Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги наманган муҳандислик – Қурилиш институти



Yüklə 98,27 Kb.
səhifə3/4
tarix25.12.2023
ölçüsü98,27 Kb.
#196924
1   2   3   4
intellekt mustaqil

Implikatsiya (faollashtirish)
Implikatsiya - bu noaniq xulosaning bosqichi bo'lib,
o'zida “AGAR-UNDA” turidagi mantiqiy qoidalardan har
birininghaqiqiylik darajasini topish amalini namoyon etadi. Agar qismi
(qo'yim yoki shart) mantiqiy amallarning birlashuvini, Unda qismi
(yechim, xulosa) esa noaniq rostlagichning chiqish ta’sirlari
(boshqarish obyektiga beriladigan boshqarish ta’sirlari) uchun
lingvistik kattaliklarni ko'rsatishni aks ettiradi. Qoidalarning mos
ifodalanishiga ko'ra natijaga erishiladi, bunda boshqarish ta’sirining
ixtiyoriy lingvistik kattaligi uchun minimum darajada qoidalardan
birini qabul qiladi.
Eng ko'p mantiqiy yechimning “minimaksli” (Max-Min
Inference) usuli qo'llaniladi, bunda dastlab TF ning UNDA qismi har
bir qoidadagi AGAR qismining haqiqiylik kattaligi bilan birlashadi
("mini” amali), keyin cheklangan TF laridagi UNDA qismi birgalikda
qo'yish yo'li bilan maksimal haqiqiylikka ega bo'lgan natijalovchi TF
ni tanlanadi (“maksi” amali). Bu natijalovchi TF o'zida qoidalar
to'plami ta’sirini belgilab beradi. Natijalovchi TF ni shakllantirish
orqali qoidalar bazasiga ishlov berish amali o'zida NR ning chiqish
kattaligini hisoblashning mantiqiy yechimini aks ettiradi.
Noaniq xulosa (chiqish) noaniq mantiq va noaniq boshqarish
tizimlarida markaziy ahamiyatga ega. Noaniq xulosalash jarayoni
o'zida noaniq shartlar asosida yoki noaniq mantiq tushunchalaridan
foydalanib. noaniq xulosalar olish algoritmi yoki amalini namoyon
qiladi. Bu jarayon o'zida noaniq to'plamlar nazariyasining barcha
asosiy konsepsiyalari: tegishlilik funksiyalari, lingvistik
o'zgaruvchilar. noaniq mantiq amallari. noaniq implikatsiyalash va
naniq kompozitsiyalash usullarini birlashtiradi.
Shuni ta’kidlab o'tish kerak-ki, algebradagi implikatsiyalash
(mantiqiy aloqalar) va kompozitsiyalash amallari kabi noaniq
to'plamlarni turlicha amalga oshirish (natijalar ham turlicha bo'ladi)
mumkin. lekin ixtiyoriy holatda umumiy mantiqiy xulosa quyidagi
to'rt bosqichda amalga oshiriladi.
Noaniqlilikni aniqlash (fazzifikatsiyalash). Kirish lingvistik
o'zgaruvchilar termlari uchun yagona universal fazoda tegishlilik
funksiyalari beriladi va o'zgaruvchilarning ma'lum qiymatlari uchun
har bir qoidaning har bir qo'yimining haqiqiylik darajasi aniqlanadi.
Mantiqiy xulosa. Har bir qoidaning qo'vimi uchun hisoblangan
haqiqiylik qiymatlari har bir qoidaning xulosasi uchun qo'llanadi.
Mantiqiy xulosalar qoidalari sifatida ko'pincha min (minimum) yoki
prod (ko'paytirish) amallari bajariladi. Mantiqiy xulosa min da
xulosaning tegishlilik funksiyasi qoida qo'yimining hisoblangan
haqiqiylik qiymati balandligi bo'yicha “kesiladi” (noaniq mantiq
"VA”). Mantiqiy xulosa prod da xulosaning tegishlilik funksiyasi har
bir qoida qo’yimlari haqiqiyligi darajalarining ko'paytmasi bilan
masshtablanadi.
Kompozitsiya. Olingan noaniq ostto'plamlari (tegishlilik
funksiyasining "balandligi bo'yicha kesilganlari”) o'zgaruvchan
xulosa (yechim) uchun bitta noaniq ostto'plamni (natijalovchi
tegishlilik funksiyasini) shakllantirish uchun birlashtiri ladi.
Birlashtirish uchun odatda max (maksimum) yoki sum (yig'indi)
amali ishlatiladi. Max kompozitsiyasida natijalovchi noaniq ostto'plam
olingan barcha noaniq ostto'plamlar bo'yicha nuqtali maksimum kabi
kontrutsiyalanadi ("YOKI” noaniq mantig'i). Sum kompozitsiyasi
yordamida natijalovchi noaniq ostto'plam olingan barcha noaniq
ostto'plamlar bo'yicha nuqtali maksimum kabi kontrutsiyalanadi.
Aniqlikka o'tkazish (defazzifikatsiya). Noaniq xulosa aniq songa
o'zgartiriladi. Defazzifikatsiyalash blokida olingan. boshqarish
obyektiga ta'sir etuvchi boshqarish ta’sirining natijalovchi tegishlilik
funksiyasi sonli kattalikka o'zgartiriladi (natijalovchi TF ning grafigi
ostidagi natijalovchi shaklning S tekisligi "og'irlik markazi” (sentre of
gravity) ni aniqlashdagi kabi). O'zgaruvchi i ning qiymati i = Uj dan
i = U2 gacha o'zgarganda natijalovchi funksiya uL(u) bilan qamrab
olingan Sc=S(uc,fjJ yuzaning og'irlik markazi ning abssissasini
hisoblashning umumiy qoidasi quyidagi formula bilan ifodalanadi:

bu yerda Ut, -diskretlash qadami, M - U2-U>)=1,2,3..... (M -l)
oraliqdagi diskretlar soni.
Xususiy holda, natijalovchi TF boMakli-chiziqli bo'lsa, "og'irlik
markazi"ning abssissasi quyidagicha aniqlanadi:

bu yerda n - bir nuqtali (bir elementli) noaniq to'plamlar soni, ularning
har biri ko'rib chiqilayotgan chiqish lingvistik o'zgaruvchisining
yagona qiymatini xarakterlaydi.


Xulosa
Bugungi kunda inson faoliyatining barcha sohasidagi boshqarish
va qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashning murakkab masalalarini
yechishda sun’iy intellekt usullari va algoritmlarini jadal kirib
borayotganligini har kuni kuzatish mumkin.
Birinchidan. boshqarish va qaror qabul qilishning intellektual
tizimlari sinfiga bo'lgan qiziqish bir qator sabablar bilan izohlanadi.
Masalan, an'anaviy axborot texnologiyalari talab etiladigan boshqarish
sifatini ta'minlab bera olmaydi, chunki ular obyektga ta’sir etayotgan
barcha noaniqliklarni hisobga olmaydi.
Ikkinch idan. avtomatik boshqarish nazariyasi potensiali
zamonaviy axborot-texnologiyalari hamda ma'lumotlar va bilimlarga
ishlov berish texnologiyalari orqali imkoni boricha kengaytirilgan
bo'lishi mumkin.
Boshqarishning intellektual texnologiyalarini kelgusidagi
rivojlanishi ijro etish sathida ham maqsadga muvofiq harakatlarni va
xulqni tashki 1 lashtirish bosqichida ham yuqori foydalanish tavsiflari va
kengaytirilgan funksional imkoniyatlarga ega bo'lgan mukammal
texnik tizimlarni amalga oshirish imkonini beradi.



Yüklə 98,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin