ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
НАМАНГАН МУҲАНДИСЛИК – ҚУРИЛИШ ИНСТИТУТИ
“САНОАТНИ АХБОРОТЛАШТИРИШ ФАКУЛЬТЕТИ”
“ИНФОРМАТИКА ВА АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ” КАФЕДРАСИ
“ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬ БОШКАРИШ НАЗАРИЯСИ” ФАНИДАН
Мустакил иши
Бажарди: 55С-Б-ИАТ-19 гуруҳ
талабаси
Ф. Рахмоналиев
Қабул қилди: С.Хошимов
Наманган - 2022 йил
Mavzu:Boshqaruv tizmlarini loyihalashtirish masalalaridagi ma’lumotlar noaniqligi
Reja:
1. Boshqarishning intellektual tizimlarida boshqaruvchi qurilmalar
2. Noaniq boshqarishning asosiy jihatlari
3. Implikatsiya (faollashtirish)
BOSHQARISHNING INTELLEKTUAL TIZIM LARIDA
BOSHQARUVCHI QURILMALAR
Noaniq mantiq asosida boshqarish
So'nggi yillarda dinamik tizimlarning keng sinfini avtomatik
boshqarishda, ayniqsa murakkab kimyo-texnologik jarayonlarni
boshqarishda tizimlarning sifatli yangi sinfi bo'lgan intellektual
boshqarish tizimlari muvaffaqiyatli qo'llanilmoqda. Bu tizimlar
mumtoz determinantlangan va stoxastik kontrollerlarni qo'llab
bo'lmaydigan, nochiziqli, aniqlanmagan dinamik obyektlar
ko'rinishidagi yomon shakllantirilgan, murakkab texnik tizimlarni
boshqarish uchun o'zlarini yaxshigina tavsiya etishdi.
Avtomatik boshqarishning intellektual tizimlari (ABIT) - bu
boshqarish obyektining xulqi, uni boshqarish tizimi va tashqi ta’sirlar
to'g'risidagi axborotlarni saqlab qolish va tahlil qilish hisobiga
o'rganish, moslashish yoki sozlanish imkonini beradigan tizimlardir.
Ushbu sinfdagi tizimlarning muhim jihatlari ma’ lumotlar bazasi,
mantiqiy xulosa mashinalari, tushuntirishlarga oid osttizimlar va
boshqalarning mavjudligi hisoblanadi.
Boshqarishning intellektual tizimlari sinfiga quyidagi belgilar
mos keladi:
- boshqarish tizimlarining real tashqi dunyo bilan o'zaro ta’siri
aloqaning axborot kanallaridan foydalanish orqali mavjudligi;
- tizimlarning ochiqligi bilimlarni to'ldirish va o'zlashtirish
uchun zarur;
- tizimlar faoliyat ko'rsatish muhitining o'zgarishini bashoratlash
mexanizmlarining mavjudligi;
- boshqarish obyekti (BO) to'g'risidagi axborotlarning aniq
emasligini boshqarish algoritmini intellekutallashtirish darajasini
oshirish hisobiga to'ldirilishi mumkin;
- aloqalar uzilib qolganda faoliyat ko'rsatishni saqlab qolish.
Boshqarishning intellektual tizimlari orasida eng keng
tarqalganlari, professor L.Zoda tomonidan noaniq mantiq (fuzzy logic)
ni ishlab chiqqanidan so'ng paydo bo'lgan noaniq boshqarish tizimlari
deb ataluvchi tizimlar bo'ldi.
Noaniq mantiq asosida matematik tushunchalarning barchasini
noaniq o'xshashliklarini qurish va insonning fikrlash va masala
yechish qobiliyatini modellashtirish uchun zaruriy bo‘lgan rasmiy
apparatlarni yaratish mumkin. Noaniq to‘plam (fuzzy set) - ixtiyoriy
tabiatli elementlar to‘plami bo‘lib, ularga nisbatan u yoki bu elementni
ushbu to‘plamga tegishli ekanligini to‘la aniqlikda tasdiqlab
bo' lmaydi.
Noaniq to'plamlar nazariyasi ekspertli axborot deb nomlash
qabul qilingan “insonga xos bilimlar” bilan ish ko'radi. Boshqarish
obyektiga ta’sir etuvchi boshqarish ta’sirlarini ishlab chiqish uchun
sifatli ifodalangan ekspertli bilimlarni bevosita qo'llash noaniq
boshqarishga xosdir.
Noaniq rostlagichning boshqarish obyekti (jarayoni) bilan o‘zaro
ta’siri haqidagi bilimlar quyidagi ko'rinishda aks ettiriladi: «AGAR
(boshlang'ich vaziyat), UNDA (javob reaksiyasi)». Bunday qoida eng
sodda insoniy harakatlarga to'g'ri keladi. Bunda tahlil qilinayotgan
parametrlar, sifatli ko'rsatkichlarga ko'ra baholanadigan lingvistik
o'zgaruvchilar sifatida qaraladi.
Noaniq to'plamlar nazariyasida lingvistik o'zgaruvchilar (L 0 ‘),
lingvistik kattaliklar (LK) va tegishlilik funksiyalari //(л) tushunchalari
markaziy rolni o'ynaydi.
Matematik noaniq to'plamlar (x, fim(x)) ko'rinishidagi
tartiblangan juftliklar ko'rinishida, bu yerda xuniversum X(xeX)ning
elementi hisoblanadi, funksiya fi'(x)esa jc element (lingvistik element)
ning noaniq to'plam T (term) ga [0, 1] diapazondagi sonli qiymat
ko'rinishida tegishliligini aniqlab beradi.
Noaniq to'plam to'laligicha uning tegishlilik funksiyalarini
tavsiflaydi. Masalan, lingvistik kattaliklar (noaniq to'plam) ni
''xatolik” ning “manfiy”, "musbat”, “katta”, “kichik” lingvistik
o'zgaruvchilari deb faraz qilgan holda ularning tegishlilik funksiyalari
yordamida sifatli tavsiflangan fizik kattaliklar - avtomatik boshqarish
tizimlari xatoligi yoki nomuvofiqligini o'zgarish diapazonini belgilab
beradi.
Lingvistik kattaliklarning tegishlilik funkiyalari bir-birini
qoplaydi, shuning uchun ham bu funksiyalarning bir xil lingvistik
o'zgaruvchilari noldan farqli bo'igan lingvistik kattaliklarning turli
“haqiqiylik darajalari” haqida ma’lumot berishi mumkin.
Noaniq rostlagichning kirish o‘zgaruvchilarini joriy qiymatini
haqiqiylikning lingvistik kattaligiga o‘tkazish fazzifikatsiya amalideb
nomlanadi. Noaniq rostlagichlarda “AGAR-UNDA” turidagi qoidalar
(qoidalar bazasi) asosida tegishlilik funksiyalarini natijalovchi noaniq
to‘plam ko‘rinishidagi mantiqiy yechimlarni shakllantirish amalga
oshiriladi. Tegishlilikning berilgan natijalovchi funksiyalari uchun
yagona miqdoriy qiymatning chiqish lingvistik o‘zgaruvchilari -
noaniq rostlagich chiqishidagi boshqarish ta’sirini olish va chiqish
kattaligi (boshqarish obyekti uchun boshqaruv ta’sirlari) ni ishlab
chiqish amalining o‘ziga defazzifikatsiyadeyiladi.
Noaniq boshqaruvda namoyon bo'ladigan noaniq mantiqning
afzalligi uning inson fikrlarini muvaffaqiyatli shakllantirish imkonini
berishdan iborat bo'lib, ular tomonidan qarorlar va murakkab
obyektlami, uzoq vaqt mobaynida nafaqat insonlarni muloqot vositasi
sifatida, balki obyektiv dunyoni aks ettiruvchi struktura sifatida
shakllangan tabiiy til vositasida modellashtirish usullarini qabul qila
oladi.
Dunyoni anglash fikrlashga asoslanadi, anglash esa o'z navbatida
ma’lum belgili tizimsiz amalga oshmaydi. Bunday turdagi eng
mukammal tizim tabiiy til hisoblanib, o'zida insonga xos fikrlashni
tugallangan, eng kuchli va asoslangan amalga oshirilishini aks ettiradi.
Til ta'riflab bo'lmaydigan, murakkab va ko‘p belgili tushunchalar
bilan ishlash imkoniga ega.
Qaror qabul jarayonida inson murakkab vaziyatlarni alohida
hodisalarga ajratadi va har bir hodisa uchun mos keluvchi qaror
(yechim) larni oldingi tajribalarga asoslanib, qabul qiladi va umumiy
yechimga olib keladi. So'nggi qaromi qabul qilishda
unifikatsiyalangan qiymatli mezonlardan emas, balki ko'pincha bir-
biriga to‘g‘ri kelmaydigan ko'p sondagi iqtisodiy mezonlardan
foydalaniladi. Axborotlar to'la bo'lmagan holda xulosalardan
foydalanib qaror qabul qilish mumkin. Noaniq boshqarishda insonga
xos bo'lgan, alohida holatlar, boshqarish qoidlari va noaniq xulosalar
bo'yicha taqsimlangan qaror qabul qilish usullari kiritiladi.
Inson kun davomidagi faoliyatida hech qachon matemaik
ifodalarga asoslanuvchi rasmiy moddellashtirishdan foydalanmaydi, u
barcha muammoni tavsiflovchi bir tilni qidiradi. Inson ishlatadigan til
- bu noaniq tabiiy til. Olingan model unifikatsiyalangan hisoblanmydi:
u yo obyekt fragmentlarini tavsiflaydi yo ma’lum shart asosida
qo‘yilgan lokal modellarning bir nechtasidan iborat to'plam
hisoblanadi. Lokal modellarning o‘zi sonli qiymatlardan
foydalanmaydi. Ular umumlashtirilgan holda sifatli sathda qabul qilish
uchun soddadir. Noaniq boshqaruvda AGAR-UNDA turidan
foydalanib, noaniq so‘zlar orqali operator faoliyatining modeli
tuziladi. Raqamli qiymatlar zanjirini tuzish o'rniga, inson “kichik”,
“o‘rtacha”, “katta” va shu kabi turdagi noaniq chegaralarni qo‘yadi.
Noaniq so‘zlardan foydalanish hisobiga ma’lumotlari to‘la bo‘lmagan
holatlarni osongina tushunish mumkin.
Rostlagichlarni loyihalashda noaniq to’plamlar nazariyasini
qo‘llash, ularning “intellekti”, funksional imkoniyatlarini inson
intellektiga yaqinlashtirish imkonini beradi
Dostları ilə paylaş: |