O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/69
tarix24.10.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#160199
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   69
Dinshunoslik

madinai noib
, ya’ni payg‘ambar 
shahri) degan nom berilgan.
Madina shahrida Muhammad alayhissalom rahbarligida islomga 
e’tiqod qiluvchilar uchun manzil – birinchi masjid qurilgan hamda 
islomning diniy va siyosiy mavqeini aks ettiruvchi birinchi nizom 
yozilgan. Bu nizomga binoan, islomga e’tiqod qiluvchi barcha kishilar bir 
xalq deb e’lon qilinib, o‘zaro nifoq, qasos olish bekor qilingan. 
Musulmonlarga qo‘lda qurol bilan bir-birlarini himoya qilishlari lozimligi 
uqtirilgan. Barcha munozarali masalalar bo‘yicha hukm chiqarish 
Muhammad alayhissalom zimmasiga o‘tgan. Islom dinini qabul qilmagan 
mahalliy arablar, nasroniylar va yahudiylar bilan alohida shartnoma 
tuzilgan. 
Shunday qilib, birinchi teokratik (grekcha 
teos
– xudo, 
kratos 
– 
hokimiyat degan ma’noni anglatadi) davlat vujudga kelgan. Davlat 
boshida yakka hokim dindor kishi bo‘lgan. Bu davlatni Ollohning yerdagi 
vakili – Muhammad payg‘ambar hamda uning ikki yordamchisi Abu Bakr 
va Umar boshqarganlar. Ular o‘z qo‘llariga nafaqat siyosiy va harbiy 
hokimiyatni, balki diniy ishlar, kishilarning tarbiyasi, yangi dinni tarqatish 
bilan bog‘liq vazifalarni ham olganlar. Shu tariqa payg‘ambarning hayoti 
va aytgan so‘zlari sekin-asta qonundek mavqeiga ega bo‘lib borgan. 
Tez orada islom dinining ta’siri Janubiy va G‘arbiy Arabistonning 
deyarli barcha qabilalarini qamrab olgan. Muhammad payg‘ambar 
tarafdorlari islom diniga e’tiqodni goh targ‘ibot, gohida esa kuch ishlatish 
yo‘li bilan qaror toptirganlar. Yirik savdo-sotiq markazi Makka shahri 
aholisi islom diniga hammadan ko‘p qarshilik ko‘rsatgan. 623 yildan 
131


boshlab musulmonlar makkaliklarning karvonlariga hujum qila boshlagan. 
Ular katta qo‘shin bilan musulmonlarga qarshi chiqqan. 624 yilda Badr 
shahri yonidagi jangda Muhammad rahbarligidagi qo‘shin makkaliklarni 
tor-mor qilgan. 625 yilda makkaliklar qo‘shini Uxud tog‘i yaqinida 
musulmon qismlariga katta talafot yetkazgan. Lekin makkaliklar 
Yasribdan chekinganlar. 628 yilda Muhammad katta qo‘shin bilan Makka 
shahriga yaqin kelgan. Musulmonlar qo‘shinlari Makka shahri yaqinidagi 
al-Xudoaybiya qishlog‘iga kelib to‘xtagan. Shaharliklar bilan olib borilgan 
muzokaralar natijasida tinchlik shartnomasi tuzilgan. Nihoyat, Muhammad 
630 yilda Makka shahrini qo‘lga oldi, ilgari unga qarshi bo‘lgan quraysh 
zodagonlari esa uning ittifoqchisiga aylanganlar. Muhammad garchi o‘z 
ona shahrida muvaffaqiyat qozongan bo‘lsa-da, Madina shahriga qaytishni 
ma’qul ko‘rgan. O‘limidan bir necha oy avval, u Makkaga haj qilgan. Shu 
davrdan e’tiboran Makka shahri islom dinining muqaddas poytaxti deb 
e’lon qilingan.
632 yilda Muhammad vafot etgan va o‘zi boshlagan ishni davom 
ettirish uchun minglab maslakdoshlariga qoldirgan. Muhammad alay-
hissalomning o‘limidan so‘ng ayrim ko‘chmanchi qabilalar islom 
tartiblariga qarshi qo‘zg‘olonlar ko‘targanlar. Biroq bunday qo‘zg‘olonlar 
muvaffaqiyat qozonmagan, ya’ni Muhammad tarafdorlari ularni 
bostirganlar. Ular islom dinini tarqatish va buning uchun qo‘shni 
davlatlarni bosib olishni asosiy maqsad deb bilganlar. 
Muhammad payg‘ambar vafotidan keyin davlat boshlig‘i dastlab 
umma tomonidan saylangan. Umma saylagan to‘rt xalifa (xulafo ar-
roshidin) – Abu Bakr (632-634 yillar), Umar (634-644 yillar), Usmon 
(644-656 yillar), Ali (656-661 yillar) davrlarida islom qo‘shni davlatlarga 
yoyilgan. Qisqa vaqt ichida (VII–VIII asrlarda) ular O‘rta va Yaqin 
Sharqni, Markaziy Osiyoning asosiy qismini, Shimoliy Hindistonni bosib 
olganlar va Xitoy chegarasigacha yetganlar. Bundan tashqari, Shimoliy 
Afrikada Liviya, Tunis va Marokashni ishg‘ol etganlar hamda Gibraltar 
bo‘g‘ozi orqali o‘tib, Pireneya yarimorolini egallaganlar. Ular hatto 
Fransiyagacha yetib borganlar va u yerda Puatye shahri yonidagi jangda 
(732 yil) mag‘lubiyatga uchraganlar. 
Bunday zabt etishlar oqibatida juda katta hududda islom davlati – 
Arab xalifaligi paydo bo‘lgan va uning aholisi islomlashtirilgan. 
Islomlashtirish turli yo‘llar (kuchli iqtisodiy vositalar, agar ular yordam 
bermasa, harbiy kuch ishlatish yo‘li) bilan amalga oshirilgan. Shunday 
qilib, qisqa vaqt ichida islom milliy chegaradan tashqariga chiqqan va 
132


sekin-asta jahon dinlaridan biriga ega bo‘lgan. Bu esa, albatta, bir qator 
xalqlarning tarixiy taqdiriga ta’sir ko‘rsatgan. 
Xulosa sifatida aytganda, Muhammad payg‘ambar arab elatini yangi 
diniy mafkura asosida jipslashtirib, markazlashgan davlatga asos solgan. 
Jamiyatni iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy inqirozdan xalos qilgan. Insoniyat 
tarixida alohida o‘ringa ega islom madaniyatining poydevorini yaratgan. 

Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin