99
homiylik organlari:vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxslar aniqlanganligi
to’g’risidagi ma’lumotlarni davlat reestriga kiritish uchun ular haqiqatda turgan joydagi tuman,
shahar
hokimligiga taqdim etadi; vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxs
aniqlanganligi haqida uning yashash joyidagi vasiylik va
homiylik organini xabardor
qiladi;vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxsning yashash joyidagi vasiylik
va homiylik organidan mazkur shaxsning ota-onasi yoki boshqa qarindoshlari,
turar joyi va
boshqa mol-mulki bor-yo’qligini tasdiqlovchi hujjatlarni oladi;ularni yashash joyiga qaytarishga
ko’maklashadi.Yashash joyi O’zbekiston Respublikasining boshqa viloyatlari, tumanlari,
shaharlari yoki boshqa mamlakat bo’lgan vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan
shaxslar aniqlanganda vasiylik va homiylik organlarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
18-modda.
Davlat reestrini yuritish.Davlat
reestrini tuman, shahar hokimligi
yuritadi.Davlat reestriga vasiylik va homiylik organlaridan kelib
tushadigan vasiylik yoki
homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxslar to’g’risidagi, ularning joylashtirilganligi hamda
mol-mulki haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.
LexUZ sharhi.Qarang: mazkur Qonunning 15-
moddasi.
Davlat reestrini tashkil etish va yuritish tartibi hamda unga kiritiladigan ma’lumotlar
ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ
sharhi.Qarang: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 sentyabrdagi
269-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Vasiylik va homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan
shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish davlat reestri
to’g’risida»gi nizom.
Dostları ilə paylaş: