi. Zindon boshlig‘i far-
monni chiroqqa tutib, ko‘z yugurtirdi-da, yer ostidan
Dostları ilə paylaş: |