Zamonaviy media makonda internet va unda axborot



Yüklə 372,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix24.10.2023
ölçüsü372,82 Kb.
#160122
1   2   3   4   5   6   7   8
zamonaviy-media-makonda-internet-va-unda-axborot-almashinuvining-o-ziga-xosligi

ǀ
ISSUE 6 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 1368
vaqtda yuksak grajdanlik pozitsiyasi, ma’naviy jasorat ham talab etiladi”
4
. Bugun biz 
yashayotgan shiddatli XXI asrda zamonning o‘zi, hayotimizga keskin sur’atlar bilan 
kirib kelayotgan globallashuv jarayonlari O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari va 
jurnalistlar ahli oldiga bizning ezgu maqsadimiz bo‘lgan demokratik davlat, kuchli 
fuqarolik jamiyat barpo etish yo‘lida go‘yat muhim, dolzarb vazifa va talablarni 
qo‘ymoqda”.
5
Darhaqiqat, jahonda sodir bo‘layotgan dolzarb mavzular, hodisalar, voqealarni 
eng birinchi OAV orqali kuzatamiz. Bu borada auditoriyaga tezkorlik, xolislik, aniqlik 
kabi tamoyillar birlamchi ahamiyatga ega. Hozirgi kunda axborot olish va axborot 
tarqatish maydoni sifatida internetning hayotimizning ajralmas qismiga aylanib 
ulgurdi. Global tarmoq, globallashuv axborot va ommaviy axborot vositalari 
tushunchasini ham tubdan o‘zgartirib yubordi. Bu haqida so‘z yuritganda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoyev quyidagi fikrlarni aytadi: “Internet 
hayotimizga tobora chuqur kirib borayotganini alohida qayd etish lozim. Hozirgi 
vaqtda global tarmoqda Uz domenli veb-saytlar, axborot portallari soni 400 dan oshib 
ketgani, ularning aksariyati xorijiy tillarda faoliyat ko‘rsatayotgani, ushbu yo‘nalishda 
yangi ijodiy avlod – Internet jurnalistlari shakllanib borayotgani e’tiborga sazovordir. 
Haqiqatdan ham internet jurnalistlar faoliyatida yangi shakl va uslublarni joriy etdi. 
Bu borada muammoning yana bir jihatini e’tibordan qoldirmaslik kerak eng avvalo
internet aniq va noaniq bo‘lgan axborot manbaidir. Ikkinchidan, bu global tarmoqda 
auditoriya ham axborot iste’molchisi, ham axborot tarqatuvchisi sifatida faoliyat 
ko‘rsatadi. U o‘zida juda ko‘p manbalar va manzillarni jamlagan.
Bu yil ham internet jurnalistika bo‘yicha "Eng yaxshi jurnalistik material 
uchun" nominatsiyasi g‘oliblari taqdirlandi. Turkiston” saroyida "Oltin qalam" milliy 
mukofoti uchun XV tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi o’tkazildi. (03.05. 2021).
"Eng yaxshi jurnalistik material uchun" nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘ringa 
"kun.uz" internet sayti muxbiri Abror Zohidov internet tarmog‘ida mamlakatimiz 
hayotining turli sohalaridagi islohotlar tezkor va tahliliy yoritilgan materiallari uchun 
loyiq topildi. 
Ikkinchi o‘ringa O‘zA bosh muharriri Abdujalol Taypatov ijtimoiy-ma’naviy 
mavzudagi materiallari uchun munosib ko‘rildi. 
Uchinchi o‘rin Nuz.uz internet nashri muxbiri Oliya Taishevaga dolzarb 
mavzudagi tanqidiy-tahliliy materiallari uchun berildi. 
4
http://xs.uz/uzkr/post/prezident-tabrigi-matbuot-va-ommavij-akhborot-vositalari-khodimlariga 
5
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigi. “Xalq so’zi”, 2018 
yil 28-iyun,


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Yüklə 372,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin