“Mexanika”
kafedrasining yig’ilishida ma`qullandi (
majlis bayoni № yil
) va
―Mexanika‖ fanlari bo’yicha metodik komissiyada ma`qullandi (
bayonnoma № 2011 yil
).
Matnni tayyorladi:
dotsent. Sh. M. Murodov
katta o’qit. D.O.Barotova
Taqrizchilar:
Toshkent irrigatsiya va mellioratsiya instituti Buxoro
filiali
―Gidromelioratsiya‖ fakulteti dekani, dotsent, t.f.d. N.M.Murodov
Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti
―Mexanika‖ kafedrasi progessori,t.f.n. N.S.Bibutov
Texnik bezatuvchi:
Matn oliy o’quv yurtlari bosh boshqarmasi tomonidan ( .2011 yilda)
tavsiya etilgan
namunaviy dasturga asosan yozildi.
1 - MA`RUZA
QURILISH MEXANIKASI FANIGA KIRISH.
REJA:
1.
Qurilish mexanikasi fanining mohiyati.
2.
Inshootlarni hisoblash sxemasi haqidagi tushuncha.
3.
Fermalar, ramalar va kombinatsiyalashgan inshootlar.
4.
Geometrik o`zgarmas sistemalar (statik aniq sistemalar)
5.
Statik aniqmas sistemalar.
6.
Geometrik o`zgaruvchan sistemalar.
7.
Tayanchlar va ularning turlari.
8.
Tashqi yuklar va ularning turlari.
Qurilish mexanikasi–konstruktsiya va inshootlarning mustahkamligi,
bikrligi va
ustivorligini hisoblash printsiplari hamda metodlari to`g’risidagi fandir, unda
inshootlarning mustahkamligini hisoblash bilan birga ularning tashqi kuchlargi chidamli
bo`lishini ta`minlash masalasi tekshiriladi. Inshootlarning ustivorligini hisoblashda
konstruktsiyalarning aynan o`rni muvozanat holdagi shaklini deformatsiyalangandan
keyin ham saqlab qolish qobiliyati aniqlanadi.
Inshootlarning katta ko`chish (siljish), tebranishlar ta`siriga
chidamliligini,
ulardan normal foydalanishni aniqlash maqsadida bikrlikka hisoblanadi. Qurilish
mexanikasining asosiy vazifalaridan biri – inshootlarda hosil bo`ladigan ichki zo`riqish
kuchlari va deformatsiyalarni hisoblashdan iborat. Agar inshoot elementlarining materiali
va o`lchamlari ma`lum bo`lsa, aniqlangan ichki kuchlar
va deformatsiyalarning
miqdoriga ko`ra elementlarning mustahkamligi, bikrligi va ustivorligini qanoatlantiruvchi
o`lchamlarni aniqlash mumkin. Bunday hisoblash usuli