O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent


Nazorat uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/69
tarix24.10.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#160199
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69
Dinshunoslik

Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 
1. Buddaviylik ta’limotining asoslari nimalardan iborat?
2. Buddaviylikning braxmanizmdan asosiy farqlarini sanang.
3. Buddaviylikning muqaddas bitigi necha qismdan iborat? 
4. Nima sababdan buddaviylik Hindistondan siqib chiqarilgan? 
5. Hindistonda Braxmaga sig‘inuvchilar nima sababdan kamchilikni 
tashkil etadi?
6. Hinduiylik nima sababdan «hind xalqining turmush tarzi» deb 
ataladi?
7. Hinduiylikdagi bosh xudolar va ularning vazifalarini tushuntiring. 
8. Hinduiylikning muqaddas bitiklariga misollar keltiring. 
9. Hinduiylikning diniy-axloqiy qadriyatlari qanday ta’limotlarda aks 
ettirilgan? 
10. «Satyagarxi harakati» deganda nimani tushunasiz? 
94


6-mavzu 
XRISTIANLIK: MOHIYATI, MANBALARI
VA XUSUSIYATLARI 
Xristianlik ta’limoti va marosimlari 
Hozirgi davrda e’tiqod qiluvchilarning ko‘pligi jihatidan va xalqaro 
miqyosda nufuzli o‘ringa ega dinlardan biri xristianlikdir. Xristianlik 
milodiy I asrning boshlarida Rim imperiyasining mustamlakasi bo‘lgan 
Falastinda vujudga kelgan. «Xristianlik» iborasi qadimgi yahudiy tilidagi 
«mashiax» so‘zining grek tiliga tarjimasida «xristos», ya’ni muqaddas 
yog‘ surtilgan, messiya (mahdiy) degan ma’nolarni anglatadi. 
Falastin milodiy I asrda Rim imperiyasining provinsiya 
(viloyat)laridan biri bo‘lgan. Bu davrda Rim jamiyatining inqirozi uning 
provinsiyalarida yanada keskin tus olgan. Falastinda yashovchi yahudiylar 
imperiyaga bo‘ysundirilgan boshqa xalqlar qatori, mustamlakachilar va 
mahalliy hukmdorlarning zulmidan ezilganlar. Shu bois, norozi xalq 
mustabid tuzumga qarshi kurash olib borgan. Lekin chirigan imperiya 
hanuzgacha katta harbiy qudratga ega bo‘lganligi sababli, qo‘zg‘olonlarni 
shafqatsizlik bilan bostir ishga qodir edi. Uzoq vaqt davom etgan 
kurashning muntazam bostirilishi natijasida mazlum xalq orasida adolatsiz 
tuzumni yo‘q qilib, ilohiy podsholik quradigan xaloskor-messiya (mahdiy) 
to‘g‘risidagi g‘oya yuzaga kelgan. Ayni paytda, xalqning ezgu-
niyatlaridan o‘z maqsadi yo‘lida foydalanishga intiluvchilar, ayrim 
zohidlar, diniy mazhablarning vakillari, hatto tavakkalchi lo‘ttivozlar 
o‘zlarini mahdiy deb e’lon qilganlar.
Messiyachilik harakati odatda mustabid tuzumga qarshi umumxalq 
qurolli kurashi va uning shafqatsizlarcha bostirilishi bilan yakunlanar edi. 
Shuning uchun hukumat messiyachilik harakatiga qarshi keskin kurash 
olib borgan. Biroq davlatning unga qarshi keskin tadbirlari messiyachilik 
harakatini uzil-kesil yo‘qota olmagan. 
Messiyachilik harakati davlat hokimiyatiga, uni qo‘llab-quvvatlovchi 
rasmiy mafkuraga va dinga ham qarshi bo‘lgan. Shu bois ular 
hokimiyatning messiyachilikka qarshi keskin kurashini qo‘llashlari bilan 
birga, unda faol ishtirok etganlar. 
Milodiy I asrda Falastinda messiyachilik harakati shu qadar keng 
yoyilganki, mahalliy aholi ongida buyuk xaloskor-messiya Iso Masih 
(Iisus Xristos) to‘g‘risidagi diniy rivoyatlarning vujudga kelishi va 
mustahkamlanishiga sabab bo‘lgan. 
95


Iso Masihning hayoti va faoliyati Bibliya (Injil)ning «Yangi Ahd» 
qismi, ya’ni yevangeliyalarda (grek tilida 
euangelion
yaxshi xabar degan 
ma’noni anglatadi) batafsil bayon qilingan. 
Diniy rivoyatlarga ko‘ra, farishta Gavriil (Jabroil) kambag‘al qiz 
Mariya (Mariyam)ga xudo unga xaloskor-messiyaning onasi bo‘lishni ato 
etganligi haqida xabar bergan. Mariya Ota xudo (xudoning qiyofalaridan 
biri)dan g‘oyibdan homilador bo‘lgan. Uning eri qariya Iosif (Yusuf) 
xotinining ilohiy homiladan tuqqan (Jabroil unga ma’lum qilgan) bolasini 
qabul qilgan.
Iso 30 yoshga kirganidan keyin Iordan daryosi bo‘yida Ioan Cho‘qin-
tiruvchidan cho‘qintirishni qabul qilgan va da’vatkorlik faoliyatini 
boshlagan. Uning atrofida shogirdlari, qarindosh-urug‘lari va yaqinlaridan 
iborat maslakdoshlar guruhi shakllangan. Guruhning asosini Isoning 12 
shogirdi – apostollar (grekcha 

Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin