hisobga olinsa, Oyshaning ma’lumoti haqiqatga yaqin bo‘lishi ehtimoldan
xoli emas.
Muhammad uylanganidan keyin savdo ishlarini davom ettirish va
mulkini ko‘paytirishga harakat qilsa-da, yashashdan eng asosiy maqsad
Ollohga xizmat qilish deb hisoblagan. Mulkiy ta’minlanganlik
unga diniy
ishlar bilan muntazam shug‘ullanish imkonini bergan.
610 yilda Muhammad xudodan vahiy (xudoning xohish-irodasini
ifodalaydigan «haqiqat»larni odamlarga mo‘jizaviy yo‘llar bilan yetkazish)
kelayotganligini aytib, arablarni yagona xudo – Olloh atrofida birlashishga
da’vat etgan va insonlarni Olloh irodasiga bo‘ysunishga chaqirgan.
Ma’lumki, yagona Olloh to‘g‘risidagi g‘oya, unga imon keltirgan-
larning birodarligini anglatadi. Muhammadning da’vatini qabul qilganlar
o‘zaro hamkorlik, bir-biriga muhabbat, ezgulik
va adolat qoidalari asosida
birlashishni haqiqiy e’tiqod asoslari deb hisoblaganlar. Muhammad
Ollohga imon keltirishga da’vat etishni boshlagan dastlabki davrlarda
yangi din yaratishni da’vo qilmagan. Shunisi e’tiborga molikki, islom dini
(arabchada
islom
– itoat etish, bo‘ysunish degan ma’nolarni anglatadi)
tarqalishining dastlabki yillarida u Quddus shahri tomonga qarab sajda
qilgan. Xristianlar va iudaizmga sig‘inuvchilarni birodarlar deb hisob-
lagan. Yahudiylar dastlab Muhammadni mahdiy
sifatida qabul qilgan
bo‘lsalar-da, keyinchalik uning qarashlarini tanqid qilganlar. Diniy
qarashlardagi ixtiloflar sababli iudaizm va xristianlar bilan ajralish yuz
bergan. Muhammad o‘z tarafdorlarini barcha diniy marosimlarni
arablarning siyosiy va diniy markazi – Makka shahriga qarab bajarishga
da’vat etgan.
Muhammadning da’vatkorlik faoliyati dastlab katta qiyinchiliklarga
duch kelgan. Hatto eng yaqin qarindoshlari ham dastlab uning g‘oyasini
qabul qilmaganlar. Muhammadning Makka shahridagi 12
yillik
da’vatchilik faoliyati muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan. Makka
zodagonlari uning da’vatlaridagi
ijtimoiy adolat, din ahlining birodarligi,
boylarning kambag‘allar foydasiga xayriya qilishlari, sudxo‘rlikning
qoralanishi, axloq normalariga amal qilish kabi g‘oyalarini qabul
qilmagan. Bundan tashqari, shaharda shu davrgacha nufuzi baland
bo‘lmagan hoshimiylar urug‘i vakilini payg‘ambar sifatida hukmron
ummaviy zodagonlari qabul qila olmas edilar.
Muhammadning da’vatchilik faoliyati bilan shug‘ullanishiga
qarshi
turli to‘siqlar mavjud bo‘lgan. 617 yilda unga da’vatchilik bilan faqat o‘z
mahallasida shug‘ullanishiga ruxsat berilgan, ammo mahalladan tashqariga
chiqishi qat’iyan man qilingan. 620 yilda Hadicha (xotini) va undan keyin
130
Abu Tolib (amakisi) vafot etgan. Yaqin kishilarining madadidan mahrum
bo‘lgan Muhammadning hayoti xavf ostida qolgan va u shahardan chiqib
ketishga qaror qilgan. U 622 yilda (taxminan 22 yoki 24 sentabrda)
to‘siqlardan muvaffaqiyatli o‘tib, Yasribga (Madina) ko‘chgan.
Muhammadning Yasribga ko‘chgan vaqti halifa Umar davrida musulmon
hijriy taqvimining hisobiga asos sifatida qabul qilingan.
Makka shahriga muxolif yasribliklar
Muhammadni qabul qilganlar
(Muhammadning onasi Amina aya asli yasriblik edi). Muhammadning
da’vatlarini qabul qilgan yasribliklar ansorlar, Makkadan ko‘chib kelganlar
muhojirlar deb yuritilgan. Yasribda muhojirlar va ansorlar musulmonlar
jamoasi (arabchada «muslim» – bo‘yin eguvchi, o‘zini ollohga topshirgan)
umma (ma’lum dinga e’tiqod qiluvchilar jamoasi)ga birlashgan.
Musulmonlar Muhammadni payg‘ambar, diniy va dunyoviy hokimiyat
rahbari sifatida tan olganlar. Muhammadning sharafiga Yasribga
keyinchalik al-Madina (arabchada –
Dostları ilə paylaş: