o‘zaro bitimda belgilangan. Avtokefal cherkov tarkibidagi avtonom
cherkov boshliqlari mahalliy cherkov yig‘inida saylanadi va avtokefal
cherkov patriarxining tasdig‘idan o‘tadi.
Avtokefal cherkovlar ekzarxat (grekcha
exarhos
– boshliq, rahbar
degan ma’nolarni anglatadi, viloyat
cherkovi, unga yepiskop rahbarlik
qiladi), yeparxiya (cherkovning ma’muriy okrugi, unga arxiyerey rahbarlik
qiladi) hamda blagochiniyelarga (yeparxiyaning tumanlari, unga katta pop
rahbarlik qiladi) bo‘linadi. Pravoslaviyening quyi diniy ma’muriy birligi
qavm deb ataladi.
Qavmlar cherkov, butxona xodimlari va dindorlar
jamoasidan iborat. Diniy tashkilotlar iyerarxiya, ya’ni quyi tashkilotlarning
yuqori tashkilotlarga bo‘ysunishi va hisob berishi prinsipi asosida bosh-
qariladi.
Bu prinsip ruhoniylar darajasida ham amal qiladi. Unga ko‘ra, kichik
martabali ruhoniylar yuqori martabali ruhoniylarga bo‘ysunishlari kerak.
Ruhoniylar darajasi bilan birga uylangani (oq) va uylanmaganiga (qora,
rohiblikni tanlagan) qarab ham ajratiladi.
Diniy tashkilotlar uchun
mutaxassislar va rahbar kadrlar asosan rohiblar orasidan tanlanadi.
Pravoslaviye cherkovlari diniy ta’limot, marosim va aqidalar
masalasida bir-biridan farq qilmaydi. Diniy ta’limot asosini «e’tiqod
ramzi» tashkil etadi. «E’tiqod ramzi» 12 paragrafdan iborat bo‘lib, unda
diniy ta’limotning asosiy aqidalari: xudoning yaratuvchiligi, uning dunyo
va insonga munosabati, xudoning yagona,
lekin uch qiyofada ekanligi, o‘z
qiyofasini o‘zgartirishi, odamlar gunohini o‘z zimmasiga olishi, o‘lib qayta
tirilishi, oxirat, cherkovning xaloskorligi aks ettirilgan.
Pravoslaviye ta’limotiga ko‘ra, xudo bitta, lekin u uch qiyofalidir: Ota
xudo, O‘g‘il xudo va Muqaddas Ruh. Xudoning qiyofalari teng va bir-
biridan ajralmasdir. Muqaddas Ruh Ota xudodan kelib chiqqan.
Pravoslav xristianlar birinchi insonlar – Adam va Yeva sodir etgan
dastlabki gunoh, O‘g‘il xudo (Iso Masih)ning ilohiy ravishda tug‘ilganligi,
odamlar gunohini o‘limi bilan o‘z
zimmasiga olganligi, oxiratda tiriklar va
o‘liklarni qayta so‘roq qilish uchun yerga qaytib kelishi hamda ilohiy
podsholikni qurishiga ishonadilar. Shuningdek, pravoslaviyeda ham jannat
va do‘zax, ruhning abadiyligi, cherkovning xudo va odamlar o‘rtasidagi
vositachilik vazifasini bajarishi to‘g‘risidagi ta’limotlar mavjud.
Har bir dinning o‘z marosimlari bo‘lganidek,
pravoslaviyeda yetti sirli
marosim alohida ahamiyatga ega. Bu marosimlarning sirli deb atalishiga
sabab shuki, ruhoniylarning muayyan harakatlarni bajarishlari va duolarni
o‘qishlari bilan obyektga odamning ko‘ziga ko‘rinmaydigan xudoning
marhamati o‘tadi.
112
Sirli marosimlar quyidagilardan iborat:
1)
Dostları ilə paylaş: