keyin turuvchi mansabdor shaxs kollegiyasi umrbod muddatga saylaydi.
Hozirgi kunda Rim papasi nemis millatiga mansub Benedikt XVI.
Vatikan davlatining asosiy qonuni sifatida Konstitutsiya qabul
qilingan. Unga ko‘ra, Rim papasi qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud
hokimiyatining boshlig‘idir. Davlatning Markaziy ma’muriy boshqaruv
apparatiga Rim kuriyasi rahbarlik qiladi. U dunyoning ko‘pchilik
mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatayotgan katolik
cherkovi va Vatikanga
bo‘ysunuvchi dunyoviy tashkilotlarning ishlarini boshqaradi. Rim kuriyasi
davlat kotibiyati, 9 ta kongregatsiya (lotincha
congregatio
– ittifoq,
birlashma degan ma’nolarni anglatadi, davlat vazirliklari vazifasini
bajaradi), 12
ta kengash, 3 ta tribunal va 3 ta devonxonadan iborat.
Davlat kotibiyatiga kardinal stats-kotib rahbarlik qiladi. U Bosh vazir
va tashqi ishlar vaziri vazifalarini bajaradi. Davlat kotibiyati ichki va
tashqi ishlarni boshqaradi. Muqaddas kongregatsiyalar, kengashlar va
kotibiyat cherkov ishlari bilan shug‘ullanadi.
Uning tarkibidagi diniy
ta’limot masalalari bilan shug‘ullanuvchi kongregatsiya eng asosiysidir.
Ushbu tashkilot ruhoniylar va ilohiyotshunoslarning dunyoqarashi, xulq-
atvori va matbuotda chiqishlarining ortodoksal katolik cherkovi
ta’limotiga mos kelishini nazorat qilib turadi. O‘rta asrlar davrida ushbu
tashkilot hurfikrlikning har qanday ko‘rinishlariga qarshi keskin kurash
olib borgan, inkvizitsiya
sudlarini tashkil etib, ularga rahbarlik qilgan.
XX asrda jahon miqyosida demokratik jarayonlarning tobora keng
yoyilishi katolik cherkovini boshqarish ishida ham muayyan
o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan. Cherkovni boshqarishda demokratik qad-
riyatlar joriy qilingan, milliy cherkovlarning vakolatlari kengaytirilgan.
Rim papasi huzurida maslahat ovoziga
ega muqaddas Sinod tashkil
etilgan. Sinod uch yilda bir marta chaqiriladi. Uning tarkibi milliy
yepiskoplar konferensiyalari va rohiblar ordenlarining rahbarlari, Sharqiy
cherkovlarning patriarxlari va mitropolitlari hamda papa shaxsan
tayinlagan ruhoniylardan iborat. Sinod katoliklarning hayoti va e’tiqodi
bilan bog‘liq eng muhim masalalarni muhokama
qiladi va ular yuzasidan
bajarilishi shart bo‘lgan qarorlarni qabul qiladi.
Mintaqalar darajasida yepiskoplarning konferensiyalari o‘tkazib
turiladi. Konferensiyalar oralig‘ida unda saylangan rahbarlik organi
faoliyat olib boradi. Mintaqaviy konferensiyalarga cherkov bilan bog‘liq
ishlarni boshqarishda keng vakolatlar berilgan.
Milliy cherkovga papa tayinlagan kardinal, patriarx yoki mitropolit
rahbarlik qiladi. Milliy cherkovlar yeparxiyalarga bo‘linadi. Yeparxiyaga
iyerarx (grekcha
hieros
–
muqaddas,
arche
– hokimiyat degan ma’nolarni
108
anglatadi) rahbarlik qiladi. Iyerarxga, boshqarayotgan yeparxiyaning
nufuziga qarab, yepiskop yoki kardinal unvoni berilishi mumkin.
Katolik cherkovining boshlang‘ich tashkiloti (pravoslaviyedagi kabi)
qavm (prixod) deb ataladi. Qavmlarni ruhoniy boshqaradi.
Cherkov boshqaruvi sohasidagi o‘zgarishlar diniy ta’limot va uning
ijtimoiy doktrinasida ham modernizatsiya jarayonlarini kuchaytirdi. Bu
jarayonlar kam o‘zgaruvchan diniy ta’limotda ham yaqqol namoyon
bo‘lmoqda.
Diniy ta’limotdagi modernizatsiya jarayonlari ta’sirida
katolik
cherkovining ustunligi to‘g‘risidagi g‘oyadan voz kechildi, umumiy
xristianlik g‘oyalari atrofida birlashish zarurligi tan olindi. Xristianlik
konfessiyalarini birlashtirish to‘g‘risidagi ekuminizm (grekcha
Dostları ilə paylaş: